Juma, 25.07.2025, 05:59
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 18
Mehmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 14 » Hayot bu - Metro
12:39
Hayot bu - Metro
Metro bu – boshqa dunyo. Yer osti yo‘li bo‘lganligi uchundir balki… xullas qandaydir xayollarga yetaklaydigan maskan.Unda turfa nigohlar, turfa o‘ylar, turli xil tashvishlar qorishib ketgan. Har manzilda odamlarni almashib turishini aytmaysizmi.

Doimgidek o‘qishga ketish uchun metro tomon yo‘l oldim. Metro zinalaridan tushar ekanman, undagi har bir detal hayotga nisbatan qo‘llanilganga o‘xshab ketganligi meni o‘yga toldirdi. Misol uchun, «Platforma chetida turmang» degani. Bilasizmi nima, ko‘nglingizga yaqin bir inson adolatsizlik qilsayu, uning nigohidan chetda tursangiz, naqadar og‘ir. Ko‘ngilning chetida turgandan ko‘ra platforma chetida turgan xavfsizroqdir, balki. Vagon eshiklarida «Iltimos, suyanmangiz» degan yozuvga ko‘zingiz tushgandir. Eshik ochilsa, biror kor-hol bo‘lishi mumkin. Qani endi bevafo yor, sirti yolg‘on do‘stda ham shunday ogohlik belgisi bo‘lsa…

Shu xayollar bilan ketayotganimda keyingi bekat haqida xabar berildi. Qiziq, odam boshidan sinovli kunlarni o‘tkazayotganda ertaga baxtli kunning manzili degan xabar kelsa: «Hurmatli umr yo‘lovchisi, ertaga quvonchli, omadli manzil», deb yetkazilsaydi. Yoki ertaga ayriliq yoxud hijronning so‘nggi kuni degan xabar kelsachi. Mehrlar mustahkamroq, bir-birini qadriga yetish, muhabbat azizroq bo‘larmidi ehtimol… Bir manzilda yo‘lovchilar tushdi. Ularga qarata «Hurmatli yo‘lovchilar, vagonda buyumlaringizni unutib qoldirmang. Shubhali buyumlarni ko‘rganingizda metropoliten xodimlariga xabar bering. Ogoh bo‘ling», deya ta’kidlandi. Ana xolos, bu qanday hayotiy gap. Yana aytilsa: «Hurmatli umr yo‘lovchisi, bir ko‘ngildan chiqayotganingizni sezsangiz, dog‘ qoldirmang, shubhali kirdikorlari bilsangiz…» Kimga… malomat va aldamchilikni kasb etganlarga aytamizmi?

Vagon yana qo‘zg‘ala boshladi: «Nogiron, keksa, yosh bolali odamlarga joy bering», deb aytildi. Ko‘ngli majruh odamlarga qaysi odam ko‘nglidan joy berarkin… Afsus, buni kam hollarda uchratamiz…

Oxirgi bekat… Yana o‘sha gap: «Vagondan tushayotganingizda buyumlaringizni unutmang. Xayr, sog‘ bo‘ling». Yo‘q, yo‘q, bu o‘shanday gap emas, bu katta ogohlik belgisidir. Umr ham xuddi metrodek. Umr kunlari oxiri tezlashgandek, gohi sekinlashganday. Yillarni ortida qoldirib so‘nggi manzilga kelasan. Metroda sayr qilgandek, dunyoni ham aylanasan. Hayot turfa ko‘rinishlar bilan bizni oxirgi bekatlarga olib keladi. Metro bu… boshqa dunyo…
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 138 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |