Juma, 25.07.2025, 05:36
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyul » 23
Ижтимоий тармоқлардаги оммабоп гуруҳлардан бири актриса Зарина Низомиддиновани ўзбекча “Ким Кардашьян” деб атади. Мазкур сурат интернет фойдаланувчилари томонидан қизғин муҳокама қилинди. Айримлар актрисани пластик жарроҳлик ёрдамида қоматини ўзгартирганини, бошқалар эса Зарина бундай натижага спорт билан шуғулланиш орқали эришганини ёзди. Низомиддинова бу суратда фотошопдан фойдаланганини таъкидлаганлар ҳам бўлди.



Актрисанинг ўзи эса мазкур ҳолатга қуйидагича баҳо берди:

“Кун давомида менга қандайдир гуруҳларда эълон қилинган суратларимни жўнатишмоқда. Шунчалик кшп инсонлар ўз вақтини аямай уйимнинг деворларини муҳокама қилишгани албатта ёқимли ҳолат. Азиз мухлисларим ва шунчаки кузатувчилар, ўзингизни кўзгуда суратга олаётганингизда деворларнинг бошқачароқ кўриниши ҳар биримизга таниш. Баъзан суратларимда девордаги гулқоғозларнинг бузилиб кўринишидан ўзим ҳайратга тушаман. Мен фотошопга муҳтож эмасман. Яратганга шукурки, У менга(кўпчилик бошқа аёлларга берганидек) гўзаллик ва сабр-тоқатни ҳадя этган. Кўпчилик менинг пластик жарроҳлар хизматидан фойдаланганим ҳақида ёзмоқда. Севимли мухлисларим агар мен ўзимда ниманидир ўзгартирсам, бу ҳақда албатта, сизларга маълум қиламан”,—деб ёзади Зарина.
Коментариев: 0
Просмотров: 100
Актриса Юлдуз Ражабованинг эрта тонгдан кайфияти бузилди.



“Тонг хайрли бўлмайди, деб ёзади актриса.—Ростини айтсам, мени инсонларнинг мана шундай реакцияси ҳайратга солади. Қизиқ, уларнинг муаммоси нимада? Нафақат менда, балки кўпчиликда бунақа хунук изоҳларга дуч келяпмиз. Ёки ҳаммасини белгилаб, кўрсатиш керакмикан? Қизиқ, бу инсонлар ўзлари ёзган изоҳни қайтиб ўқирмикан? Ёки шунчалик терилари қотганмикан? Қиз болами у, ўғил боламианглаб бўлмайди. Наҳотки шу даражада “тарбияли”бўлишса, яна “ўзбексану русча ёзиб нима қиласан?” деган изоҳларнинг сийқаси чиқиб кетган. Ҳурматли дўстлар, Оллоҳимга шукур тилларни биламиз ва қайси тилда изоҳ қолдиришни, майлими ўзимиз ҳал қилсак.. Инсонни хурмат қилиб биринчи сизлашни ўрганиш керак.. Сизлашни хоҳламайсизми? Қайсидир инсонни хушламайсизми? А унда инстаграм тармоқларида уни ўқиманг. Битта (левий) профил очволиб , қўрқоққа ўхшаб изоҳлар қолдирманг. Жуда ҳам ачинарлиси, бу ишни кўпинча йигитлар қилишмоқда. Биз ақллимизми - ақлли эмасмизми бу муҳим эмас.! Муҳими сизлар ақлли бўлсангиз бўлгани..”
Коментариев: 0
Просмотров: 90
«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchining otasi parijliklar jamoasi sport direktori Antero Enrike hamda boshqaruv kengashi raisi Sofi Jordan bilan uchrashib, shartnomaning oxirgi bandlarini muhokama qilib olgan.

Ushbu transfer «PSJ»ga 400 mln yevroga tushadi. Klub Neymarning transferi uchun 222 mln yevro to'laydi, futbolchining o'zi esa 6 yillik shartnoma imzolab, jami 180 mln yevro ishlab oladi.

O'tgan haftada Neymar jamoasini o'zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlani haqida xabarlar tarqaldi.

«Barselona» o'z yetakchisini saqlab qolishni istamoqda, ammo oxirgi xabarlarga ko'ra, tomonlarning muzokaralari muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Neymar «Barselona» tarkibida 2013 yildan buyon o'ynamoqda. U jami 186 o'yinda maydonga tushib, 105ta gol urgan va 80ta golga hammualliflik qilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 78
Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Barselona» hujumchisi Neymarga «PSJ» o'tmaslikni maslahat qildi.

Football Espana nashri xabariga ko'ra, Ronaldu WhatsApp orqali Neymar bilan gaplashgan va unga «Kamp Nou»da qolishni, faoliyatida orqaga qadam tashlamaslikni maslahat bergan. Qo'shimcha qilinishicha, portugaliyalik futbolchi raqib jamoa yetakchisiga «Manchester Yunayted»dan taklif kelishini kutishni tavsiya etgan.

Ma`lumki, bu ikki ashaddiy raqib jamoaning ikki futbolchisi o'zaro do'stona munosabatlarga ega hisoblanadi.

O'tgan haftada Neymar jamoasini o'zgartirmoqchi ekani, bu uning kataloniyaliklar jamoasida «Messi soyasida qolib ketayotgani» bilan izohlani haqida xabarlar tarqaldi.

Parij klubi ushbu futbolchi uchun 222 mln sarflab, unga katta maosh tayinlashga (yiliga 30 mln yevro), shuningdek, transferga rozilik berishi uchun katta miqdorda bonus berishga tayyor.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Argentina chempionatining «San-Migel» va «Defensores Unidos» uchrashuvi bosh hakami futbolchilardan birining hayotini saqlab qoldi, deb yozmoqda Ole.

Futbolchi Isais Olariage raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketgan va yerga qulab hushidan ketgan. Buni sezgan hakam Yael Falkon zudlik bilan unga birinchi yordamni ko'rsatgan.

Arbitrning so'zlariga ko'ra, u futbolchining tilini ushlab qolishga uringan. Chunki aynan shu ish uning o'limiga sabab bo'lishi mumkinligini sezgan.

Birinchi yordamdan so'ng futbolchi kasalxonaga yetkazilgan. Shifokorlarning aytishicha, Olariagega hakam ko'rsatgan yordam tufayli uning hayoti saqlab qolingan.
Коментариев: 0
Просмотров: 67
«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Yuventus»ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.

«Biz bir maqsad yo'lida mushtarak bo'ldik. «Barselona» raqib kuchli bo'lishiga qaramasdan, o'yin davomida to'pni nazorat qildi. O'yin davomida o'z kuchimizga bo'lgan ishonch ortib bordi. Men «Yuventus» ustidan qozonilgan g'alabada ko'p ijobiy jihatlarni ko'rdim», — deya Valverdening so'zlarini keltirgan Goal.

U kataloniyaliklar jamoasida Neymarning o'rni juda muhim ekanini qayd etib o'tgan.

«Barselona»ni Neymarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. U biz bilan qolishini xohlaymiz, uning o'rni jamoamizda juda muhim. Bu ko'rinib turibdi», — deya qo'shimcha qilgan mutaxassis.

Neymarning dubli evaziga «Barselona» «Yuventus»dan ustun keldi va ma`lum ma`noda o'tgan mavsumda YeChLdagi mag'lubiyat uchun qasos oldi.

Bundan avvalroq Amerikadagi ESPN nashri Neymar «Pari Sen-Jyermen» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
«PSJ» Amerikaning Orlando shahrida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida «Tottenhem»ga 2:4 hisobida yutqazdi.

O'yinning birinchi bo'limida Edinson Kavanining tezkor goliga inglizlar Kristian Eriksen va Erik Dayyerning aniq zarbalari bilan javob qaytardi. Parijliklar havbeki Haver Pastore tanaffus arafasida hisobni tenglashtirdi, ammo o'yindagi hal qiluvchi epizod tanaffusdan keyin sodir bo'ldi.

Avvaliga, ikkinchi bo'lim boshida «PSJ» darvozaboni Kevin Trapp qizil kartochka oldi. Frantsuzlar bir kishi kam bo'lib o'ynashiga qaramasdan tenglikni saqlab qolayotgandi, ammo «shporlar» o'yin oxirida ikki gol o'tkazdi.

82-daqiqada Tobi Alderveyreld «Tottenhem»ni hisobda oldinga olib chiqdi, Harri Keyn esa penaltidan jamoasining to'rtinchi golini urdi.

International Champions Cup
Orlando, AQSh
PSJ – Tottenhem 2:4 (2:2, 0:2)
Gollar: 1:0 – 6 Kavani, 1:1 – 11 Eriksen, 1:2 – 18 Dayyer, 2:2 – 36 Pastore, 2:3 – 82 Alderveyreld, 2:4 – 88, penalti Keyn.
PSJ – Trapp, Markinos, Kurzava (Berchiche, 68), Dani Alves (Nkunku, 68), Kimpembe, Rabo (Matyuidi, 46), Lo Chelso (Berned, 46), Motta (Kallegari, 68), Pastore (Di Mariya, 68), Gonsalu Gedesh (Areolya, 48), Kavani (Xese, 46).
Tottenhem – Loris (Vorm, 46), Devis, Karter-Vikers (Alderveyreld, 46), Vertongen (Vimmer, 46), Uoker-Piters (Tripper, 46), Dayyer (Vanyama, 46), Dembele (Uinks, 60), Nkudu (Alli, 46), Eriksen, Onoma (Oukli-But, 46), Yanssen (Keyn, 46).
Og ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 50
Xalqaro chempionlar kubogi turniri doirasida «Barselona» «Yuventus» bilan o'ynadi. AQShning Ist-Ruterford shahrida kechgan uchrashuv kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. «New Meadowlands Stadium, East Rutherford» nomidagi stadionga 82 104 tomoshabin tashrif buyurdi.

O'yinning 15-daqiqasida Neymar ispanlar jamoasini oldinga boshladi, u bo'lim o'rtalarida dublni rasmiylashtirdi. «Yuventus» himoyachisi Jorjo Kellini 62-daqiqada bitta javob goli yo'lladi, ammo turinliklarning bundan ortig'iga kuchi yetmadi.

«Barselona» turne doirasida keyingi uchrashuvni «Manchester Yunayted»ga qarshi o'tkazadi, «Yuventus» — «PSJ» bilan o'ynaydi. Bu ikki o'yin ham 27 iyulga belgilangan.

International Champions Cup
Ist-Raterford, AQSh
Yuventus – Barselona 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 15 Neymar, 0:2 – 26 Neymar, 1:2 – 63 Kellini.
Yuventus – Buffon (Shchensni, 46), Benatiya (Mandragora, 69), Lixtshtayner (De Shilo, 46), Bardzali (Kellini, 46), Asamoa (Aleks Sandro, 60), Markizio (Pyanich, 46), Bentankur (Kuadrado, 60), Lemina (Dibala, 59), Sturaro (Duglas Kosta, 59), Xedira (Rinkon, 46), Mandjukich (Iguain, 60).
Barselona – Sillessen (Ortola, 46), Aleish Vidal (Nelson Semedu, 46), Pike (Marlon, 46), Din (Alba, 46), Maskerano (Umtiti, 46), Rakitich (Denis Suares, 46), Serdji Samper (Buskets, 46), Inesta (Alenya, 46), Neymar (Serdji Roberto, 46), Messi (Turan, 46), Pako Alkaser (Suares, 46).
... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 72
«Barselona» hujumchisi Neymar Fransiyaning «PSJ» klubiga o'tishga tayyor bo'lib turibdi va parijliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi, deya xabar beradi ESPN FC.

Manba bergan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi «PSJ» rahbariyatiga ham ularning jamoasiga o'tishni istayotgani haqida xabar bergan. U fransuz klubining «Barselona»ga Neymar transferi uchun 222 mln yevroni tovon puli sifatida to'lashi kerakligini anglatadi.

25 yoshli Neymar otasi bilan birga «PSJ» vakillari bilan bir necha kundan beri muzokaralar olib borgan. Tomonlar futbolchining yillik maoshi 30 mln yevrodan iborat bo'lgan to'rt yillik shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishishgan. Futbolchining o'zi ham agar jamoasini almashtiradigan bo'lsa, buning evaziga katta pul ishlab oladi.

Agar Neymarning transferi amalga oshsa, bu futbol tarixidagi rekord bo'ladi. Hozirda bu rekord «Manchester Yunayted» futbolchisi Pol Pogbaga tegishli bo'lib, jamoa uning uchun «Yuventus»ga 105 mln yevro (bonuslar bilan 110 mln yevro) to'lagandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 53
«Monako» klubi rahbariyati Kilian Mbappeni sotishga tayyor, ammo faqatgina 190 mln yevro evaziga, deya yozmoqda Tribuna.uz sayti.

Hozirda 18 yoshli Fransiya terma jamoasi hujumchisi «Real», «PSJ» va «Manchester Siti» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko'ra, bu uchchala klub ham yozgi transferlar vaqtida «Barselona» hujumchisi Neymarga qiziqish bildirgan va unga yangi shartnoma tuzishdan oldingi tovon puli 190 mln. yevro to'lashga tayyor bo'lishgan.

«Monako» vitse-prezidenti Dmitriy Vasilevning qayd etishicha, agar madridlik, parijlik va mankunianliklarda braziliyalik futbolchi uchun to'lashga shunga miqdorda ortiqcha pul bo'lsa, ular Mbappe uchun ham shundan kam bo'lamagan narx taklif qilishi kerak bo'ladi.

Kilianning «Monako» bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'tgan mavsumda hujumchi 44 uchrashuvda maydonga tushib, 26ta gol urgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 70
AQShning Atlanta shahridagi sud rossiyalik xaker Mark Vartanyanni besh yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U zararli dasturlarni yaratishda ayblangandi.

Mark Vartanyan Citadel dasturini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Jinoyatchilar bu dastur yordamida kompyuterlar hamda shaxsiy bank hisoblariga kirishgan. Mualliflar servisni rus tilidagi yopiq forumlarda sotishgan.

Vartanyan o'z aybini to'la tan oldi. Hukmni e`lon qilishda, u 2014 yildan beri qamoqda saqlanayotgani ham hisobga olindi. Mark avvaliga Ukrainada istiqomat qilgan, keyin esa Norvegiyaga ko'chib o'tgan.

Vartanyan hibsga olinganidan so'ng o'z aybini rad etdi, biroq 2017 yilning martida tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo'ldi hamda o'z harakatlari uchun kechirim so'radi.

Rossiyalik dasturchi joriy yilning bahorida Norvegiyadan AQShga ekstraditsiya qilingandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 73
AQSh Qurolli kuchlari shtablar rahbarlari birlashgan qo'mitasining raisi Jozef Danford ma`lum qildiki, Rossiya harbiy salohiyatidan kelib chiqqan holda Vashington uchun «ulkan xavf» hisoblanadi.

«Biz Rossiya bilan yadroviy superqudratli davlat sifatida qarama-qarshilikka borishimiz kerak emas, ammo unutmaslik kerakki, bu davlat biz uchun ulkan xavf sanaladi»,— degan u Aspeneda xavfsizlik masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan konferensiyada. Janob Danford Moskva yadroviy salohiyatga ega ekani hamda kiberkengliklarda harakat qila olishi mumkinligini ta`kidlagan.

U Moskva tomonidan kutiladigan xavf darajasi Eron, Xitoy yoki KXDRdan kutiladigan xavfdan kam emasligiga e`tibor qaratgan.

U bunday tahdidga qarshi turish uchun NATO bilan hamkorlikni kuchaytirish, Rossiya bilan harbiy va kiberxavfsizlik sohasida raqobat qilish zarurligini qo'shimcha qilib o'tgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 67
Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo'l tumanlari hamda Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi.

21 iyul kuni prezident tashrifidan keyin ishdan olingan Ohangaron tumani va Angren shahri hokimlari o'rniga yangilari tayinlangan.

Endilikda Ohangaron tumaniga Rustam Ubaydullayev o'rnida Odiljon Jo'rayev Alimovich rahbarlik qiladi. U shu kungacha Mudofaa vazirligida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.

Angren shahriga esa prezident tomonidan lavozimdan olingan Ibrohim Rahmonov o'rniga Hakimjon Mamasodiqovich Abdulazizov yangi hokim etib tayinlandi. Abdulazizov shu kungacha Respublika FVV tizimida ishlagan.

Abduqahhor Abdusattarovich To'xtaboyev esa Yangiyo'l tumaniga yangi hokim etib tayinlangan. Bu tumanga o'tgan yil avgustida Toshkent viloyati hokimligidan ketgan Sodiq Abdullayev rahbar etib tayinlangan, biroz avvalroq u bu lavozimdan ham ketgandi.

To'xtaboyev prokuratura sohasida faoliyat yuritgan, 2012-2015 yillarda Mirzo Ulug'bek tumani prokurori, 2015-2017 yillarda Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan.

Eslatib o'tamiz, Shavkat Mirziyoyevning «Toshkent viloyatining ma`muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga ko'ra, Yangiyo'l va Ohangaron yana viloyat bo'ysunuvidagi shaharlarga aylantiriladi. Yetti yil avval ular tuman bo'ysunuviga o'tkazilgan edi.
Коментариев: 0
Просмотров: 84
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo'jaligi tarmoqlari uchun muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3003 sonli qarori bilan muxandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimida o'zaro hamkorlik asosida ilmiy va ta`limiy loyihalarini amalga oshirish, o'quv-ilmiy jarayonga xorijiy davlatlarning o'qituvchi va mutaxassislarini jalb etish, ilmiy-pedagog kadrlarning xorijda malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish maqsadida soha bo'yicha yetakchi xorijiy ta`lim muassasalari va ilmiy markazlari, shu jumladan Rossiya Federatsiyasining turdosh oliy ta`lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish vazifalari qo'yilgan.

