Payshanba, 24.07.2025, 07:14
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 12
Mehmonlar: 12
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Mart » 30 » Mistika: Ajal ostonasidan qaytargan farishta
21:58
Mistika: Ajal ostonasidan qaytargan farishta
Bu voqea ancha yillar ilgari sodir bo`lgan, uni menga tanish ayol gapirib bergandi.

Institutda o`qib yurgan kezlarim kursdoshim bilan sevishib, ahdu-paymon qildik. Bizning muhabbatimizga ota-onalarimiz qarshilik qilmadi va talabalik paytimizdayoq, to`yimiz bo`lib o`tdi. Ikkalamiz ham baxtdan sarmast, ettinchi osmonda uchib yurardik. Erim bilan institutni bitirmaguncha farzand ko`rmaslikka kelishgandik. Agar bolalik bo`lsak, o`qishimiz qolib ketadi, deb o`ylardik. Yoshligimdan baquvvat va sog`lom qiz bo`lib, kasal bo`lib yotganimni eslay olmasdim. To`ydan keyin shamollab, tumov bo`lib qoldim. Bunga e`tibor bermay, kasallikni oyoqda o`tkazdim. Aksiga olib, shu oddiygina tumov ham qayta-qayta bezovta qildi. O`zimni juda yomon his qilgach, kasalxonaga bordim. Tahlil natijalaridan sariq kasallikka chalinganim ma`lum bo`ldi. Buni ustiga homiladorligim ham aniq bo`lgach, bira to`la dahshatga tushdim. Bir tarafdan kasallik, ikkinchi tarafdan boshqorong`ilik qiynadi, ko`nglim aynib, og`zimga olgan narsani qayt qilardim. Davolovchi vrach homilani olib tashlash kerakligini, bu ahvolda uni dunyoga keltirolmasligimni aytdi. Bundan avvaliga qo`rqib ketdim, ammo boshqa yo`l yo`qligini anglagach, uning gaplariga ko`nishdan boshqa ilojim qolmadi. Vrachlar ertasi kuniga homilamni olib tashlashni rejalashtirishdi.

O`sha kuni tunda tush ko`rdim. Tushimda avtomashinalar tezlikda harakat qilayotgan baland ko`prik ustida ketayotganmishman. Bexosdan yo`l chetida yolg`iz, sovuqdan junjikib turgan, jingalak sochli qizaloqqa ko`zim tushdi. Shu payt birdan kuchli shamol ko`tarildi, qizchani xavfsiz joyga olish uchun yordamga shoshildim. U esa mendan qo`rqib o`zini ko`prikdan pastga otdi. Dahshatdan qichqirib yubordim.

Uyg`onganimda qora terga botib, yuragim ko`krak qafasimni yorib chiqay derdi. Ertasi kuni narkoz olgandan keyin yana o`sha qizcha tushimga kirdi. U yonimda turib, tinimsiz ko`z yosh to`kar, har zamonda boshimni silab qo`yardi. Tuzalishimga juda uzoq vaqt ketdi. Dardlarim bilan bo`lib, qizchani unutdim, endi uni tushlarimda ko`rmasdim. Bu haqda onamga gapirib berganimda, demak homilang qiz bola bo`lgan ekan dedi.

Oradan yillar o`tdi, institutni bitirdim, yoshim ham 30 ga borib qoldi. Ilgari farzand ko`rishni istamagan bo`lsak, endi erim bilan faqat shu mavzuda gaplashardik. Kunlarning birida qilgan iltijolarim tufaylimi yoki Xudoning rahmi keldimi homiladorligim aniq bo`ldi. Bundan erim ham men ham juda xursand bo`ldik. Erim meni eru ko`kka ishonmas, og`zimdan chiqqan narsani muhayyo qilardi. Yoshim o`ttizga borib qolgani uchunmi, oy-kunim yaqinlashgani sari meni vahima bosardi. Shunday qilib, to`qqiz oyni ming bir tahlikada o`tkazdim, to`lg`oq boshlanishi bilan erim meni tug`ruqxonaga olib bordi.
Tug`ruq juda og`ir kechdi, ko`p qon yo`qotganimdan holsizlanib, hushimdan ketdim. Tushimmi yo o`ngimmi anglolmay qoldim. Katta yo`lning yoqasida turgan emishman, yo`lning narigi betida bir paytlar tushimda ko`rgan qizaloq turardi. Uni yana uchratganimdan xursand bo`lib, yo`lning narigi tarafiga intildim. Qalbimni g`alati shodlik chulg`adi. Qizaloqqa etishga qanchalik intilmay, oyoqlarim o`zimga bo`ysunmas, ming chiranganim bilan joyimga mixlanganday turardim.

— Qayting, buyoqqa kelmang! Orqaga qayting, hali kelishingizga vaqt bor! — deb qichqirdi qizcha.

Uning ovozini aniq eshitdim.

– Yo`q, oldingga borgim kelyapti, to`xta, ketma! – deb baqirdim unga javoban.

Birdaniga qizchaning yonida o`ziga o`xshab ketadigan o`g`il bola paydo bo`ldi. Negadir “o`layapman” shekilli degan o`yga bordim.

– Yo`q, siz hali uzoq yashaysiz...

Tanamni parmalayotgan kuchli og`riqdan qichqirib yubordim, shu payt chaqaloq ingasi yangradi. Ko`zim yarq etib ochildi, ko`kragimda dunyoga kelgan o`g`lim yotardi. Vrachlar ham xursandligidan baqirib yuborishdi, ahvolim og`irligidan ular mendan umidlarini uzishgan ekan. Ammo so`nggi daqiqalarda mo``jiza ro`y berdi. O`g`lim bilan men narigi dunyodan qaytib kelgandik.

Shundan beri insonlarni himoya qiluvchi qandaydir g`ayritabiiy kuchlar borligiga ishonaman...
Категория: Hikoyalar | Просмотров: 114 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Mart 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |