Shaharda shov-shuv qanaqadir qotil paydo bo`lib odamlarni chavaqlab ketayapdi ekan, uning kimligi noma`lum bo`lib uning nishonidagi odamlar negadir sobiq polisiyachilar bo`lib hammasi mansabini suiste`mol qilishda ayblanib ishdan haydalgan bir tuman polisiyachilari edi. Shu ish bilan shug`ullanayotgan tergovchi Mallayev oxirgi ishdan haydalgan odamnikida odamlar qo`yib o`sha qotilni kuta boshlashdi. M6ljaldagi odam To`lqinning uyi atrofiga polisiyachilar fuqaro kiyimida joylashtirishib qo`yishgandi. Birozdan keyin qo`shni uyda "yong`in, yong`in" degan ovoz chiqdi va jinoyatchini kutayotgan polisiyachilar yong`inni o`chirish uchun chiqishdi. To`lqinning oldida Mallayev va yana bitta polisiyachi qoldilar, birozdan keyin qora yopinchiqli yuzlarini yopib olgan paydo bo`lib ikki polisiyachining bo`yinlariga zarba berib hushidan ketkazdi va To`lqinga qarab u oxirgi so`zini aytdi: "Qasos qiyomatga qolmaydi" va yonidan xanjar chiqarib bo`ynini chopib qonni oqizdi va odatiga zid ravishda devorga o`zi aytgan so`zni qon bilan yozdi. Polisiyachilar yonginni o`chirib kelishib ichkaridagi holatni ko`rib hayron qolishdi, o`ziga kelgan tergovchi bu ishlardan lol qoldi. To`lqin tuman polisiyachilar jinoyat qidiruv bo`limi boshlig`i bo`lib, uning ishdan haydalishi sababi aybsiz odamni urib nogiron qilgani edi. Mallayev o`sha yigitni qidirib mahallasiga bordi, u yerdan yigitning bir oy avval vafot etganligidan xabar topdi. Uning do`stlari, qarindoshlarida surishtirdi, bu harakatlari natijasida do`stlari " Ajal nafasi" deb ataydigan do`stini shubhaga oldi. Uning ismi Abror bo`lib aykido jang sanati bo`yicha dan sohibi ekan va u o`lgan yigitning eng yaqin do`stiligini aniqlagan tergovchi uni tergovga chaqirdi. Tergovga kelgan Abror o`zini aybini tan oldi, kutilmagan holatdan hayron qolgan tergovchi qotillik qilish sababini so`radi. Abror esa do`sti polisiyachilarning taklifini rad etganligi uchun nogiron qilinganligi, o`ldirilgan polisiyachilar esa narkotika savdosi bilan shug`ullanib ularning kareri do`sti bo`lganini, do`sti tashayotgan yuki narkotikaligini bilganidan xabar topgan polisiyachilar siri ochilib qolmasligi uchun og`ziga issiq ko`mir solib gapirolmaydigan, qo`llarini sindirib yoza olmaydigan qilib qo`yishadi, ammo ular do`sti Abrorga hammasini aytib berganligidan bexabar edilar. Abror esa do`sti uchun o`ch olganligini aytdi, uning aybi tasdiqlanib 25 yilga qamaldi.