Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 13 Mehmonlar: 13 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Hikoyalar
Kunlarning birida sichqon ferma xo'jayini qo'ygan qopqonni ko'rib qoldi. U bu haqda qo'yga, tovuqqa hamda sigirga aytib berdi. Ammo ular: “Qopqon bizning muammoimiz emas. Biz uning nimasidan qo'rqamiz? Uning bizga hech qanday aloqasi yo'q”, deb javob qaytarishdi. Kunlardan bir kun qopqonga ilon tushib qoldi va xo'jayinning xotinini chaqib oldi. Xotinining tanasidan ilonning zahrini chiqarib tashlash va unga quvvat bo'ladi, degan umidda fermer tovuqni so'ydi-da, undan xotiniga tovuq sho'rva tayyorlab berdi. Kasalmand xotinini ko'rishga kelayotganlar oldida uyalib qolmasligi uchun qo'yni so'ydi hamda uning go'shtidan turli taomlar tayyorlab, mehmonlarni kutib oldi. Ammo, afsuski, xotini vafot etdi. Marakani o'tkazish uchun fermer sigirni ham so'yishga majbur bo'ldi. Bu o'tgan vaqt mobaynida vaziyatni o'z uyasidan kuzatib turgan sichqon bo'lib o'tgan hodisalar haqida fikr yuritardi... Qissadan hissa. Bu hayotda hech kim hech narsadan himoyalanmagan, shu sababli boshqaning muammosiga befarq bo'lmaslik kerak.
Коментариев: 0
Просмотров: 86
— Butun dunyoda siz joningizni ham ayamaydigan eng kamida 2 ta inson mavjud. Kamida 13 kishi sizni o'z ixtiyori bilan yaxshi ko'radi.
— Sizni kimdir yomon ko'rishiga yagona sabab, bu - o'sha inson sizga o'xshashni judayam istashida.
— Sizning tabassumingiz hattoki sizni yoqtirmagan insonni ham baxtli qilishi mumkin.
— Shuni unutmang, har oqshom kimdir sizni uxlash oldidan albatta yodga oladi.
— Kimdir uchun siz uning butun hayotisiz.
— Hattoki umringiz davomida eng katta xatoga yo'l qo'ysangiz ham bilingki, bu ish ortidan bir yaxshilik keladi.
— Butun dunyo sizdan yuz o'girganday tuyulsa ham, siz unga boshqacha nazar bilan qarashni o'rganing.
— Har doim yodingizda tuting: Hayot sizga imkoniyatlar taqdim etayaptimi demak, siz bunga loyiqsiz!
— Bilingki, har tongda nolish va afsuslanishlar bilan uyg'onish uchun umr juda qisqalik qiladi. Shunday ekan, sizga to'g'ri munosabatdagi insonlarni seving va buning aksini qilayotganlarni unuting! Sizda imkoniyat paydo bo'ldimi? Darrov undan unumli foydalaning! Bu imkoniyat hayotingizni o'zgartirishiga ishoning va buni amalga oshiring! Hech kim bularning barchasi oson bo'ladi deya olmaydi, lekin bu ish shunga arziydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 90
To'yxonada Kelin blan kuyov baxtiyor, orzular blan o'tirishar. Davrada esa kugovni onasi chiqib o'ynardi. Tanish bilish, el yurt ,qarindoshlar chiqib kuyovni onasiga qistir-qistir qilar. Xammani nazarida turardi. Onaxon yarim soatlarcha o'ynadi. Bu xolat kelinga yoqmadi shekili sekin kuyovni qulog'iga shuvirladi. ,,Onangizni davradan chiqazvoring, xali o'yneydigon dugonalarim ko'p" dedi. Kuyov miyig'ida bir kulib qo'ydi va o'rnidan turib davraga chiqdi. Xammani xayoliga Onasini qutlagani chiqdi degan o'y keldi . Lekin Kuyov to'g'ri sozandalarni oldiga borib mikrafonni oldi, muzika to'xtadi. Kuyov to'yxonaga kelganlarga qarata "ONAM KIMGA KERAK..?" dedi. To'yga kelganlar kuyovni bu so'zidan karaxt bo'lishdi. Xammalari bir biriga qarawaq,kuyov esa yana "ONAM KIMGA KERAK..?" dedi. Xamma ta'jubda kuyovni bu xarakatini tushunishmasdi. Naxotki o'z onasini shunaqa qilsa. deyishardi. Uyog'da esa kelin miyig'ida kulib "xozirdan aytkanimni qilyaptilar, demak keyin xam chizig'imdan chiqmas ekanlar" deb quvonardi. Kuyov esa yana "ONAM KIMGA KERAK" deb uchinchi marta takrorladi. Xamma jim qotib qolishkandi. Onaizorni yozlariga ko'zidan chiqqan yosh yumalardi. O'g'lini bu so'zi yuragiga xanjardek botardi. Shunda kuyov "ONAM MENGA KERAK" dedi va qo'lidagi nikox uzukni yerga otdi va kelinga qarab "UCH TALOQSAN" deb onasini davradan olib chiqib ketdi. Atrofdagilar va kelinni yaqinlari nima bo'lganini tushinmasdilar. Kelin tomon kuyovni yoqasidan oldi shunda "TO'XTANGLAR" deb kelinni dadasi ke
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 103
— Биласанми, ўчирғич, мен жуда афсусдаман. — Нега? — сўрабди ажабланиб ўчирғич. — Ҳеч бир хато иш қилмадинг-ку! — Сабаби, мен туфайли бот-бот шикастланасан, ҳамиша мен қилган хатоларни ўчирасан. Ҳар гал хатоларимни ўчира туриб, маълум бир бўлагингни йўқотасан, шу аснода кундан — кунга кичрайиб бораверасан. — Шундайку-я, лекин мен кўриб турганингдек, шу вазифани бажариш, яъни хатога йўл қўйганингда, уни ўчириб сенга кўмак бериш учун яратилганман. Вақт келиб тамом бўлишимни ва мени бошқасига алмаштиришингни ҳам биламан. Шундай бўлсада, ўз хизматимдан жуда бахтиёрман. Шундай экан, кел энди, афсусланишни бас қила қолгин! Сени хафа ҳолда кўришни хоҳламайман. Мен ўчирғич ва қаламнинг ўзаро суҳбатидан қаттиқ таъсирланиб, ўйга толдим. Ўйлаб қарасак, ота-она фарзандининг хатоларини тузатадиган ўчирғичга ўхшайди. Уларнинг ҳам вақт ўтган сайин жуссалари ўз шаклини аста-секин йўқотиб, сочларига оқ қоралайди. Фарзандлар кун келиб ўзларига янги шерик, яъни турмуш ўртоқ топадилар. Ота-она эса бундан ўзини, шубҳасизи янада бахтиёр ҳис этади. Жондан суюк фарзандининг афсус чекишларини ёхуд ғамгин ҳолда кўришни сира истамайди. Яшар эканман, «қалам» бўлиб келдим. «Ўчирғич» ота-онамнинг кундан-кунга кичиклашиб, емирилиб боришлари мени буткул дилхум этади. Бир кун келиб, фалакнинг гардиши ила менда бор-йўғи ўчирғич қириндилари, хотиралари қолади, ҳалос …!!!
