Juma, 25.07.2025, 05:44
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 18
Mehmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Hikoyalar
Tongi soat 9 uyqudan turdim, egnimda qora ko'ja sen tamon yurdim.. meni kutarding o'sha biz har kuni, har tuni uchrashadigan eski hiyabonda.. Asta yoninga bordim, ko'zingdan yosh oqardi sababini so'rasam negadir jim turarding.. birdan yelkamga bosh qo'yding juda uzoq yig'lading mendan ketishga majburliging sekin so'zlading.. jaxlim chiqdi yana o'sha gap, har doimgidek odamlarni gap so'zlari. Topgan gaping shu edi, lekin aslidachi.. mendan ketishinga boshqa sabab boredi..
Sabab u .. chunki uni mashinasi bor, hurmati baland, butun shahar taniydi.. Ketingdan yurganini aytishganda ishonmadim, mendan voz kechganing aytding, ana endi ishondim.. Kutmagandim sendan, seni qora ko'zingdan aqlimga sig'mayabdi shu aytgan gaplaring, shunchaki sevganmiding meni qo'g'irchoq qilib yoki hursanmisan sevgim o'yinchoq qilib.. Mayli ket sevgingdan voz kechib mayli.. Mayli ket baxtingdan voz kechib mayli.. Hech qachon qaytma, chunki kechirmayman mendan ketganlarni, mendan kechganlarni..

Kech soat 7.. kafeda o'tiribman, sen kirib kelding yangi shahzodang bilan yuzingda tabassum, qo'lingda atir gullar.. O'zga uchun titraydi, mendan qop ketgan lablar.. Go'yoki malikasan.. sendan boshqasi yo'qdek, Sevgiling quchog'ida hotirjam ko'ngling to'qdek.. O'tirarding bir dunyo umid va quvonch bilan ko'zlaring unda edi sadoqat ishonch bilan..
Bir chekkada o'tirib seni kuzatar edim, sen esa sezmasdan buni, osmonda suzar eding.. Shu payt telefon bo'ldi, shahzodanga be - hosdan.. qanaqad ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 175
Bu voqea ancha yillar ilgari sodir bo`lgan, uni menga tanish ayol gapirib bergandi.

Institutda o`qib yurgan kezlarim kursdoshim bilan sevishib, ahdu-paymon qildik. Bizning muhabbatimizga ota-onalarimiz qarshilik qilmadi va talabalik paytimizdayoq, to`yimiz bo`lib o`tdi. Ikkalamiz ham baxtdan sarmast, ettinchi osmonda uchib yurardik. Erim bilan institutni bitirmaguncha farzand ko`rmaslikka kelishgandik. Agar bolalik bo`lsak, o`qishimiz qolib ketadi, deb o`ylardik. Yoshligimdan baquvvat va sog`lom qiz bo`lib, kasal bo`lib yotganimni eslay olmasdim. To`ydan keyin shamollab, tumov bo`lib qoldim. Bunga e`tibor bermay, kasallikni oyoqda o`tkazdim. Aksiga olib, shu oddiygina tumov ham qayta-qayta bezovta qildi. O`zimni juda yomon his qilgach, kasalxonaga bordim. Tahlil natijalaridan sariq kasallikka chalinganim ma`lum bo`ldi. Buni ustiga homiladorligim ham aniq bo`lgach, bira to`la dahshatga tushdim. Bir tarafdan kasallik, ikkinchi tarafdan boshqorong`ilik qiynadi, ko`nglim aynib, og`zimga olgan narsani qayt qilardim. Davolovchi vrach homilani olib tashlash kerakligini, bu ahvolda uni dunyoga keltirolmasligimni aytdi. Bundan avvaliga qo`rqib ketdim, ammo boshqa yo`l yo`qligini anglagach, uning gaplariga ko`nishdan boshqa ilojim qolmadi. Vrachlar ertasi kuniga homilamni olib tashlashni rejalashtirishdi.

O`sha kuni tunda tush ko`rdim. Tushimda avtomashinalar tezlikda harakat qilayotgan baland ko`prik ustida ketayotganmishman ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 115
Nazarimizda, xatlar bizga taqdir bitiklarini tashuvchi kabutarlardek tuyuladi. Har bitta maktubda, bitta qismat manzarasi aks etadi. Ularni o`qib, o`yga tolamiz, iztirob chekamiz, ba`zida ko`zlarimiz yoshlanadi ham. Ushbu Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidan kelgan kelgan noma egasining sabriga esa qoyil qoldik...

Meni hamma baxtli deb o`ylaydi. O`z ota-onam va hatto qaynona-qaynotam ham. Men yuragimda saqlab kelayotgan dardlarimni hatto qo`shnilarim ham bilmaydi. Chunki bor kechmishlarimni ichimga yutaman.

Turmush o`rtog`im kirakashlik bilan shug`ullanadi. Toshkentga qatnaydi. Topish-tutishi shunga yarasha. Lekin ro`zg`orimizda baraka yo`qdek. Bilaman, atrofimizdagi boshqa taksichilarning oilasi to`kin-sochin. Uy-joylarini ham juda chiroyli qilib olishgan.

— Nega biz sira orttira olmaymiz. Nima uchun odamlarga o`xshab, uyga mebel, jihoz ololmaymiz? Hatto, ta`mir qilishga ham qurbimiz etmaydi? — derdim ba`zida kuyinib.

— Jo`jabirdek jon bo`lsang. Bolalar yosh-da. Katta bo`lsin, bizam orttirib qolamiz, — deb qo`yardi erim.

To`rt farzandimiz: ikki o`g`il, ikki qizimiz bor. Katta o`g`lim o`n olti yoshga to`ldi. Hamma narsani farqlab, bilib qolgan.

— O`rtoqlarimning hamma narsasi bor. Uylari ham juda chiroyli. Men o`rtoqlarimni uyga boshlab kelishga ham uyalaman, — dedi bir kuni.

Men o`zim ham birimizni ikki qila olmayotganimdan ko`p siqilaman. Nima qilay, ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 213
Vazifam yuzasidan tahririyatga bo`ladigan aksariyat qo`ng`iroqlarga men javob beraman. Murojaat qiluvchilar orasida yoshgina qizlar ham bor. Afsuski, ularning aksariyati oilali erkaklarni sevib qolgani, nikohsiz turmush qurgani, endi esa qaysi devorga boshini urishni bilmay o`tirgani haqida hasrat qilib qolishadi. Ayrimlari esa o`zini aldangan, adashgan qiz sanashadi. Bu gal shunday qizlarga dars bo`lishi uchun surxondaryolik muxlisamizning murojaatini havola etmoqdamiz...

«Uyimiz ro`parasida to`yxona bor. «Yor-yor» sadolari eshitilib turadi. Har gal nikoh to`yi boshlanganda derazadan mo`ralab, baxtli kelin-kuyovlarni kuzataman. Beixtiyor ko`zlarimga alam yoshlari quyiladi... Ichimda tug`yon urayotgan tuyg`ularning havasmi yoki hasadligini anglolmayman. Bilganim shuki, ular menga azob beradi...

Aslida hammasiga o`zim aybdorman!.. O`ylab qadam tashlaganimda, shu baxtli kelinchaklar qatorida men ham bo`larmidim?.. Bema`ni istaklarimning qurboniga aylanmaganimda, oppoq kelinlik libosi menga ham nasib qilarmidi?.. Birovning baxtiga chang solmaganimda, bugun alam yuragimni nimta-nimta qilmasmidi?.. Afsuski, tuzatib bo`lmas xatoga yo`l qo`yganimni endi anglayapman. Vaqtni ortga qaytarib bo`lmaganidek, yo`qotgan nomusimni, ota-onamning to`kilgan obro`-e`tiborini ham tiklolmayman…

O`ziga to`q oilada katta bo`lganman. Otam katta bir tashkilotda hisobchi bo`lib ishlardi. Onam ham bank xodimasi edi. Ota-onam juda ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 113
“Mashinaning old oynasini sindirib, uchib chiqib, erga urildim”

Bu voqeani menga sanatoriyada davolanayotganimda xonadosh ayol gapirib bergandi.

Tibbiyot xodimi bo`lganim uchunmi, qayta tirilish, ruhning tanadan tanaga ko`chib yurishi kabi voqealarga ishonmasdim. Bu narsalarni odamlarning o`zi o`ylab topgan cho`pchak deb hisoblardim. Ammo boshimga tushgan falokat barcha tasavvurlarimning oyog`ini osmondan qildi. Turmush qurganimizdan keyin bu dunyoda erim ikkalamizdan baxtli odam yo`q edi. Bizning baxtimizga hech kim raxna sololmaydigandek, irodamizni buka olmaydigandek tuyular, muhabbat bizga bitmas tuganmas kuch-qudrat ato etgandi. 14 dekabr, to`yimiz bo`lgan kunni nishonlash uchun erim bilan kafega yo`l oldik. Erim rulga, men esa uning yoniga o`tirdim. Yo`ldagi chorrahalardan birida tezlikda kelayotgan mashina to`g`ri bizning ustimizga uchib kelayotganini ko`rgan erim, tormozni bosishga ulgurmadi va biz katta tezlikda kelayotgan mashinaga urildik. Mashinaning old oynasini sindirib uchib chiqqanim yodimda, erga urildim, ammo og`riqni his qilmadim. Ko`zimni bazo`r ochib, asfaltda yotganimni ko`rdim. Oradan bir necha soniya o`tgach, men tomonga yugurib kelayotgan otamga ko`zim tushdi. Otam bu erda nima qilib yuribdi, deb o`yladim. Shu payt ularning bundan bir necha yillar muqaddam vafot etgani esimga tushdi, u meni qo`limdan tortib qaergadir sudrardi. Avtofalokatga uchragan bo`lsam, nega hech qaerimga hech nima qilma ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 136
« 1 2 3 4 5 6
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |