Главная » 2017»Iyul»6 » Runi hafta oxirigacha yangi jamoaga o'tadi
10:03
Runi hafta oxirigacha yangi jamoaga o'tadi
«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi tez orada «Everton» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.
31 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» bilan Amerika turnesiga yo'l olmagan. U hafta oxiriga qadar sobiq jamoasi «Everton» safiga borib qo'shiladi.
Xabar qilinishicha, «Everton» uni erkin agent maqomida qabul qiladi, lekin uning haftalik maoshi miqdori 250 ming funt sterlingni tashkil etadi.
Runi «Everton»ning yoshlar jamoasida 1995 yildan boshlab to'p surgan, 2002-2004 yillarda asosiy jamoada o'ynagan. Shundan so'ng «Manchester Yunayted»ga o'tgan futbolchi 12 mavsumda 253 gol urgan. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2018 yil oxirigacha tuzilgandi