Natijada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Rossiya Federatsiyasining 11ta universitet va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan o'zaro xamkorlik shartnomalarini tuzdi.

2017 yilda institutning bakalavriatura ta`lim yo'nalishlarini a`lo baholarga tamomlagan 12 nafar bitiruvchi Rossiya oliygohlariga yo'llandi. Ulardan 5 nafari Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universitetida, 7 nafari Povolojsk davlat texnologiya universitetida magistraturada o'qishlarini davom ettirishadi.

Shu munosabat bilan 2017 yil 18 iyul kuni institut rektori O'.P.Umurzakov bilan Rossiya Federatsiyasiga OTMlariga magistraturada o'qish uchun yuborilayotgan bitiruvchi talab ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 97
O'zbekistonda ham xorij tajribasining joriy etilishi — avtotransport vositalarining davlat qayd etish raqamlarining maxsus, chiroyli sonlardan iborat to'plami alohida narxlarda sotilishi haqidagi gap-so'zlar internetda bir necha oydan beri urchigan edi.

Respublika IIV YHXBB boshlig'i, polkovnik Xolmatjon Saydaliyev ham jurnalistlar bilan brifingda tez orada ushbu masalaga oydinlik kirituvchi hujjatlar ishlab chiqilishi haqida gapirib o'tgandi.

So'ngra O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi «Yo'l harakati xavfsizligini ta`minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi №PQ-3127-sonli qarori e`lon qilindi va uning 12-bandiga ko'ra, 2017 yilning 1 sentabridan avtotransport vositalarining qayd etish davlat raqamlaridagi son va harflarini talab etilgan kombinatsiyaga ko'ra to'lovlarning yuqoriroq stavkasi bo'yicha tanlab olish, jumladan, ularni kimoshdi savdosi (auksion) orqali xarid qilish tartibi o'rnatiladi.

«Kun.uz»ning respublika IIV YHXBBdagi manbasi bergan ma`lumotga ko'ra, Prezident qaroridan so'ng Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qarori loyihasi ishlab chiqilgan, loyiha ayni damda moliya vazirligida turibdi, agar moliya vazirligi chiroyli raqamlar uchun ko'rsatib o'tilg ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 149
Toshkent viloyati tarkibida yana Toshkent tumani qayta tashkil etiladi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Manbaning xabariga ko'ra, Zangiota tumanida Zangiota va Toshkent tumanlari tashkil etiladi. Bunga Zangiota tumani hududining kengayib ketgani sabab sifatida keltirilgan.

2010 yilning avgustida Oliy Majlis Senati qarori bilan Toshkent viloyati tarkibidagi Zangiota va Toshkent tumanlari birlashtirilib, ularning asosida Zangiota tumani tashkil etildi, Keles shahri esa ushbu tumanning ma`muriy markazi etib belgilangandi.

Manbaning so'zlariga ko'ra, Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo'l shaharlari endilikda to'g'ridan-to'g'ri viloyatga bo'ysunadi.

Avvalroq To'ytepada yangi shahar qurilishi uchun 2 milliard dollar sarflanishi xabar berilgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 91
Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga safari vaqtida bir qator amaldorlarni ishdan bo'shatdi.

To'ytepa shahrida joylashgan Toshkent viloyati hokimligi binosida Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat faollari bilan o'tkazilgan yig'ilishda davlat rahbari tumanlarda kommunal sohalardagi muammolar to'planib qolganiga e`tibor qaratdi.

«Kun.uz» manbasi xabar qilishicha, Angren va Ohangaron hokimlari Ibrohim Rahmonov va Rustam Ubaydullayev lavozimini tark etdi.

Markaziy bankning Toshkent viloyati bosh boshqarmasi rahbari Baxtiyor Otamurodov va viloyat o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi boshqarmasi rahbari Botir Ahmedov ham ishdan ketgan.

Shuningdek, prezident davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi viloyat bo'limi rahbarini, O'rta Chirchiq va Pskent tumanlarida prokurorlar va IIB boshliqlarini lavozimdan ozod etgan.

Amaldorlar beparvoligi, mas`uliyatsizligi va ishga sovuqqonlik bilan qarashi sabab ishdan bo'shatildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |