Juma, 25.07.2025, 05:35
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyul » 06
Ҳар биримиз неча ёшга тўлишимиздан қатъи назар, нимадандир қўрқамиз. Ахир, қўрқув ҳисси фақат ёш болалар учун берилмаган, тўғрими? Биз эътиборингизга машҳур юлдузларнинг ғалати қўрқувлари, яъни фобиялари ҳақида қизиқарли маълумотларни тақдим этамиз.

Памела Андерсон – эйсоптрофобия, яъни кўзгудаги аксидан қўрқиш. Ҳа, буни қарангки, фотомодель ва актриса Памела Андерсон тўсатдан ёки атайлаб ҳам кўзгуга тинчгина, ваҳима солмасдан қарай олмайди.

Дэвид Бекхэм – атаксиофобия, яъни тартибсизликдан қўрқади. Дэвид Бекхэм ҳақиқий перфекционист. Маълумотларга кўра, футболчи шахсан ўзи уйда сабзавот ва меваларни музлатгичга тартиб билан жойлаштиради.

Орландо Блум – поркуфобия, чўчқаларга бўлган қўрқув. Актёрнинг айтишича, у чўчқалардан қўрқади ва чўчқалар боқиладиган шаҳарга имкон қадар бормайди.

Леди Гага – кичкина болалар ва телефон қўнғироқларидан қўрқади. Унинг айтишича, агарда хонанданинг фарзанди бўлса, оналик уни бутунлай ўзгартириб, бутун ижодига нуқта қўяди.

Жонни Депп – коулрофобия, яъни масхарабозлардан қўрқади. Улардан актёр болалик давриданоқ қўрққан. Сабаби, масхарабозлар жуда ёрқин бўянган бўлади.

Скарлетт Йоханссон – блаттофобия, яъни сувараклардан қўрқади.

Николь Кидман – лепидоптерофобия, капалаклардан қўрқади.

Жим Керри – паранойя. Америкалик комик актёр доим саҳнага чиқишдан ва камера қаршисида туришдан қўрққан. Яхшиямки, бу одатни у тарк этган эди, йўқса, б ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Google томонидан жойлаштирилган AdSense реклама хизматининг хатоликлари туфайли ижтимоий тармоқларда Дима Биланнинг ўлими ҳақида хабарлар тарқалди.

Ўзининг Instagram саҳифасида хонанда Африкада даволангани ва вафот этгани ҳақидаги хабарлар жонига теккани ҳақида айтди.

“Инсонларнинг аҳмоқлиги мени ғазаблантиряпти. Африкага бориб даволаниш?! Шундай нарсани ўйлаб ҳам бўладими? Менимча, мен доктор “Вой жоним”га “Мадагаскар”даги зебра ва жирафани даволатишга борган бўлсам керак. Олдинда шунча режалар, концертлар, муҳим ишлар бор, одамлар эса мени ҳайратга солишмоқда”, дейди хонанда.
Нигина Ҳакимова
Коментариев: 0
Просмотров: 101
«Гуанчжоу Эвергранд» ярим ҳимоячиси Паулиньо «Барселона»га ўтмайди. Каталонлар жамоаси ушбу бразилиялик футболчи 20 млн евро тўлашга тайёр эди, аммо «Гуанчжоу Эвергранд» раҳбарияти махсус баёнот бериб, ушбу футболчиси сотилмаслигини маълум қилган.

«Паулиньо 2017 йил январида шартномани узайтирган. У бизнинг узоқ муддатга мўлжалланган лойиҳамиз учун муҳим футболчи. Шунинг учун махсус баёнот бериб, «Барселона»га Паулиньо бўйича жавобимизни бермоқчи бўлдик. «Барселона»га қизиқиш учун миннатдорчилик билдирамиз», — дейилган Goal томонидан келтирилган баёнотда.

28 ёшли хавбек билан хитойликлар шартномаси 2020 йилга қадар тузилган.
Коментариев: 0
Просмотров: 100
«Эвертон» ҳужумчиси Ромелу Лукакунинг «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин. Бу ҳақда ВВС манбалари хабар бермоқда.

Хабарга кўра, «МЮ» якунланган мавсум тўпурарларидан бирини 86 миллион евро эвазига трансфер қилади.

Лукаку келаётгани туфайли «Реал»дан Альваро Моратани олиб келишга ҳожат қолмайди, инглизлар клуби испан гранди билан ушбу трансфер бўйича келиша олмаяпти.

Манчестерликлар мураббийи 15 июлда бошланадиган мавсумолди йиғинларга қадар жамоага ҳужумчи қўшиб олишни истамоқда.

Лукакунинг агенти Мино Райола ҳисобланади. Райола ўтган ёзда ушбу агентнинг уч нафар мижози – Поль Погба, Златан Ибраҳимович ва Генрих Мхитарянни трансфер қилганди.

Эслатиб ўтамиз, олдинроқ тарқалган хабарга кўра, «Манчестер Юнайтед» бош мураббийи Жозе Моуриньо Альваро Мората ўрнига айнан Лукакуни сотиб олишга ҳаракат қилаётгани айтилганди.

Баъзи манбаларга кўра, Лукаку учун «Манчестер Юнайтед» ва «Челси» 115 миллион евро (100 миллион фунт) беришга тайёр бўлиб туришибди.
Коментариев: 0
Просмотров: 81
Мадриднинг «Реал» клуби «Атлетико» чап қанот ҳимоячиси Тео Эрнандес трансферини расман эълон қилди.

Tribuna.uz сайти берган ёзишича, 19 ёшли француз футболчиси «Реал» билан 6 йилга мўлжалланган шартнома имзолади.

Эрнандес 10 июль куни матбуот ва омма олдида таништирилади.

Эслатиб ўтамиз, футболчига шунингдек, «Барселона» ҳам жиддий қизиқиш билдирганди. бироқ Эрнандес 26 миллион евро эвазига «қаймоқранглилар» сафига ўтадиган бўлди.

Ўтган мавсумни Тео «Алавес» сафида ижарада ўтказганди.
Коментариев: 0
Просмотров: 95
«Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan klub rahbariyatidan yarim himoyachi Xames Rodriges bo'yicha takliflarni o'rganishni so'radi. AS nashri xabar berishicha, fransiyalik ushbu mutaxassis kolumbiyalik futbolchini tarkibda ko'rishni istamayapti.

Bundan avvalgi xabarlarda «Manchester Yunayted» ushbu 25 yoshli xavbekka 80 million yevro to'lashga tayyorligi aytilgandi. Rodrigesning o'zi ham «Real»da yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan noroo'i.

Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida u atigi 13 marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi (jami 22 o'yin). U bu o'yinlarda 8 gol urgan va 6 golga uzatma bergan.

Rodriges «Real»ga 2014 yili «Monako»dan 80 million yevroga olib kelingandi. O'tgan vaqt ichida u madridliklar jamoasi uchun 110 o'yin o'tkazib, jami 36 gol urgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
Londonning «Arsenal» klubi «Lion» hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan shartnoma imzolanganini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida bayonot berilgan.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli fransuz hujumchisi londonliklar bilan uzoq muddatlik shartnoma imzolagan. Shartnomaning aniq muddati oshkor qilinmagan.

Ammo, VVS ma`lumotiga ko'ra, «Arsenal» Lyakazett uchun 53 million yevro to'lagan va qo'shimcha 7 million bonus evaziga bu summa 60 million yevroga yetishi mumkin. Futbolchi jamoa bilan 5 yillik bitimga imzo chekkan. Bu «Arsenal» va «Lion» tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylangan

Eslatib o'tamiz, hujumchi Madridning «Atletiko» klubiga o'tishga yaqin turgandi, biroq madridliklarga nisbatan transfer taqiqining joriy etilishi sabab, bu savdo amalga oshmay qolgandi.

Lyakazett «Lion» safida 2009 yilda debyut qilgandi. Aynan shu davrdan boshlab u lionliklar safida to'p surib kelayotgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted» tomonidan hujumchi Alvaro Morataga bildirilgan 80 million yevrolik taklifini rad etdi. Bu haqda Goal.com internet-nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma`lumotlarga ko'ra, madridliklar futbolchi uchun bundan ancha katta bo'lgan miqdordagi mablag'ni ishlab olishni ko'zlagan.

«Manchester Yunayted» oldingi taklifini sezilarli ravishda yaxshilab, taklif miqdorini 70 dan 80 million yevroga oshirgan, biroq ular yana bir marotaba rad javobi olishgan.

Futbolchining o'zi klub mutasaddilariga jamoani tark etish istagida ekanini ma`lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq «Real» futbolchi uchun 80 million yevro so'rayotgani va bu summani kamaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi tez orada «Everton» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.

31 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» bilan Amerika turnesiga yo'l olmagan. U hafta oxiriga qadar sobiq jamoasi «Everton» safiga borib qo'shiladi.

Xabar qilinishicha, «Everton» uni erkin agent maqomida qabul qiladi, lekin uning haftalik maoshi miqdori 250 ming funt sterlingni tashkil etadi.

Runi «Everton»ning yoshlar jamoasida 1995 yildan boshlab to'p surgan, 2002-2004 yillarda asosiy jamoada o'ynagan. Shundan so'ng «Manchester Yunayted»ga o'tgan futbolchi 12 mavsumda 253 gol urgan. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2018 yil oxirigacha tuzilgandi
Коментариев: 0
Просмотров: 91
O'zbekistondagi diplomatik idora vakillari yo'l harakati qoidalariga rioya qilishi lozim. Bu haqda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro Press-klubda o'tgan jonli muloqotda aytib o'tdi.

Ba`zan, O'zbekistonda faoliyat olib boruvchi ayrim diplomatik idora vakillarining avtomobillari YHQ buzganligi holatiga guvoh bo'lamiz. Bu esa nafaqat qoidaning buzilishi, balki insonlar salomatligini ham xavf ostiga qo'yadi. Ularning qoida buzishga qanchalik huquqi bor? Aynan shu masalada ham Tashqi ishlar vaziriga to'g'ridan-to'g'ri savol yo'llandi.

“Har qanday diplomatik idora, elchixona mashinalari yo'l harakati qoidalariga amal qilishi zarur. Bunday holatlar yuzaga kelishiga TIV ham, IIV ham doim qarshi bo'lgan. Agarda belgilangan qoidaga amal qilinmasa, haydovchi javobgarlikka tortiladi. Sababi, bu nafaqat diplomatik tomonlama qoidani buzish, balki yo'llarda harakatlanayotgan aholining ham hayotini xavf ostiga qo'yishdir. Shuningdek, biz kezi kelganda yo'l qoidasiga rioya qilmagan ayrim diplomatlarning O'zbekistondan chiqib ketishini ham so'raganmiz”, dedi Abdulaziz Komilov.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 iyuldagi farmonlari bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbari Qahramon Quranboyev Prezidentning yoshlar siyosati masalalari bo'yicha davlat malahatchisi va Oliy majlis Senati a`zosi etib tayinlandi. Ushbu hujjatlar O'zbekiston Prezidenti saytida chop etildi.

Avval Prezidentning jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik bo'yicha davlat maslahatchisi o'rinbosari bo'lgan Qahramon Quranboyev 30 iyunda O'zbekiston Yoshlar ittifoqi (sobiq "Kamolat" yoshlar harakati) rahbari etib tayinlangandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 85
Lola Yo`ldosheva bilan har gal intervyuga otlanar ekanman, tayyorgarlikni puxta qilishga harakat qilaman. Sababi u nafaqat o`z ishiga, balki u bilan bog`liq har bir narsaga talabchanlik bilan yondashadi. Aynan mana shu jihati bilan ham boshqalardan ajralib turuvchi ijodkorlardan biri, deb o`ylayman. Lolaning har bir narsada o`z didi, dunyo qarashi va munosabati bor. Bugungi uchrashuvda esa xonandaning fe`l-atvoridagi 8 ta o`ziga hos jihatlarini ochishni maqsad qilganman.

«Mehribonman...»


Tashqi ko`rinishimga qarab ko`pchilik meni xarakteri og`ir, hech kim bilan kelisholmaydigan inson deb o`ylashi mumkin. Aslida, esa men juda nozik, mehribon va ko`ngli bo`sh ayolman. Har doim insonlarni tushunishda mehrni birinchi o`ringa qo`yaman.

«Qattiqqo`lman...»

Mehrni ustun qo`ysam ham ba`zida qattiqqo`l bo`lishimga ham to`g`ri keladi. Misol uchun farzandlarim tarbiyasida qattiqqo`llikni endi o`rgandim. Avvallari agar ular biror noto`g`ri ish qilishsa, urishardim-u, ammo biroz vaqt o`tgandan so`ng ko`nglim bo`shab kechirib yuborardim. Hozir esa biror ayblari uchun yaxshi ko`rgan o`yinchoqlari yoki mashg`ulotlaridan mahrum qilsa, gapimda turishga harakat qilayapman. Chunki bolalar tarbiyasida qattiqqo`llik eng zarur jihatlardan biri ekan.

... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 135
O`g`il bolalar bilan teppa-teng olishadigan, biror kim singlisini xafa qilgudek bo`lsa, boplab ta`zirini berib qo`yishni eplagan qizaloq 13 yoshida bolalar o`rtasida o`tkazilgan musiqa ko`rik tanlovida ishtirok etdi-yu, o`zgardi. Vazminlik paydo bo`ldi unda. 7 yoshida «Muhabbat sinovlari» filmida epizod rol ijro qilgan suhbatdoshimiz o`n to`rtga to`lgach, «Jannat qaydadir?» kartinasida suratga tushdi va kino olamining asirasiga aylandi. Shu-shu Asal ShODIEVA aktrisa! Salqin yoz oqshomida suhbatdoshim bilan dildan gurunglashdik.

– Bilishimcha, s`yomkadan qaytayapsiz?


– Ha, bugun kichik bir ko`rsatuvning tasvirga olish ishlari bilan band bo`ldim.

– Shohruxxon bilan birgalikda klipda suratga tushayapsiz, deb eshitdik? Narimon Sultonxo`jaev rejissyorlik qilayotgan ekan...

– Yo`q, bu klip emas. Yangi loyiha ham deb bo`lmaydi. Hozircha sir bo`la qolsin.

– Sizni “kamgap aktrisa” deyishadi. Nahot shu rost bo`lsa?

– (kulib) Chindanam kamgapman. Intervyularda biroz qiynalaman. Qarshimda kamera turganini ko`rsam, hayajonim yanada ortadi.

– Haligacha hammi?

– Ha…



– Qiziq, u holda ekrandagi shaddod Asal kim bo`ldi ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 164
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |