Главная » 2017»Iyul»4 » Rayhon hayotini muhokama qilayotgan g`iybatchilarga murojaat qildi (Audio)
23:38
Rayhon hayotini muhokama qilayotgan g`iybatchilarga murojaat qildi (Audio)
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva o`zi haqida turli gap-so`zlar, mish-mishlar tarqatayotgan insonlarga atab qo`shiq kuyladi.
“Duv-duv gap” deb nomlangan qo`shiq ilk marotaba xonandaning konsertida jarang sochgan edi. O`shanda muxlislar tomonidan iliq kutib olingan tarona endilikda radiokanallar va internet saytlari orqali taqdim etildi.
Xonanda qo`shiq orqali insonlarni bilib-bilmay turli mish-mishlar tarqatmaslikka chaqirib, “g`iybatchi”larga baxt tiladi hamda shaxsiy hayoti haqidagi gap-so`zlarni to`xtatishga chorladi.
“Odamlarga ne bo`ldi-bo`ldi?
Hayotimga ig`vo to`ldi-to`ldi.
To`xtasangizchi, bo`ldi-bo`ldi,
Hammayoqda yana duv-duv gap.
Unday qilibdi Rayhon-Rayhon,
Eshitib o`zim hayron-hayron,
Isbotlashga yo`q imkon-imkon.
Hammayoqda yana duv-duv gap”,—deb kuyladi xonanda.
Quyida Rayhonning yangi qo`shig`ini tinglashingiz mumkin.