Коментариев: 0
Просмотров: 75
Metro bu – boshqa dunyo. Yer osti yo‘li bo‘lganligi uchundir balki… xullas qandaydir xayollarga yetaklaydigan maskan.Unda turfa nigohlar, turfa o‘ylar, turli xil tashvishlar qorishib ketgan. Har manzilda odamlarni almashib turishini aytmaysizmi. Doimgidek o‘qishga ketish uchun metro tomon yo‘l oldim. Metro zinalaridan tushar ekanman, undagi har bir detal hayotga nisbatan qo‘llanilganga o‘xshab ketganligi meni o‘yga toldirdi. Misol uchun, «Platforma chetida turmang» degani. Bilasizmi nima, ko‘nglingizga yaqin bir inson adolatsizlik qilsayu, uning nigohidan chetda tursangiz, naqadar og‘ir. Ko‘ngilning chetida turgandan ko‘ra platforma chetida turgan xavfsizroqdir, balki. Vagon eshiklarida «Iltimos, suyanmangiz» degan yozuvga ko‘zingiz tushgandir. Eshik ochilsa, biror kor-hol bo‘lishi mumkin. Qani endi bevafo yor, sirti yolg‘on do‘stda ham shunday ogohlik belgisi bo‘lsa… Shu xayollar bilan ketayotganimda keyingi bekat haqida xabar berildi. Qiziq, odam boshidan sinovli kunlarni o‘tkazayotganda ertaga baxtli kunning manzili degan xabar kelsa: «Hurmatli umr yo‘lovchisi, ertaga quvonchli, omadli manzil», deb yetkazilsaydi. Yoki ertaga ayriliq yoxud hijronning so‘nggi kuni degan xabar kelsachi. Mehrlar mustahkamroq, bir-birini qadriga yetish, muhabbat azizroq bo‘larmidi ehtimol… Bir manzilda yo‘lovchilar tushdi. Ularga qarata «Hurmatli yo‘lovchilar, vagonda buyumlaringizni unutib qoldirmang. Shubhali buyumlarni ko‘rganingizda metropoliten xodimlariga xabar b
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 137
“Bolaligimda qishloqqa, buvimnikiga borishni juda yaxshi ko`rardim. Ta`tilga chiqishim bilan tugunlarimni tugib, qishloqqa jo`nardim. Buvim menga qiziq-qiziq voqealarni so`zlab berardilar. Quyida bolaligimda buvimdan eshitgan bir hayotiy voqeani so`zlab bermoqchiman”, deb yozibdi sirdaryolik muxlislarimizdan bir. Buvimning aytishicha, bu voqea ancha yillar ilgari sodir bo`lgan. Qishloqda to`rt nafar qiz farzandi bo`lgan er-xotin Qosim aka va Fotima opalar yashagan ekan. Ular o`g`il farzand ko`rishni juda orzu qilisharkan. Shunday kunlarning birida Yaratganning inoyati bilan ularning oilasida o`g`il farzand dunyoga kelibdi. Er-xotin orzularining ushalganidan juda ham mamnun bo`lib, bolaga Umid deb ism qo`yishibdi. Umidni opalari eru-ko`kkaishonmay, katta qila boshlashibdi. Bola uch yoshga to`lganda hovlida ro`zg`or yumushlari bilan band bo`lgan Fotima opani kimdir chaqirganday tuyulibdi. Fotima opa alanglab, darvoza yonida turgan yuzi ajinlardan tirishib, qaddi dol bo`lgan keksa kampirga ko`zi tushibdi. – Yaxshimisan, qizim? Kun juda ham isib ketganidan tomoqlarim qaqrab, juda chanqadim. Iloji bo`lsa, bir piyola suv ber, – deb iltimos qilibdi kampir. Fotima opa oshxonada turgan paqirdan bir piyola suv olib chiqib, kampirga uzatibdi. Shu payt hovlida o`ynab yurgan Umid yugurib kelib, kampirga tikilgancha, onasining etagidan tutibdi. Suv ichib chanqog`ini qondirgan kampir bir nafas Umidga tikilib, afsusnamo bosh chayqabdi: – O`
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 96
Hozir izlayotgan odamlaringiz bu uyda bor-yo`g`i sakkiz yil yashashdi Shahodat juda sinchkov. Buning ustiga, o`ta qiziquvchan. Bir narsa ko`ziga ajabtovur ko`rindimi, tamom, shuni miridan-sirigacha o`rganmasdan qo`ymaydi. Mana, necha oydirki, uy izlyapti. Viloyat markazida olti yildan buyon sotilmay turgan hovlining oldidan o`tib ketadi-yu, uning eshigiga osilgan e`londagi raqamlarni qayta-qayta teradi. Ammo doim “Bu raqam bilan vaqtincha ulanolmaymaysiz” degan shirinsuxan xonimning ovozini eshitadi. Hovlining shundoq oldida daraxtlar bor. Tashqi tomondan qaraganda tuppa-tuzuk uy. Darvozalari ham mustahkam. Mana shunday uyi bo`lishini ijarada yashab o`tirgan qaysi kishi istamaydi, axir. Oxiri Shahodat shu hovliga yondosh uy egalari bilan bir surishtiruv o`tkazishga qaror qildi. — Voy, bu hovli sotuvga qo`yilganiga olti yil bo`ldiyov, — eshikni darrov ochgan ayol Shahodatning «Uy egalarini qanday topsam bo`ladi» degan savolidan hayajonlanib so`zga tushdi. — Nega hech sotilmayapti? — Voy, siz shu erlikmasmisiz? —ayolning ko`zlari katta-katta bo`lib ketdi. Shahodat dabdurustdan shu erlikmasmisiz degan so`roqdan hayron qoldi. — Yo`q, yaqinda ko`chib keldik. Asli Kogonlikmiz. — Tushunarli, — bosh chayqadi ayol. — Unda kiring, bir piyola choy ustida gaplashamiz, mehmon, — deya Shahodatni uyi tomon boshladi. — Men yigirma yil oldin shu mahallaga kelin bo`lib tushganma
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 99
Bir kishi biroz pulga muxtoj bo`lib qoldi, do`stidan yordam olish maqsadida uning uyiga borib, еshigini taqillatdi. Do`sti chiqib, u bilan ko`rishdi, uyga taklif qilsa xam u kishi qabul qilmay: - Do`stim, mеni kеchir, uyga qilgan taklifigni xozircha qabul еtmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz so`m qarzdor еdim, bugun kеlib, pulini qistadi. Qo`limda pul yo`q еdi. Shuning uchun sеning xuzuringga kеldim, yordam еtarsan, dеb umid qilaman, - dеdi. Uy еgasi darxol ichkaridan yuz so`m olib chiqib, do`stining qo`liga bеrdi. - Do`stim, biror narsaga muxtoj bo`lib qolsang, mеndan yаshirma, qo`limdan kеlgancha yordam bеrishga tayyorman, dеb do`stini ko`nglini ko`tardi.
Do`sti xursand bo`lib, u bilan xayrlashib, uyga qaytdi. Uy еgasi do`sti qaytib kеtgandan kеyin yig`lab uyiga kirdi. Хotini "Еrim ko`p pul bеrib yuborganiga pushaymon qilib yig`layotgan bo`lsa kеrak" - dеb, еriga: - Biror narsani baxona qilib, pul bеrmasdan qaytarib yuborsangiz bo`lmasmidi? - dеgan еdi, еri shunday javob bеrdi: - Yo`q, sеn o`ylagancha еmas, do`stim pulga muxtoj bo`lib qolganini bilmaganimdan. U kеlib so`ramasdan oldin o`zim borib, "Do`stim, biror narsaga muxtojmasmisan,tortinma, ayt", - dеb so`rashim kеrak еdi, g`aflatda qolganimga achinib yig`layаpman.
Коментариев: 0
Просмотров: 65
Yo‘qolgan sigirini izlab yurgan Haydar bobo bir tog‘ yonbag‘riga kelib qoldi. Bu joyni mahalliy xalq Oq changal deb atardi. Sababi bu yerda xosiyatsiz o‘simlik – oq changal (tikan) o‘sardi. Cho‘ponlar va ovchilar bu yerga kelishga qo‘rqishardi. Ularning ta’rificha Oq changalda parilar makon qilib olgandi. Quyosh botib qorong‘u tusha boshlagandi. Haydar bobo atrofga alangladi. Yon-atrof tikansimon o‘simlik – oq changalga to‘la edi. Haydar bobo bu o‘simlik haqida yoshligida otasidan eshitgan edi. Yetmish yoshga kirgan bo‘lsa ham oq changal tikanini biror marta ham ko‘rmagandi. Yo‘qolgan sigirining sharofati bilan ana shu xosiyatsiz o‘simlikni ko‘rib turibdi. Ko‘rinishidan qo‘shqo‘nmasga o‘xshab ketadigan