Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Iyul » 03
Futbol hakami maydonda qoida buzgan o'yinchini ogohlantiraman deb cho'ntagidan sariq kartochka o'rniga adashib prezzirvativni ko'rsatib yubordi. Shundan so'ng o'yin oxirigacha qoida buzishga hech bir futbolchi jur'at qilolmadi...
Коментариев: 0
Просмотров: 192
1)Qizlarga ish buyur Orqasidan özing yugur! 2)Avval qizlarga boq, Keyin qoshingni qoq! 3)Pichoqni avval qizlarga ur, Og'rimasa navbatga tur! 4)Qizlar öyini öylaguncha, Yigitlar ishini bitiradi!!!
Коментариев: 0
Просмотров: 314
Эр ишдан келса хотини ёш у'г'илчасини уришаётган экан, у'г'илчаси хохламайман деб йиг'лаётганмиш. Эр хотинига - Яна нима бу'лди- деса - Ку'рмайсизми буни, кашасини ейишни хохламаяпти- дебди. Эри у'г'лини к,улог'ига бир нималар деган экан, у'г'ли тезда кашани еб у'йнаш учун чик,иб кетибди, хотини - Унга нима дедингиз- деса - Агар кашани емасанг булбулчанг у'смай к,олади дедим- дебди. Хотини к,у'лидаги к,ошик билан эрини бошига бир урган экан, эри - Нима к,илдим, нега урасан- деса - Нега ёшлигизда каша емагансиз- дермиш.
Коментариев: 0
Просмотров: 264
Psixologiya darsi. O'qituvchi ayol bolalarga gapirmoqda: "Bolalar xozir sizlar menga tanamdagi o'zingizga yoqqan a'zoni aytasizlar,men esa sizlar kelajakda kim bo'lishlaringni aytaman.Xo'sh, Nodir sen aytchi?" "Ustoz menga qomatiz yoqdi."о'qituvch: "Yaxshi, sen kelajakda jismoniy tarbiya o'qituvchisi bo'lasan.Sengachi Jamila?" "Menga sochiz yoqdi." "Sen kelajakda sartarosh bo'lasan. Xo'sh Sardor sengachi?" Sardor: "Ustoz menimcha men katta bo'lsam sigir sog'uvchi bo'lsam kerak" dermish
Коментариев: 0
Просмотров: 203
Bir daraxtni ustida ikki shayton dam olib utirsa tagiga ikki sevishgan kelib utiribdi... shunda birinchi shayton ikkinchisiga qarab ''''yur kettik boshqa taraxt qidiramiz.... ikkinchisi '''nega''' desa xozir bular bir baloni boshlashadide keyin """BIZNI SHAYTON YO'LDAN URDIDE''''''' deyishadi
Коментариев: 0
Просмотров: 205
Hayotimda bo`lib o`tgan voqea tufayli bu olam sir-sinoatlarga to`laligiga yana bir bor ishondim... O`shanda ham ayni bahor kunlari edi. Atrof ko`m-ko`k maysalarga, daraxtlar ham yashil libosga burkangan. Qishi bilan dam olgan dehqonlar endi dala boshidan beri kelmay qo`yishgandi. Dehqonchilik ishlari boshlanib, hamma ochiq maydonlarga ekin ekishga kirishib ketgandi. Havo isib ketganidan uyimiz yonidan oqib o`tadigan kanal ham ancha to`lib oqadigan bo`ldi. — Suv juda ko`payibdi. Kuzda ekilgan bug`doylarni yaxshilab sug`orishimiz kerak. Kechasi navbatlashib qarab, tezroq suvlashni tugatib olinglar, - deb topshiriq berdi otam. — Ehtiyot bo`linglar, yosh bolalar ko`zimizni chalg`itib, ko`chaga chiqib ketmasin, katta suv yaqin... — deb onam ham kelinlarga tinmay eslatib turardi o`sha kunlari. — Ikki kundan beri daladasizlar. Nimagadir ko`nglim notinch, kechasi suv bo`yiga borganda kalima qaytarib, duo o`qinglar, suvning parilari bo`ladi... Quloqlarni to`g`rilab qo`yib, uyga qaytaver, sahar turib xabar olarsan, — dedi onam kechki payt ketayotganimda. — Oyi, tuni bilan siz aytgan parini kutdim, kelmadi. Kun yorishgach, uyga qaytaverdim, — dedim ertasiga hazillashib onamga. — Ha, senga hazil bo`lsa... — ranjigan bo`ldi onam. Ikki-uch kun o`tib, kechasi kuchli momaqaldiroq bo`lib, chelaklab yomg`ir quya boshladi. Bunday paytda kanaldagi suv ham ko`payib, yopilgan quloqlarni yuvib, ekinlarni suv bosishi hech
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 147
Nukus shahrida shunday "taksist" onaxon bor uni ko`pchilik taniydi. "Facebook" ijtimoiy tarmog`ida ana shu taksi haydovchi onaxonning rasmi ancha ommalashib ketdi, deb yozadi “KRuz.uz”.
