Shanba, 26.07.2025, 04:17
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Шоу безнис янгиликлари
1989 yilda asos solingan afsonaviy “Bolalar” guruhi asoschisi va yakkaxoni Tohir Sodiqov bugun, 1 iyul kuni tug`ilgan kunini nishonlamoqda.

“Kerak emas”, “Esingdami”, “Sen aytarding”, “Yoz alvido” kabi qo`shiqlari bilan millionlab qalblarga kirib borgan xonanda 43 yoshni qarshiladi.



“Bolalar” o`zbek shou-biznesi tarixidagi eng omadli guruhlardan biri sifatida e`tirof etiladi.



Guruhning “Kerak emas” qo`shig`i 2001 yilning “Eng yaxshi qo`shig`i” deb e`tirof etilgan bo`lsa, 2002 yilda mazkur guruh “Yilning eng yaxshi guruhi” nominasiyasida “Tarona” mukofotini qo`lga kiritgan.

Коментариев: 0
Просмотров: 150
Yigitali Mamajonov kutilmaganda o`zbek shou-biznesi va kino olamiga kirib keldi-yu, mashhurlikka erishishi ham xuddi shunday tezlashib ketdi. Birovlar buni uning klip va kinolardagi mahoratli ijrosidan deb bilsa, boshqalar uning shaxsiy hayotidagi voqealar sabab, deya talqin etishdi. Lekin nima bo`lganda ham, bugun Yigitalining o`zbek san`atida o`z o`rni bor. U mahoratli ijrosi bilan ko`p minglab muxlislar ko`nglini zabt etdi. Yosh va serqirra ijodkor bugun “Darakchi” mehmoni! U bilan ijod va shaxsiy hayotidagi o`zgarishlar haqida suhbatlashdik.

— Ayni kunlarda xorijda ekansiz...


— Uzoqqa ketganim yo`q. Qo`shni davlat — Qozog`istondaman. San`atdan tashqari gul savdosi bilan shug`ullanishimni bilasiz. Shu ishlar bilan bandman.

— Bu safardan maqsad faqat ish emasligini ham bilamiz. Unashtirilibsiz...

— (Kulib) Nazarimda, bundan ko`pchilik xabar topganga o`xshaydi. Unashtirildim... Mayli, to`g`risini ayta qolay, uylandim ham. To`yimiz oila a`zolarimiz va faqat yaqinlar davrasida o`tkazildi.

— Demak, to`yingiz Chimkentda bo`ldi... Nega Toshkentda emas?

— Menimcha, to`yning qaerda bo`lishi muhim emas.

— Turmush o`rtog`ingiz chimkentlik ekan...

— Muhabbat shunday mo``jizaki, u millat, masofa tanlamaydi. Bu tuyg`u bizga ayni kerak paytda qalbimizda paydo bo`lganidan xursandman.

... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 151
Aktrisa Zarina Nizomiddinova Instagram`dagi sahifasi orqali mukofotlanganini ma`lum qildi.

Aktrisa suratga tushgan “Saodat” milliy seriali O`zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan “Yilning eng yaxshi seriali” deb e`tirof etildi.

“Serial rejissyori Muzaffar Erkinovni alohida chin qalbimdan muborakbod etaman”,—deb yozadi aktrisa Instagram`dagi sahifasida.

Ma`lumot uchun, “Saodat” teleseriali MTRKning “Toshkent” kanalida namoyish etildi. Unda bosh rollarni Zarina Nizomiddinova, Ulug`bek Qodirov, Asal Shodieva, Adiz Rajabov, To`ti Yusupova, Shohida Ismoilova, Saidkomil Umarov, Ra`no Yarasheva, Fathulla Mas`udov, Lola Eltoevalar ijro etgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Xonanda Manzura barcha muxlislarini Rossiyada o`tkaziladigan konsert dasturiga taklif etmoqda.

Konsert dasturi 5 avgust kuni Sankt-Peterburg shahrida bo`lib o`tadi.

Mazkur konsert Rossiyada yashaydigan xonandaning muxlislari uchun haqiqiy tuhfa bo`ladi, desak mubolag`a bo`lmaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Интернет тармоғида Ўзбекистонда маҳаллий мусиқачиларга хориж қўшиқларини таржима қилиб, тарона яратиш тақиқлангани ҳақида хабар тарқалди.

Мазкур чора ўзбек миллий мусиқаси йўқолишининг олдини олиш мақсадида амалга оширилаётгани айтилмоқда. Сўнгги пайтларда ҳақиқий ўзбекона оҳанглардан кўра, тайёр турк, араб, эрон, рус қўшиқларининг ўзбекчалаштирилган варианти кўпроқ қулоққа чалинади. Бу ўқимишли қатламнинг эътирозларига сабаб бўлмоқда.

“Агар шундай чора қўлланмаса, ўзбек урф-одатлари йўқолиб кетади ва биз 5 минг йиллик тарихга эга бўлган ўзбек мусиқасисиз қоламиз”, дея вазиятга изоҳ беради Ўзбекистон Миллий университети ўқитувчиси Жўрақул Шукуров.

Биз бу хабар тўғри ёки нотўғрилигини билиш учун “Ўзбекконцерт” давлат муассасаси билан боғландик. Агентлик вакилининг сўзларига қараганда, бу борада ҳозирча аниқ қарор ёки бирор-бир ҳужжат йўқ. Лекин айни пайтда шундай бандни санъаткорлар билан тузиладиган шартномага киритиш борасида ишлар олиб борилмоқда. Яъни у хорижий мусиқаларни рухсатсиз ўзбек тилида куйлашни чеклашга оид чора-тадбирлар қўллаш арафасида туришганини маълум қилди. Сабаби бу плагиат маҳсулот ҳисобланади.

Демак, тез орада қўшиқчилар ва бастакорларга хорижий мусиқаларга ўзбекча шеър ёзиб, тарона яратиш тақиқланиши ёки чегараланиши мумкин.

Эслатиб ўтамиз, 1 июлдан бошлаб клипларни YouТube’га “Ўзбекконцерт”нинг махсус бадиий кенгаши рухсатисиз жойлаштириш тақиқланади. Бадиий кенгаш таркиби эртага, 1 ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Turkiyaning Istanbul shahrida zamonaviy turk kinosining eng taniqli aktyorlari Burak Ozchivit va uning sevgilisi Faxriya Evjenning to`yi bo`lib o`tdi.

Burak va Faxriya uch yil avval suratga olish maydonchasida tanishgan edi.

2017 yilning bahor faslida juftlik unashtirilgan, 29 iyunga esa to`y sanasini belgilagan edi.

To`y marosimi kelin-kuyovning yaqinlari ishtirokida Bosfor ko`rfazi qirg`og`idagi Sait Halim Paşa villasida bo`lib o`tdi.



Коментариев: 0
Просмотров: 179
Поп-мусиқа ижрочилари концертларида фонограммадан фойдаланганликлари учун ўзларини доим айбдор ҳис этиб келишган. Бу амалиёт 90 йиллар охири ва 2000 йиллар бошларида кенг ишлатилган. Аммо Бритни Спирс концертида фонограмма орқали куйламаслигини маълум қилди.

Хонанданинг мухлислари аллақачон Бритнининг жонли ижрода куйламаслигини, шунчаки оғзини қимирлатишини яхши билишади, аммо хонанда фонограмма ҳақидаги миш-мишларни дарров инкор этди.

“Ҳа, баъзан рақс ҳаракатлари сабаб, қўшиқнинг айрим жойларини ёзиб олишимга тўғри келади. Шундай бўлса-да, мен шунчаки оғзимни қимирлатиб турмайман, фонограмма бўлгани билан ўзим ҳам бор овозда куйлайман. Афсуски, бу учун умуман раҳмат эшитмаймайман”, дейди хонанда.

Аммо айтиш жоизки, Бритни Спирс миннатдорликларни катта гонорарлар орқали олмоқда. Фонограмма масаласида эса гарчи хонанда тан олмаса-да, кўп бора қўлга тушган.
Коментариев: 0
Просмотров: 73
Актриса Жулия Робертс аёллардаги табиийлик тарафдори. Шу боис, у барча аёлларни макияждан воз кечишга чорлади.

Актрисанинг ўзи кундалик ҳаётида косметик воситалардан умуман фойдаланмаслигини айтди ва фарзандлари уни фақат кинодагина макияжда кўришларини таъкидлади.

“Биз замонавий аёллар юзимизни қалин макияж билан қоплаймиз, ботокс қиламиз. Ўзимиз ўйлаб топган идеалликка интиламиз. Аммо бу ҳаётимизда унчалик ҳам аҳамиятли эмас. Энг муҳими – ички гўзаллигимиз. Ўзимизни қандай бўлсак, шундайлигимизча қабул қилмасак, унда бизни кимдир севишига қандай эришамиз? Ҳа, менда ажинлар бор, аммо уларни беркитишга умуман ҳаракат қилмайман. Чунки бу менинг аслим. Одамлар мени боримча қабул қилишини истайман ва ҳаммага шундай бўлишни маслаҳат бераман”, дейди актриса.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
Ҳозирда хонанда Райҳон турмуш ўртоғи билан Европа бўйлаб саёҳат қилмоқда. Ҳа, хонанданинг ёзги таътили мароқли ўтаётганини ижтимоий тармоқларга, хусусан, Instagram саҳифасига жойлаётган суратларидан ҳам сезиш мумкин. Instagram хонанданинг қувончига яна бир карра қувонч бағишлади, десак, адашмаган бўламиз. Сабаби, Райҳоннинг Instagram’даги кузатувчилари сони энди 1 миллионни ташкил этади.

Эслатиб ўтамиз, хонанда Шаҳзода (Зилола Мусаева) ўзбек хонандалари ичида Instagram’да 1 миллион кузатувчиси бор ягона юлдуз бўлган эди. Ҳозирда унинг кузатувчилари сони 1,3 млн.

Кузатувчилар сони бўйича Шаҳзодадан кейинги ўринни актриса ва хонанда Асал Шодиева эгаллаган эди. Ҳозирда унинг ҳам кузатувчилари 1 млн.ни ташкил қилади.
Коментариев: 0
Просмотров: 75
“Darakchi” gazetasining “10 qaltis savol” loyihasi mehmoni “Tovus” raqsini mahorat bilan ijro etib muxlislar qalbidan joy egallagan raqqosa Iroda ISMOILOVA...

San`at sohasida har bir ijodkorning o`z davri bo`ladi. Sizning davringiz qaysi raqqosaning “tugashi”ga to`g`ri kelgan va ma`lum vaqt kamnamo bo`lib qolganingiz qaysi hamkasbingizga yo`l ochib berdi?

— Ijod boshlaganimda raqqosalar Saida Mansurxo`jaeva, Sug`diyona Isroilova nafaqaga chiqish arafasida edi. Aslida ham raqqosalarning sahnadagi “umr”i qisqa bo`ladi. Lekin har kimning o`z davri bo`lishiga qaramay, ijodkorni yana qayta kashf etadigan ikkinchi “nafas” bo`ladi. Oila bilan band bo`lib, kamnamo bo`lib qolganimda esa Zarina Ahmedova, Parizoda, Shodiyora Omonova, Dilorom Madrahimovaga ko`proq yo`l ochildi.

Iroda Ismoilova “Ofarin” raqs ansamblini o`z xohishi bilan tark etganmi yo?..

— Aniq kun tartibi bo`lmagani bois tinimsiz ishlardik. Natijada birinchi homilam nobud bo`lgan. Yarim yildan so`ng esa ikkinchi bor homilador bo`lganimni bilgan kunimoq ansambldan o`z xohishim bilan ketganman. Qizim tug`ilgach, dunyoqarashim butunlay o`zgardi. O`g`lim dunyoga kelganida-ku umuman san`atga qaytgim kelmadi. Boisi, o`g`lim onasi bilan faxrlanishi kerak. “Onang o`yinchimi?” degan gapni eshitishini istamayman. Biroq ustozlarim Qodir Mo`minov, Gulmira Shirinova “Siz shunday raqqosa bo`lingki, farzandlaringiz siz bilan faxrlansin!” deyishdi. Shundagina san`atga qaytdim. “O`zbek ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 137
Yangi qo`shiqlar va kliplar bilan ijodga qaytayotgan xonanda Ozoda Nursaidova ko`pchilikning qalbidan joy egallagan xit qo`shiqlaridan birini arab tilida qayta kuyladi.

“Xolos” qo`shig`i xonandaning muxlislari va do`stlari taklifiga binoan qayta sayqallanib, yangicha ko`rinish kasb etdi. Mazkur taronaga klipmeyker Timur Pirimqulov klip suratga olmoqda. Klipda bosh rollarni Rimma ismli ballerina qiz va kino sohasiga endi kirib kelayotgan yosh aktyorlardan biri ijro etgan. “Sayyod.com” klip suratga olish jarayonidan reportaj tayyorladi.

Ozoda Nursaidova klipda bir necha obrazda namoyon bo`ladi. Obrazlar muallifi stilist-vizajist Lidiya Andre.

Arab tilida kuylangan “Xolos” qo`shig`iga ishlanayotgan klip 2 ta talqinda suratga olinmoqda. Ulardan biri o`zbek auditoriyasiga, ikkinchisi esa milliy auditoriyasiga mo`ljallangan.



... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 170
Bu aktrisaning ijodi davlat buyurtmasiga ko`ra suratga olingan “Yo`l bo`lsin” filmidan boshlangan. Zebo Navro`zova rejissyorligidagi “Romeo va Juletta” kartinasi esa unga mashhurlik olib keldi. Keyinchalik u shaxsiy hayotini yo`lga qo`yib turmushga chiqdi. Ancha yillik tanaffusdan so`ng, rejissyor Jahongir Ahmedov o`zining “Qora ko`z”i orqali uni yana katta ekranlarga qaytardi. Zarina Nizomiddinova — bugun o`zbek kinosining yuzlaridan biriga aylanishga ulgurgan. Ilk bor seriallarda suratga tushgan aktrisaning — “Saodat” serialidagi ishtiroki suhbatimizga sabab bo`lmoqda.

Sizni ko`rib turganimizdan xursandmiz. Kuni kecha birinchi fasli yakunlangan serialda suratga tushdingiz. Adashmasak, birinchi marotaba serialda ishladingiz...
U bilan “Romeo va Juletta” filmida birga ishlaganimizdan xabaringiz bor. O`sha yillardayoq fe`l-atvorimiz, dunyoqarash va maqsadlarimiz o`xshash edi. Ko`p narsalarda bir xil fikrlaganimiz uchun ham hamkorliklar bizga qiyinchilik tug`dirmaydi, deb o`ylayman. Bu esa albatta, natijaning yaxshi bo`lishiga asosiy poydevor. Bilasizmi, Shohruxxonning samimiy va ko`ngli tozaligiga tan beraman. Mashhurlik uni o`zgartirmagan. Hatto, atrofida kimdir, boshqalarni g`iybat qilayotganini eshitib qolsa, urishib beradi. Turmush o`rtog`i Asal Shodievani ham juda hurmat qilaman. Hamkasb sifatida munosabatlarimiz yaxshi. Biz oilaviy do`stmiz, desam xato bo`lmaydi.
— Ochig`ini aytish kerak, bu serial nafaqat tomoshabinlarga balki, o`zim uchun ham ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 170
O`zbek kinosi durdonalaridan biri “Suyunchi” filmini necha marotaba tomosha qilmaylik, har safar birinchi bor ko`rayotgandek zavqlanamiz. O`zbekning fe`l-atvori, dunyoqarashi, urf-odatlari, an`analari, oilaning muqaddasligi va qo`ni-qo`shnilarning hamjihatligini ko`rsatib beradigan bu film barchamiz uchun sevimli. Rejissyor Melis Abzalov har bir qahramonga alohida yondashib, xarakter berib profesional darajada suratga olgani esa tahsinga loyiq. Filmning bosh qahramonlari bilan birga epizod rollarni ijro etgan aktyorlar ham tomoshabinga qadrdon bo`lib qolgani gapimizga isbot bo`la oladi. 35 yil avval suratga olingan “Suyunchi” filmining eng esda qolarli obrazlaridan biri — Nazira ekaniga shak-shubha yo`q. Birgina qarash, harakat va gap-so`zlari bilan yodimizda qolgan qahramonni gavdalantirgan, bugungi kunda boshqa qit`ada yashaydigan Shahnoza Shamsieva (Hamroeva) bilan internet orqali bog`lanib suhbatlashishga muvaffaq bo`ldik. 17 yoshida butun O`zbekistonga tanilgan, keyinchalik shifokorlik sohasini tanlagan Shahnoza Shamsieva ayni kunda Afrika janubidagi Zambiya Respublikasida yashaydi.


— Shahnoza opa, juda uzoqlarga ketib qolgan ekansiz, sizni 5-6 yildan buyon qidiramiz...

— Mendan intervyu olmoqchi ekaningizni aytib, intern ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 142
Ҳозирда примадонна Алла Пугачёва ва юморист Максим Галкиннинг уч ёшли фарзанди Гарри ўз отасининг сочларини турмаклаш билан машғул.

Оилавий сайр пайти отасининг елкасида ўтириб олган Гарри вақтини бекор ўтказмаяпти. У аввалига отасининг сочларини боплаб “ювиб”, кейин турмаклаб қўймоқда.

Уч ёшли “сартарош” онасининг ҳам сочларини турмаклаш истагида, аммо Пугачёва бунга ҳали йўл қўймаяпти. Максим мазкур қизиқ жараёнларни мобил телефонига муҳрламоқда
Коментариев: 0
Просмотров: 76
Кеча, 27 июнь куни россиялик хонанда Алсу 34 ёшни қарши олди. Россия юлдузи турмуш ўртоғи Ян ва фарзандлари: 10 ёшли Сафина, 9 ёшли Микелла ва ўғли Рафаэл билан ҳозирда Лос-Анжелесда яшаб, ижод қилмоқда.

Хонанда янги қўшиқлар ёзмоқда ва ижоддан бўш вақтларини оиласи билан ўтказмоқда. Юлдузлар нумерологи Клар Кузденбаева Алсунинг туғилган санасини билиб, уни келажакда нималар кутаётганини башорат қилди.

Унинг айтишича, яқин орада хонандани жаҳон миқёсидаги улкан ютуқ ва машҳурлик кутмоқда. Икки қизи ва ўғли ҳам унинг изидан бориши, яъни хонандаликка даъво қилиши мумкин.
Коментариев: 0
Просмотров: 79
« 1 2 ... 5 6 7 8 9 10 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |