Kasalxonada yo'lagida bir odam qattiq hayajonda, u yoqdan-bu yoqqa yuribdi. Xotinini operatsiya qilgan vrach chiqib, g'amgin holatda gap boshlabdi: — Xotiningizni hayotini saqlab qoldik. Lekin u komada. Yaxshi parvarish qilsangiz, yana o'n yil yashashi mumkin. Vrach eriga qarasa, kayfiyati butunlay tushib ketibdi. Yig'lab yuborishiga bir bahya qolganini ko'rib: — Hazillashdim. Xotiningizni saqlab qola olmadik, - debdi vrach