Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Шоу безнис янгиликлари
Musbat va manfiy. Loyihamizning galdagi ishtirokchilarini ana shunday ta`riflashni ma`qul topdim. Biri xushchaqchaq va shaddodgina bo`lsa, ikkinchisi uning aksi, og`ir-bosiq. Gap kim haqida borayotganiga qiziqayapsizmi? Unda «duet»chilarimizning fe`l-atvoriyu dunyoqarashlari yaqqol namoyon bo`lgan suhbatimizni o`qing.
– Suhbatni keskin savoldan boshlayotganimga ajablanmang. Yosh, kelishgan va bugungi kunda talabgir hisoblangan aktrisalarning do`stligi chinmi? Yoki bu ayrimlarniki kabi piarmi?
Shahzoda Muhammedova: – Piar?! Yo`g`ey, shunaqa do`stlashadiganlar ham bor ekanmi? Muqaddas bilan ko`p yillardan beri dugonamiz. Etti yil oldin «Poyqadam» filmining suratga olish jarayonida tanishganmiz. Ushbu kartinada Gulchehra Sa`dullaeva onamni ijro etgan. S`yomka vaqti Gulchehra opa qizlari haqida ko`p gapirib berardi va bir kuni «Ertaga Muqaddasni olib kelaman, tanishasizlar», degan. U paytlari Muqaddas san`at sohasidan yiroq, soddagina qizcha edi. Suratga olish maydonchasiga ham uyalibgina kirib kelgan. Muqaddas Sa`dullaeva: – San`atkor bo`lishni xohlardim-u, lekin ota-onam ruxsat berishmagandi. «Men ham kinoda rol o`ynasam qaniydi», deya orzu qilardim. Suratga olish maydonchasiga kelganimda aktyor-aktrisalarni kuzatib, rosa havas qilganman. Shahzoda bilan tanishganimizdan keyin esa tezda chiqishib ketdik. Mana, bugungacha qadrdon dugonalarmiz. Shaxzoda: – Muqaddas bilan tez-tez ko`rishib turamiz. Deyarli har
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 560
Ҳар биримиз неча ёшга тўлишимиздан қатъи назар, нимадандир қўрқамиз. Ахир, қўрқув ҳисси фақат ёш болалар учун берилмаган, тўғрими? Биз эътиборингизга машҳур юлдузларнинг ғалати қўрқувлари, яъни фобиялари ҳақида қизиқарли маълумотларни тақдим этамиз. Памела Андерсон – эйсоптрофобия, яъни кўзгудаги аксидан қўрқиш. Ҳа, буни қарангки, фотомодель ва актриса Памела Андерсон тўсатдан ёки атайлаб ҳам кўзгуга тинчгина, ваҳима солмасдан қарай олмайди. Дэвид Бекхэм – атаксиофобия, яъни тартибсизликдан қўрқади. Дэвид Бекхэм ҳақиқий перфекционист. Маълумотларга кўра, футболчи шахсан ўзи уйда сабзавот ва меваларни музлатгичга тартиб билан жойлаштиради. Орландо Блум – поркуфобия, чўчқаларга бўлган қўрқув. Актёрнинг айтишича, у чўчқалардан қўрқади ва чўчқалар боқиладиган шаҳарга имкон қадар бормайди. Леди Гага – кичкина болалар ва телефон қўнғироқларидан қўрқади. Унинг айтишича, агарда хонанданинг фарзанди бўлса, оналик уни бутунлай ўзгартириб, бутун ижодига нуқта қўяди. Жонни Депп – коулрофобия, яъни масхарабозлардан қўрқади. Улардан актёр болалик давриданоқ қўрққан. Сабаби, масхарабозлар жуда ёрқин бўянган бўлади. Скарлетт Йоханссон – блаттофобия, яъни сувараклардан қўрқади. Николь Кидман – лепидоптерофобия, капалаклардан қўрқади. Жим Керри – паранойя. Америкалик комик актёр доим саҳнага чиқишдан ва камера қаршисида туришдан қўрққан. Яхшиямки, бу одатни у тарк этган эди, йўқса, б
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 89
Google томонидан жойлаштирилган AdSense реклама хизматининг хатоликлари туфайли ижтимоий тармоқларда Дима Биланнинг ўлими ҳақида хабарлар тарқалди. Ўзининг Instagram саҳифасида хонанда Африкада даволангани ва вафот этгани ҳақидаги хабарлар жонига теккани ҳақида айтди. “Инсонларнинг аҳмоқлиги мени ғазаблантиряпти. Африкага бориб даволаниш?! Шундай нарсани ўйлаб ҳам бўладими? Менимча, мен доктор “Вой жоним”га “Мадагаскар”даги зебра ва жирафани даволатишга борган бўлсам керак. Олдинда шунча режалар, концертлар, муҳим ишлар бор, одамлар эса мени ҳайратга солишмоқда”, дейди хонанда. Нигина Ҳакимова
Коментариев: 0
Просмотров: 101
Lola Yo`ldosheva bilan har gal intervyuga otlanar ekanman, tayyorgarlikni puxta qilishga harakat qilaman. Sababi u nafaqat o`z ishiga, balki u bilan bog`liq har bir narsaga talabchanlik bilan yondashadi. Aynan mana shu jihati bilan ham boshqalardan ajralib turuvchi ijodkorlardan biri, deb o`ylayman. Lolaning har bir narsada o`z didi, dunyo qarashi va munosabati bor. Bugungi uchrashuvda esa xonandaning fe`l-atvoridagi 8 ta o`ziga hos jihatlarini ochishni maqsad qilganman.
«Mehribonman...» Tashqi ko`rinishimga qarab ko`pchilik meni xarakteri og`ir, hech kim bilan kelisholmaydigan inson deb o`ylashi mumkin. Aslida, esa men juda nozik, mehribon va ko`ngli bo`sh ayolman. Har doim insonlarni tushunishda mehrni birinchi o`ringa qo`yaman. «Qattiqqo`lman...» Mehrni ustun qo`ysam ham ba`zida qattiqqo`l bo`lishimga ham to`g`ri keladi. Misol uchun farzandlarim tarbiyasida qattiqqo`llikni endi o`rgandim. Avvallari agar ular biror noto`g`ri ish qilishsa, urishardim-u, ammo biroz vaqt o`tgandan so`ng ko`nglim bo`shab kechirib yuborardim. Hozir esa biror ayblari uchun yaxshi ko`rgan o`yinchoqlari yoki mashg`ulotlaridan mahrum qilsa, gapimda turishga harakat qilayapman. Chunki bolalar tarbiyasida qattiqqo`llik eng zarur jihatlardan biri ekan.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 136
O`g`il bolalar bilan teppa-teng olishadigan, biror kim singlisini xafa qilgudek bo`lsa, boplab ta`zirini berib qo`yishni eplagan qizaloq 13 yoshida bolalar o`rtasida o`tkazilgan musiqa ko`rik tanlovida ishtirok etdi-yu, o`zgardi. Vazminlik paydo bo`ldi unda. 7 yoshida «Muhabbat sinovlari» filmida epizod rol ijro qilgan suhbatdoshimiz o`n to`rtga to`lgach, «Jannat qaydadir?» kartinasida suratga tushdi va kino olamining asirasiga aylandi. Shu-shu Asal ShODIEVA aktrisa! Salqin yoz oqshomida suhbatdoshim bilan dildan gurunglashdik.
– Bilishimcha, s`yomkadan qaytayapsiz? – Ha, bugun kichik bir ko`rsatuvning tasvirga olish ishlari bilan band bo`ldim. – Shohruxxon bilan birgalikda klipda suratga tushayapsiz, deb eshitdik? Narimon Sultonxo`jaev rejissyorlik qilayotgan ekan... – Yo`q, bu klip emas. Yangi loyiha ham deb bo`lmaydi. Hozircha sir bo`la qolsin. – Sizni “kamgap aktrisa” deyishadi. Nahot shu rost bo`lsa? – (kulib) Chindanam kamgapman. Intervyularda biroz qiynalaman. Qarshimda kamera turganini ko`rsam, hayajonim yanada ortadi. – Haligacha hammi? – Ha… – Qiziq, u holda ekrandagi shaddod Asal kim bo`ldi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 164
Telejurnalist va suxandon Nilufar SOTIBOLDIEVA shu kunlarda juda band. Hali tadbirlar, hali ijtimoiy loyihalar, televideniedagi ish faoliyati, ijodiy safarlarni aytmaysizmi. Qiziq, u barchasiga qanday ulgurayotgan ekan?.. Balki buning biror siri bordir? Darvoqe, u haqidagi ayrim ma`lumotlarga ham oydinlik kiritish fursati etdi, nima ekan deysizmi? Diqqat qiling! – Talab ortib borayotgan boshlovchilar reytingining yuqori pog`onalarini zabt etib kelayotgan Nilufar Sotiboldievaning jurnalistika sohasiga kirib kelishi qanday bo`lgan? – Televidenieda ish boshlashimdan ancha avval o`zimni boshlovchi sifatida tasavvur qilardim. Ammo televideniega kelishingiz bilan «Mana ko`rsatuv ijod qilaver» deyishmaydi. Tajriba orttirishingiz, bilmaganlaringizni o`rganishingiz kerak. Menda ham shunday bo`ldi, ma`lum muddat «Sport» telekanalida muxbir sifatida faoliyat yuritdim. Kamera ortida ishlashning ham o`ziga yarasha zavqi bor. Jurnalistika yo`nalishida alohida ta`lim olmaganman, ish jarayonida ustozlarim, hamkasblarimni kuzatib, tajriba yig`dim. Lekin o`quvchilik paytlarim o`qituvchilarim ko`p aytishardi «Iste`doding bor» deb. Insholarni juda chiroyli yozardim-da. Intildim, izlandim, harakatdan to`xtamadim va niyatim amalga oshdi! – Ko`p kuzatganman, xarakteringizdagi jihatlar mustaqil hayotni ancha erta boshlaganingizga ishora qilgandek go`yo, balki men adashayotgandirman? – Haqiqatan ham shunday. Uch yoshimda otam hayotdan ko`z yumdi. Oi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 364
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva o`zi haqida turli gap-so`zlar, mish-mishlar tarqatayotgan insonlarga atab qo`shiq kuyladi.
“Duv-duv gap” deb nomlangan qo`shiq ilk marotaba xonandaning konsertida jarang sochgan edi. O`shanda muxlislar tomonidan iliq kutib olingan tarona endilikda radiokanallar va internet saytlari orqali taqdim etildi.
Xonanda qo`shiq orqali insonlarni bilib-bilmay turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirib, “g`iybatchi”larga baxt tiladi hamda shaxsiy hayoti haqidagi gap-so`zlarni to`xtatishga chorladi.
“Odamlarga ne bo`ldi-bo`ldi?
Hayotimga ig`vo to`ldi-to`ldi.
To`xtasangizchi, bo`ldi-bo`ldi,
Hammayoqda yana duv-duv gap.
Unday qilibdi Rayhon-Rayhon,
Eshitib o`zim hayron-hayron,
Isbotlashga yo`q imkon-imkon.
Hammayoqda yana duv-duv gap”,—deb kuyladi xonanda.
Quyida Rayhonning yangi qo`shig`ini tinglashingiz mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 111
Xonanda Lola Instagram`dagi sahifasi orqali yosh bolalarga ota-onalar tomonidan tez-tez aytilishi kerak bo`lgan iboralarni yozib qoldirdi. “Farzandingiz og`ir-bosiq, baxtli, o`ziga ishonchi yuqori bo`lib ulg`ayishini, eng asosiysi sizga hayotidagi eng asosiy inson sifatida ishonishini istaysizmi? Men psixolog emasman, biroq siz bilan farzandlarimiz o`zlarini sevimli va himoyalangan his etishlari uchun ularga tez-tez aytib turishimiz lozim bo`lgan iboralarni bo`lishmoqchiman. 1. Men seni yaxshi ko`raman! 2. Sen hayotimizda borligingdan baxtlimiz! 3. Sen dunyodagi eng chiroyli qiz(bola)san! 4. Sen juda iste`dodlisan 5. Istagan narsangni gapirish va qilish uchun jur`atli bo`l! 6. Kechinmalaring haqida so`zla berishdan cho`chima! Ular taassurotlarini so`zlab berishsa, farzandingiz sizga sirini ishongani uchun minnatdorchilik bildirishni unutmang! Mana shu so`zlarni farzandingizga imkon qadar ko`proq aytishga harakat qiling! Shundagina farzandingiz to`laqonli shaxs bo`lib voyaga etadi!”,—deb ta`kidlaydi xonanda.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 109
Том Круз ҳақида гап кетганда одатда бундайларни таништиришга ҳожат йўқ дейилади. Унинг дебюти "Чексиз муҳаббат" фильмига тўғри келади. Круз "Ёмғир одами" фильмидан кейин кенг оммага танилди ва ўз иштироки билан ҳар қандай лойиҳага томошабинлар эътибори ҳамда кино тарихида алоҳида жой билан таъминлайдиган актёрга айланди. "Уддалаб бўлмас топшириқ"нинг барча қисмларидаги трюкларни актёрнинг шахсан ўзи ижро этган. Агар Том Круз фильмлардаги ҳар бир қаҳрамони устида қалб қўрини бериб ишламаганида эди, у Ҳолливуднинг шунчаки ёқимтой чеҳраларидан бирилигича қоларди. Бугун, 3 июль куни Том Круз 55 ёшга тўлди. Том Круз "Мўмиё" фильми премьерасида, 2017 йил Дастин Хоффман ва Том Круз. "Ёмғир одами" фильмидан кадр, 1988 йил "Одамхўр билан интервью" фильми кадри, 1994 йил
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 112
Ўзбекистонда пенчак силак спорти тарихида илк бор профессионал Микс Силат бўйича халкаро турнир ўтказилади. Эътиборга молик жиҳати шундаки, Тошкент шаҳрида ўтказиладиган ушбу турнирга Голливуд юлдузи Жан Клод Ван Дамм, аралаш қоидалар бўйича афсонавий спортчи Федор Емельяненко, Жефф Монсон ва бошка жаҳон юлдузлари ташриф буюради. Бунақаси ҳали бўлмаган. Ушбу International Sport Shou кечаси 9 сентябрь куни Тошкентдаги "Бунёдкор" стадионида бўлиб ўтади.
Коментариев: 0
Просмотров: 108
Bugun, 3 iyul kuni Xalqaro Press-klubning “O`zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv” deb nomlangan navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tmoqda.
Sessiyaning birinchi qismida Yoshlar Ittifoqi tashkiloti raisi Qahramon Quronboev, Oliy va O`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Majidov, Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Sobitxon Turg`unov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekovlar ishtirok etdi.
Ozodbek Nazarbekov o`z nutqida bugungi yoshlar haqida gapirar ekan, quyidagilarni aytib o`tdi:
“Bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar behisob. Avvallari biz ustozlarning xizmatini qilib, ko`rsatma, yo`l-yo`riq olardik. Hozirgi yoshlarlarning esa orqasidan yugurib ham aytganimizni qildirolmaymiz. Masalan, men oldimga shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan birinchi talabim 2 oy ichida 4 ta adabiyot o`qib chiqish. Lekin, ko`pchilik yoshlar bu talabimni bajara olmaydi. Kim adabiyot o`qimasa, u san`atni ham tushuna olmaydi”.
Коментариев: 0
Просмотров: 115
To`y-inson hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kun. Ayniqsa, taniqli insonlarning to`ylari hamma vaqt diqqat-e`tibor markazida bo`ladi. O`zbek shou-biznesida o`ziga xos ijro yo`nalishiga ega yosh xonandalardan biri Tohir Usmonov bo`ydoqlik bilan xayrlashmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, yaqinda xonanda sevgan qizi bilan unashtirilgan. To`y kuni ham aniq. 7 sentyabr kuni Tohir Usmonov oilali xonandalar safidan o`rin egallaydi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, Tohir Usmonov ko`ngil qo`ygan qiz san`at sohasiga begona emas. U dizaynerlik bilan shug`ullanadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 143
Aktrisa Sitora Alimjonova shaxsiy hayotiga oid muhim sirni oshkor qildi. Sitora “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoni borligini va unga turmushga chiqayotganini ma`lum qildi: “Yigitim bilan 2012 yilda tanishganmiz. Yaqinda to`y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to`y qilayotganimizga to`xtaladigan bo`lsam, o`sha paytda men yosh edim, kar`era qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana endi mening orzuimdagi to`y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik. Bo`lajak turmush o`rtog`im 27 yoshda, u tadbirkor” “Yigitim bilan arazlashib qolgan paytimda “Shok.uz” saytining “To`y” loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa so`zlarini davom ettirib. Sitora Alimj
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 337
Elimizning sevimli aktyori Ubaydulla Omon bilan suhbat qilishni dilimizga tugib, to`g`ri Buxoro teatriga yo`l oldik. Ekrandagi obrazlari kabi salobatli va viqorli aktyor hayotda juda samimiy inson ekanligiga suhbat davomida yana bir marotaba amin bo`ldik...
Birinchi kitob va ilk rol... Buxoro shahrining Minorai Kaloni qarshisida joylashgan 17-maktabda tahsil olganman. Maktab binosi aslida bir boyning eski hovlisi bo`lib, unda ikki smenada darslar olib borilardi. Uyimizga yaqin bo`lgani uchun ota-onam bizlarni aynan shu maktabga berishgan. Aslida, bu maktabda mehribonlik uyi bolalari o`qishardi. Ular go`yo alohida bir diaspora bo`lib, birga borishar, birga kelishardi. Biz ham ularning ta`sirida o`sib, ulg`ayganmiz. Bizga haqiqiy fidoyi ustozlar dars berishgan. Ularni hali-hamon yaxshi eslayman. Aganova Nadejda Mixaylovna sinf rahbarimiz edi. Buni qarangki, sevimli sinf rahbarim bilan qo`shni turardik. Ustozim turmush o`rtog`i bilan biror joyga ketadigan bo`lsa, ikki nafar o`g`lini (ular bilan deyarli tengdosh bo`lsam ham) menga qoldirib ketishardi. Ular bolalar urishmasin, bekor o`tirmasin, deb bizga bir-biridan qiziq va yoshimizga mos bo`lgan kitoblarni tashlab ketardi. Kitobga shu ustozim sabab kuchli mehr qo`ydim. Ilk o`qigan kitobim Nikolay Nosovning “Bilmasvoy” (“Neznayka”) kitobi bo`ldi. Ustozning uyida “Chippolino”ni o`qishni boshlaganman. Ishonmaysiz, Nadejda Mixaylovna aslida kimyo fani o`qituvchisi edi. Ammo san`atga mehri bo`lakcha e
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 111
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mavluda Asalxo`jaeva to`ylarga uning shogirdi sifatida borib, fonogrammaga og`iz qimirlatib pul ishlayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi. “Bu kim? Buni qaeri menga o`xshaydi. Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to`g`ri keladimi. Bu yigit to`ylarda mening qo`shiqlarimga og`iz qimirlatib, o`zicha Mavluda Asalxo`jaevaning shogirdiman deb yurganidan keyin ustidan arz qildim, men bunga ruxsat bermaganimni aytdim. O`sha kuniyoq uyimga kelib kechirim so`radi. Bolam bor, olib qo`ygan to`ylarim bor, ustimdan shikoyat qilmang deb yalindi. O`shanda meni parodiya qilishiga ruxsat bermadim. Ammo bu yigit gaplarimdan to`g`ri xulosa qilgani yo`q. Haligacha biz qilgan mehnatning ortidan pul topib yuribdi. Gap pulda emas, gap meni parodiya qilayotganida ketyapti. Qancha muxlislarimiz undan norozi. O`zingiz ayting men unga o`xshab o`ynaymanmi, unga o`xshab bejalib pardoz qilamanmi. Uning qilayotgan ishi musulmonchilikka ham to`g`ri kelmaydi. Har kuni odamlar nega shunga ruxsat berib qo`ygansiz degan gaplarni aytishadi. Takror aytaman men bu yigitning meni parodiya qilishiga umuman ruxsat bermaganman. Yana Mavluda Asalxo`jaeva bu boladan har oy 800 dollar pul oladi, shuning uchun hech narsa demaydi degan gaplarni ham tarqatishibdi. Menga bu yigitdan hech narsa kerakmas. Nima uchun biz falon ming dollar pul sarflab yozgan qo`shiqlarimiz, kliplarimiz orqasidan to`yga kirib likkillab oson pul topishi kerak. Axir mehna
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 115
« 1 2 ... 4 5 6 7 8 9 10 » |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|