Ota o`g`lining oldiga yaqin kelib, qo`lini uning yelkasiga qo`yib: - O`g`lim, kim kuchli, menmi yoki sen? O`g`il: - Men, - deb javob berdi. Ota sal ranjigudek bo`ldi. Va yana so`radi: -O`g`lim kim kuchli, senmi yoki men? O`g`il yana: - Men, - deb javob berdi. Ota qattiq ranjib, orqasiga qarab ketdi. Uch metr uzoqlashgach umid ila yana bir bor so`radi: - O`g`lim kim kuchli, senmi yoki menmi? O`g`il: - Siz kuchli otajon! - dedi. Taajublangan ota o`g`lidan so`radi: - Ikki marotaba so`radim, men kuchli deding, uchinchi marotaba so`raganimda siz kuchli deding, nima menga raxming keldimi? O`g`il javob berdi: - Otajon, ikki marta so`raganingizda siz yonimda edingiz, men hech narsadan qo`rqmasdim, uchinchi marta so`raganingizda siz yonimda yo`q ediz...!