Ijtimoiy tarmoqlarda Adil Xudaybergenov ismli foydalanuvchi shunday izoh qoldirgan: "Meni gone qalada bekatning yonidagi taksi bekatidan shu onaxon Taxiatoshga olib bordi. Qoyil qoldim. Ikki hissa pul to`ladim. Bundan 5-6 yil ilgari. Biroq unchalik ko`p gapirmas ekan".
Klara Allaniyazova ismli foydalanuvchi esa: "Bazar apa. Shu gone qala markazidagi bolalar bog`chasining eski rahbari", deya taksi haydovchi onaxonning shaxsiga aniqlik kiritib o`tgan.
Ziuaddin Allanazarov esa sal boshqacharoq fikr qoldirdi: "Genje opa Qadirova (agar adashmasam)".
"Bu opa juda sahiy! Puling kam bo`lsa ham, "Yaxshi, beraver, men bir boyib ketay deb yurganim yo`q, qarab o`tirgancha odamlarga foydam tegsin deb yuribman", deb keng feyillik ko`rsatdi", deya yozgan Raya Ernasheva.
Allayar Yusupoff ham uni maqtab o`tgan: "Shu ayolning taksisiga 2 marta o`tirdim. Haqiqiy Adrenalin!!!"
Gulaim Nurumbetova esa bu onaxonni tanqid qilib o`tgan. "O`z yoshiga yarasha uyida nabiralarini boqib o`tirsa bo`lmasmikan bu kampir. Oilasini boqib yurgan taksichilarning noniga sherik bo`lib yurgancha".
Коментариев: 0
Просмотров: 130
Rossiyaning Moskva shahrida o`zbekistonlik mehnat muhojirlari uchun o`zbek va rus tillarida gazeta chop etila boshlandi. “MIGRANT” gazetasi sahifalaridan mehnat muhojirlari uchun foydali va qiziqarli ma`lumotlar o`rin olgan.
Gazetaning nishona sonida milliy haydovchilik guvohnomasini Rossiyanikiga almashtirish yo`l-yo`riqlari, patent olish tartibi va to`lovi haqidagi ma`lumotlarni o`qish mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 101
2017 yilgi Konfederasiyalar Kubogi ham o`z nihoyasiga etdi. Amaldagi jahon chempioni bo`lgan Germaniya termasi finalida Chilini minimal hisobda mag`lub etdi va o`z tarixida ilk bor Konfederasiyalar Kubogida g`olib chiqdi.
E`tiborlisi, “nemis mashinasi” bosh murabbiyi Yoaxim Lyov ham JCh, ham Konfederasiyalar Kubogini qo`lga kiritgan to`rtinchi murabbiy bo`ldi, deb yozadi Sports.uz nashri.
Bunga qadar “Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari, Mario Zagallo va Alberto Pareyralar shunday sharafga ega bo`lishgan edi. Qizig`i ularning barchasi bu ishni Braziliya termasi bilan amalga oshirishgan edi.
Коментариев: 0
Просмотров: 81
Bugun, 3 iyul kuni Xalqaro Press-klubning “O`zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv” deb nomlangan navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tmoqda.
Sessiyaning birinchi qismida Yoshlar Ittifoqi tashkiloti raisi Qahramon Quronboev, Oliy va O`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Majidov, Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Sobitxon Turg`unov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekovlar ishtirok etdi.
Ozodbek Nazarbekov o`z nutqida bugungi yoshlar haqida gapirar ekan, quyidagilarni aytib o`tdi:
“Bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar behisob. Avvallari biz ustozlarning xizmatini qilib, ko`rsatma, yo`l-yo`riq olardik. Hozirgi yoshlarlarning esa orqasidan yugurib ham aytganimizni qildirolmaymiz. Masalan, men oldimga shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan birinchi talabim 2 oy ichida 4 ta adabiyot o`qib chiqish. Lekin, ko`pchilik yoshlar bu talabimni bajara olmaydi. Kim adabiyot o`qimasa, u san`atni ham tushuna olmaydi”.
Коментариев: 0
Просмотров: 114
To`y-inson hayotidagi eng hayajonli va unutilmas kun. Ayniqsa, taniqli insonlarning to`ylari hamma vaqt diqqat-e`tibor markazida bo`ladi. O`zbek shou-biznesida o`ziga xos ijro yo`nalishiga ega yosh xonandalardan biri Tohir Usmonov bo`ydoqlik bilan xayrlashmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, yaqinda xonanda sevgan qizi bilan unashtirilgan. To`y kuni ham aniq. 7 sentyabr kuni Tohir Usmonov oilali xonandalar safidan o`rin egallaydi. Shuni ham aytib o`tish kerakki, Tohir Usmonov ko`ngil qo`ygan qiz san`at sohasiga begona emas. U dizaynerlik bilan shug`ullanadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 142
Aktrisa Sitora Alimjonova shaxsiy hayotiga oid muhim sirni oshkor qildi. Sitora “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoni borligini va unga turmushga chiqayotganini ma`lum qildi: “Yigitim bilan 2012 yilda tanishganmiz. Yaqinda to`y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to`y qilayotganimizga to`xtaladigan bo`lsam, o`sha paytda men yosh edim, kar`era qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana endi mening orzuimdagi to`y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik. Bo`lajak turmush o`rtog`im 27 yoshda, u tadbirkor” “Yigitim bilan arazlashib qolgan paytimda “Shok.uz” saytining “To`y” loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa so`zlarini davom ettirib. Sitora Alimj
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 337
Elimizning sevimli aktyori Ubaydulla Omon bilan suhbat qilishni dilimizga tugib, to`g`ri Buxoro teatriga yo`l oldik. Ekrandagi obrazlari kabi salobatli va viqorli aktyor hayotda juda samimiy inson ekanligiga suhbat davomida yana bir marotaba amin bo`ldik...
Birinchi kitob va ilk rol... Buxoro shahrining Minorai Kaloni qarshisida joylashgan 17-maktabda tahsil olganman. Maktab binosi aslida bir boyning eski hovlisi bo`lib, unda ikki smenada darslar olib borilardi. Uyimizga yaqin bo`lgani uchun ota-onam bizlarni aynan shu maktabga berishgan. Aslida, bu maktabda mehribonlik uyi bolalari o`qishardi. Ular go`yo alohida bir diaspora bo`lib, birga borishar, birga kelishardi. Biz ham ularning ta`sirida o`sib, ulg`ayganmiz. Bizga haqiqiy fidoyi ustozlar dars berishgan. Ularni hali-hamon yaxshi eslayman. Aganova Nadejda Mixaylovna sinf rahbarimiz edi. Buni qarangki, sevimli sinf rahbarim bilan qo`shni turardik. Ustozim turmush o`rtog`i bilan biror joyga ketadigan bo`lsa, ikki nafar o`g`lini (ular bilan deyarli tengdosh bo`lsam ham) menga qoldirib ketishardi. Ular bolalar urishmasin, bekor o`tirmasin, deb bizga bir-biridan qiziq va yoshimizga mos bo`lgan kitoblarni tashlab ketardi. Kitobga shu ustozim sabab kuchli mehr qo`ydim. Ilk o`qigan kitobim Nikolay Nosovning “Bilmasvoy” (“Neznayka”) kitobi bo`ldi. Ustozning uyida “Chippolino”ni o`qishni boshlaganman. Ishonmaysiz, Nadejda Mixaylovna aslida kimyo fani o`qituvchisi edi. Ammo san`atga mehri bo`lakcha e
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 111
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mavluda Asalxo`jaeva to`ylarga uning shogirdi sifatida borib, fonogrammaga og`iz qimirlatib pul ishlayotgan “qiyofadoshi”dan nolidi. “Bu kim? Buni qaeri menga o`xshaydi. Erkak kishiga ayollarning libosini kiyib, pardoz qilib yurish to`g`ri keladimi. Bu yigit to`ylarda mening qo`shiqlarimga og`iz qimirlatib, o`zicha Mavluda Asalxo`jaevaning shogirdiman deb yurganidan keyin ustidan arz qildim, men bunga ruxsat bermaganimni aytdim. O`sha kuniyoq uyimga kelib kechirim so`radi. Bolam bor, olib qo`ygan to`ylarim bor, ustimdan shikoyat qilmang deb yalindi. O`shanda meni parodiya qilishiga ruxsat bermadim. Ammo bu yigit gaplarimdan to`g`ri xulosa qilgani yo`q. Haligacha biz qilgan mehnatning ortidan pul topib yuribdi. Gap pulda emas, gap meni parodiya qilayotganida ketyapti. Qancha muxlislarimiz undan norozi. O`zingiz ayting men unga o`xshab o`ynaymanmi, unga o`xshab bejalib pardoz qilamanmi. Uning qilayotgan ishi musulmonchilikka ham to`g`ri kelmaydi. Har kuni odamlar nega shunga ruxsat berib qo`ygansiz degan gaplarni aytishadi. Takror aytaman men bu yigitning meni parodiya qilishiga umuman ruxsat bermaganman. Yana Mavluda Asalxo`jaeva bu boladan har oy 800 dollar pul oladi, shuning uchun hech narsa demaydi degan gaplarni ham tarqatishibdi. Menga bu yigitdan hech narsa kerakmas. Nima uchun biz falon ming dollar pul sarflab yozgan qo`shiqlarimiz, kliplarimiz orqasidan to`yga kirib likkillab oson pul topishi kerak. Axir mehna
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 115
Россия премьер-лигаси жамоаси ўзбекистонлик футболчилардан бирини ўз сафига қўшиб олиши кутилмоқда. Бу ҳақда ўзбек футболидаги таниқли шахслардан бири, ОФК собиқ комиссари Алишер Никимбаевга асосланиб, «Трибуна» хабар ёзган.
«Тез орада РФПЛда тўп сурадиган ўзбекистонлик футболчилар сони яна битта кўпаяди. Камтаргина клуб. Лекин шу ҳам футболчимизга трамплин вазифаси ўташи керак. Янгиликни кутинг», деб ёзади Никимбаев.
Никимбаев айнан қайси футболчи қайси жамоага ўтиши ҳақидаги саволни очиқ қолдирган.
Маълумотларга кўра, гап «Бунёдкор» футболчиси ҳақида кетмоқда. Олдинроқ «қалдирғочлар» вакили Достон Ҳамдамов ва Элдор Шомуродов Россияда кўрикдан ўтгани ҳақида хабарлар тарқалганди. Ҳамдамов «Ахмат» (собиқ «Терек»), Шомуродов эса ЦСКА кўригида бўлиб қайтганди.
Маълумот учун, айни вақтда Ўзбекистон терма жамоасига номзод бўлган икки нафар футболчи Виталий Денисов («Локомотив») ва Вадим Афонин («Анжи») Россия премьер-лигасида тўп суриб келмоқда.
Коментариев: 0
Просмотров: 101
Коментариев: 0
Просмотров: 114
Конфедерациялар кубогида учинчи ўрин учун баҳс Москвадаги «Открытие Арена»стадионида Португалия ва Мексика терма жамоалари ўртасида бўлиб ўтди. Учрашувнинг 16-дақиқасида Криштиану Роналдусиз майдонга чиққан португаллар пенальти тепиш имкониятига эга бўлишди. Аммо нуқтага яқинлашган Андре Силва хато қилди - Гильермо Очоа сэйв қилди. Иккинчи бўлим бошида эса мексикаликлар Нетунинг автоголи туфайли ҳисобни очишди - 1:0. Бу вазиятда Чичаритонинг майдон чизиғида туриб жарима майдончасига йўллаган тўпи ҳимоячига тегиб, дарвозадан жой олди. Ўйиннинг асосий вақти якуни драматик кўриниш олди - португаллар ҳимоячиси Пепе ҳисобни тенглаштириб, жамоаларни қўшимча бўлимларга олиб ўтди. Қўшимча бўлимлар вақтида эса Адриен Силва пенальтини аниқ амалга
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 104
Beyldan Ronalduning kelajagi haqida so'rashdi «Real» hujumchisi Garet Beylni Kardiffda golf bo'yicha xayriya turniri vaqtida jurnalistlar savolga tutishdi. Futbolchi ayni damda faqat ta`til bilan bandligi, yangi mavsum haqida o'ylamayotgani haqida aytib o'tgan.
Uelslik futbolchidan Madrid klubidagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq vaziyat haqida so'rashgan.
«Albatta, yakunlangan mavsum a`lo darajada o'tdi. Yangi mavsumda ham bu muvaffaqiyatlarni takrorlashni istaymiz. Ammo biz hozir Kardiffda turibmiz, ta`til, dam olish. Xayriya ishlari bilan shug'ullanayapmiz.
Krishtianu Ronaldumi? Meni kechiring, ketishim kerak», degan AS muxbiriga.
O'tgan oy davomida portugaliyalik futbolchi Madrid klubini tark etishga qaror qilgani muhokamalar markazida bo'ldi. Keyinroq jamoa prezidenti Florentino Peres u qolishiga ishonch bildirdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 94
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|