bu tikanni nega oq deyishlarini bobo tushinmadi. Zero bu o‘simlik ham barcha o‘t-o‘lanlar kabi yashil rangda edi. Ammo uni ko‘rib qolgan odamning boshiga musibat tushadi. Ancha payt shaharda yashagani bois Haydar bobo bu yerlarga ko‘p kelmasdi. Nafaqaga chiqib qishloqqa ko‘chib kelganiga yigirma yil bo‘lgan bo‘lsa ham biror marta Oq changalga kelmagandi. O’zi bu makonga oxirgi marta sobiq sho‘ro davrida, Fayzi cho‘pon bolaligida mol boqib yurib kelib qolgan. Bilib-bilmay oq changalni bosib o‘tgan va o‘sha kuni kechasi bilan isitmalab chiqib kasal bo‘lib qolgandi. Faqat Nurotaning dami o‘tkir mullalarigina Fayzi cho‘ponni oyoqqa turg‘izgandi. Keyin Elshod ismli yigit ham afg‘on urushidan qochib shu yerga yashiringanida uning ko‘ziga oq libosli
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 110
Salom otajon… Bugun ushbu qutlug‘ kunda Sizga maktub yo‘llamoqchiman. Men oyijonim bilan birgalikda Qorboboga har yangi yil oldi juda ko‘p xatlar yozganmiz. Lekin Sizga endi birinchi marotaba maktub yozishim… Yaqinda birinchi sinfga qadam qo‘ydim. Mustaqil tarzda bemalol yoza olaman. Qorboboku bizdan juda olisda, lekin Siz biz bilan bir shaxarda yashaysiz. Ammo rishtalarimiz olis. Yaqindagi olisim otam… Bugun men bilan oyijonimning hayotida Sizga xat yozishga undagan katta voqe’lik bo‘ldi. Qo‘limda oppoq atirgullardan yasalgan guldastani ushlab yurtimizning eng chiroyli, televizorlarda doim ko‘rsatadigan muhtasham bino — anjumanlar saroyida o‘tiribman. Yonimda onaizorim. Negadir hayajondanmi, qo‘llari titroqda, ko‘zlari o‘ychan. Huddi hamma biz tomonga qarayotgandek yuragim tez-tez ura boshladi, volidam hayajoni mening qalbimga ham ko‘chgandek go‘yo… Atrofimizdagi insonlarni barchasi rasmiy libosda men ham xuddi ulardek kiyinib olganman. Erta tongda galstugimni taqib qo‘yayotgan onam «Voy meni hammadan chiroyli, aqlli bolam» — deya kulib erkalatib qo‘ydilar. Mana bayram ham boshlandi. Biz har tong qulog‘imizga tanish ohang — yurt madhiyasi bilan boshlangan tantana… Bayramning hayajonli onlari, Vatan taraqqiyoti, el-yurt farovonligi yo‘lida xizmat qilgan insonlar qatorida onajonimning ham ism, familiyalari o‘qib eshittirildi. Fazliddinova Mohidil Komiljonovna! Bilasizmi beihtiyor o‘rnimdan turib ketd
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 130
Tanamni muzdek sovuqlik qopladi. Turgan joyimda qotib qildim nima deyishgaxam tilim aylanmay qoldi. Göshakni qöydim Közimdan oqayotgan yoshlarni sira tutib tura olmadim. Göyoki yuragim chokidan uzilganday yurak urishinixam sezmay qoldim. Bevafo bölsaxam yorug' dunyoda yashab yursa bölardiku deya kôz yosh tökdim... Janozasiga borgani qörqdim... Yana ösha xotiralarga duch kelishdan qörqdim... Qizni chiqarishdi. Kunlarim yanada mag'zunlik bilan öta boshladi... Kunlar ötgandan keyin uni qabrini ziyorat qilishga yana xotiralar bilan yuzma yuz kelishga otlandim. Negadir bu safar qörqmadim balki judaxam sog'inganimdandir. Yöldan sevgimiz timsoli bölgan qizil atirgullardan oldim. Qabriston tomon borar ekanman qalbimda alamli nolalar yangramoqda edi. Göyoki bu dunyoda mendan bölak xech kim qolmagandek tanam esa muzlab bormoqda edi... - Salom Gulim men keldim... Seni juda juda sog'indim nega tashlab ketting sensizlikda yashash judaxam qiyin ekan beg'uborim senla ötgan baxtli kunlarimni sog'indim. Közimdagi yoshlarni tuxtata olmadim. Qölimdagi gullarni qabr ustiga qöyar ekanman uni ruxiga tilovatlar qildim Qabr ustida ozgina sukut saqladim. Xotiralarga berilib qabr ustida uzoq qolib ketibman. Bir maxal oritimdan kimdir kuzayitganini sezdim va ortimga ögirildim Ortimda Gulining onasi turar edi... Nima deyishni bilmay jim bölib qoldim... - Sizni shu yerda uchratishimni sezgandim
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 101
Erta tong xar doimgidek telfonimga xabar keldi va xar doimgidek u Gulimdan edi... - Assalomu Aleykum yaxshi dam oldingizmi...??? Bugun muborak Juma kuni unda qilingan duolar amalga oshadi... Xa aytgancha duolaringizda menixam unutmang... Xayotim mazmuniga aylanib qolgan bu qizsiz bu dunyoda yashay olmasligimni tobora anglab bordim. Xar tong duolarimda Yaratgandan birga bölishimizni sörab duolar qilardim. Kunlar shu zayilda ötib borar göyoki bu dunyoda bizdan baxtli inson yöqdek edi. Ösha mashum kungacha... Doimgidek erta tongda yana Gulidan xabar keldi... Shu odati menga judaxam yoqadi... Xush kayfiyat bilan xabarni ochdim. - Bugun gaplashib olishimiz kerak... Xar kungi joyimizda soat 16:00 da... Boshqa xech narsa yozilmagan. Könglimga xiralik yugurdi, göyoki qalbim nimanidir sezganday mag'zun tortib qoldi. Tezda unga qöng'iroq qildim. Telfoni öchirilgan tushkunlik yanaxam ortdi. Shu tushkunlik bilan kunni kech qila boshladim. 15:30 uchrashuv joyimizga ketar ekanman yöldan Guli yoqtirgan qizil atirgulni oldim. Uchrashuv joyimizga keldim xali kelmagan shekili... Xayollarga berildim. Bugungi kunda shu 16:00 gacha qanday yashaganimnixam bilmadim. Atrofga alangladim közlarim uning visolini izlar edi. Uzoqdan körindi yuzimga tabbusum yugurdi. Bugun birinchi marta tabassum qildim xayron qolar ekanman bu tabbassum uzoqqa chözilmasligini sezdim. U men tomon yaqinlashib kelar ekan yuzida qandaydir
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 124
Yomon tush ko'rib uyg'onib ketdim. “Tavba qildim, bu nimasi? Yaxshilikka bo'lsin” deb o'yladim xo'rsinib. Qorong'uda paypaslab telefonimni topdim. Qatorasiga beshta SMS turardi. Shoshib, ochib o'qiy boshladim. Ikkitasi SIM-kartaning kompaniyasidan ekan, o'qimasdan keyingilariga o'tdim. “Bolamga kun bermayotgan ekansan. Seni Xudoga soldim...” Xatning davomi qarg'ishga to'la edi. Yuragim siqilib telefonni o'chirdim, qolgan ikkita SMSni o'qishni istamadim. “Men bu ayolga nima qildim?” degan savol yuragimni o'rtay boshladi. Jahl ustida unga javob yozmoqchi bo'ldimu, lekin erimning “og'irroq bo'l” degan gapi esimga tushib, alamimni ichimga yutdim. O'rnimdan turib tinchlantiruvchi dori ichib, uxlashga harakat qildim. Bo'lmadi. Tonggacha kiprik qoqmadim. Ertalab ishdan kelgan erim kayfiyatim yomonligini sezib “tinchlikmi?” deb so'radi. Indamay unga telefonni uzatdim. O'qimasdan nima gapligini tushungan erim, uf tortib telefonni kresloga tashladi. — Senga necha marta aytganman, uning gaplariga e'tibor berma, deb... Bolalar qani? — Ovqatlanishyapti. — Bog'chaga qo'yib kel, keyin gaplashamiz. Kechgacha bu mavzuda gaplasha olmadik. Erim “smenad”dan charchadim deb o'zini uxlaganga solib yotib olgani uchun men ham indamadim. Bog'chadan kelgandan buyon injiqlik qilib turgan Boburning orqasiga bir tarsaki tushurgach, chidab turolmadim. Bolani qo'lidan tortib oldim. Ko'zidan miltillab oqayotgan yoshlarni mitti kaftlari bilan artayotgan Bobur va akasini
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 112
Qani, o‘g‘lim, kundaligingni olib kel-chi. Hmm, ne, nega hech narsa yozmabsan! Yozolmayman? Sakkizinchi sinfda o‘qib-a? Voy kallavaram-ey. Kelajagingni o‘ylaysanmi, o‘zi? Axir sen boshliqning o‘g‘lisan-a. Demak, hech bo‘lmaganda ism-sharifingni to‘g‘ri yozishni o‘rganishing shart. Chunki sen ham kelajakda bir idoraga boshliq bo‘lasan. Hujjatlarga qo‘l qo‘yishing, birov yozib bergan nutqlarni o‘qishing kerak bo‘ladi. O’tir, sen ham endi kichkina bo‘lmading. Men senday paytimda ismi sharifimni bexato yozish bilan bir qatorda doskadagi yozuvlarni ham binoyiday ko‘chirib olardim. Xudoga shukur, kam bo‘lmadim, oliy o‘quv yurtini bitirib kelgach, dastlab brigadaga, keyinroq esa tsexga, trestga boshliq bo‘ldim. Shuni o‘ng qulog‘ing bilan ham chap qulog‘ing bilan ham eshitib qo‘yki, bizning zamonda boshliqning bolasi boshliq, cho‘ponning bolasi cho‘pon, paxtakorning bolasi raxtakor bo‘ladi.avval senga aytgandimku, rahmatli bobong ham bir umr turli joylarga boshliq bo‘lib o‘tgan. To‘g‘ri, ish bor joyda xato ham bo‘ladi. Trestda ishlab yurganimda ichi qora odamlar ustimdan yozishdi. “Yeb ketdi, ichib ketdi”, degan g‘iybat gaplar tarqatishdi. Bularning hammasi ko‘rolmaslikdan. Bo‘lmasa bor-yo‘g‘i o‘n xonali ko‘rimsizgina bir uy quruvdim. Taftish chog‘ida atigi 50 ming so‘mgina kamomat chiqdi. Shunga ham ota go‘ri qozixonami? Lekin men senga aytsam, katta boshliqlarda insof bor.ana shu xatolarim uchun bitta hayfsan olib, ishdan bo‘shatildim. <
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 198
Bolaligimda ko‘p kitob o‘qiganim uchunmi, judayam ko‘p xayol suraman. Yana qanaqa xayollar deng. Aytsam, kulasiz. Tasavvur qiling: odamda ham dum bo‘lganida qanday bo‘lardi? Yo kalta yoki uzun. Hammaniki bir-biriga o‘xshamasdi, albatta. Ammo biror-bir dumli mavjudotnikiga o‘xshashi mumkin edi. Masalan, kimniki maymunnikiga, birovniki itnikiga, kimniki eshaknikiga… Eng qizig‘i, laganbardorlarning sho‘ri qurirdi. Chunki xushomad qilayotganlarida likillayverib fosh qilib qo‘yardi-da… Ana shundan keyin dumi chopib tashlangan odamlar paydo bo‘larmidi. Yanayam qizig‘i, shimlarning ko‘rinishi boshqacha bo‘lardi. Axir sovuqdan dumni ham asrash kerak-ku. Ayniqsa, xotin-qizlar dumga alohida ziynat berishar, manikyur, pedikyur, sartarosh degan kasblar safiga dumtarosh kasbi qo‘shilardi. Ulfatlar bir-birlari bilan so‘rashganda, «bardammisiz» degan so‘zning o‘rniga, «Dumingiz tikkami?», degan so‘zni ishlatar, oshiq yigitlar «Uning dumi boshqacha gajakdor-da» deb oh urar, urishib qolganlar «Dumingni qayirib qo‘yaman» deb o‘shqirar, o‘yinqaroq bolakaylarga esa «Dumingni uzib olaman» deb po‘psa qilishardi… Qo‘l-oyog‘i singanlar safiga dumi singan, lat yeganlar ham qo‘shilardi. Qanday qilib deysizmi? Masalan, metroda, liftda, avtobusda odam tiqilinchligidan eshikka orqa bilan turib qolgan sho‘rlikning dumini aniq eshik qisib yo uzib oladi, juda bo‘lmasa, qattiq jarohatlaydi-da. Dum-ku, mayli, agar shoxi bo‘lganda-ch
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 71
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|