Juma, 25.07.2025, 05:35
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyul » 07
Bundan bir necha kun avval xonanda Bahrom Nazarovning muxlislarga manzur bo`lgan taronalaridan biri “Nahotki”ga ishlangan klipi aslida o`g`irlangan bo`lib chiqqani haqida saytimizda xabar bergandik.

Ma`lum bo`lishicha, “Nahotki” klipining g`oyasi turk xonandasi Mustafa Ceceli`ning Illede ask klipidan o`g`irlangan.

Mazkuz vaziyat yuzasidan xonanda Bahrom Nazarov, klipning g`oya muallifi Anvar Haydarov hamda rejissyori Sunnat Namozovlar o`zi fikrlarini bildirishdi:

Anvar Haydarov (g`oya muallifi):

— Kimningdir aybini aytish, uni ko`rsatish oson ish, kimgadir shu klip g`oyasidan foydalanganimiz ma`lum bo`libdi-yu, ammo klipni birga bir ko`chirmaganimiz, o`zimizdan ham fikr qo`shganimiz ma`lum bo`lmapti. G`oya mendan chiqqan edi, ammo bugungi kunda ikkala klipni taqqoslayotganlar faqatgina aynan ko`chirilgan kadrlar bilan maqtanishmoqda. Aslida “Istiqlol” saroyidagi kadrning o`ziga bir kundan ortiq vaqtimiz ketgan, uni hech kim hisobga olmayapti. Klip rejissyori Sunnat Nomozovda “Nahotki” qo`shig`ining klipi uchun g`oyalar ko`p edi, biroq shu g`oya yaxshi ekanligini qayta-qayta takrorlab, ko`chirma variantni o`tkazishga oxirigacha kurashdim. Sababi bu g`oya muxlislarimizga tezroq etib borishiga, ular tez qabul qilishiga ishondim. To`g`risi o`sha klipni birinchi marta ko`rganimdayoq menga juda ham yoqdi, shu klipni muxlislarimizga ham ilinmoqchi bo`ldim, klip g`oyasi yaxshilikka xizmat qilgani uchun ham shuni ilg ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 132
Musbat va manfiy. Loyihamizning galdagi ishtirokchilarini ana shunday ta`riflashni ma`qul topdim. Biri xushchaqchaq va shaddodgina bo`lsa, ikkinchisi uning aksi, og`ir-bosiq. Gap kim haqida borayotganiga qiziqayapsizmi? Unda «duet»chilarimizning fe`l-atvoriyu dunyoqarashlari yaqqol namoyon bo`lgan suhbatimizni o`qing.

– Suhbatni keskin savoldan boshlayotganimga ajablanmang. Yosh, kelishgan va bugungi kunda talabgir hisoblangan aktrisalarning do`stligi chinmi? Yoki bu ayrimlarniki kabi piarmi?

Shahzoda Muhammedova:
– Piar?! Yo`g`ey, shunaqa do`stlashadiganlar ham bor ekanmi? Muqaddas bilan ko`p yillardan beri dugonamiz. Etti yil oldin «Poyqadam» filmining suratga olish jarayonida tanishganmiz. Ushbu kartinada Gulchehra Sa`dullaeva onamni ijro etgan. S`yomka vaqti Gulchehra opa qizlari haqida ko`p gapirib berardi va bir kuni «Ertaga Muqaddasni olib kelaman, tanishasizlar», degan. U paytlari Muqaddas san`at sohasidan yiroq, soddagina qizcha edi. Suratga olish maydonchasiga ham uyalibgina kirib kelgan.

Muqaddas Sa`dullaeva: – San`atkor bo`lishni xohlardim-u, lekin ota-onam ruxsat berishmagandi. «Men ham kinoda rol o`ynasam qaniydi», deya orzu qilardim. Suratga olish maydonchasiga kelganimda aktyor-aktrisalarni kuzatib, rosa havas qilganman. Shahzoda bilan tanishganimizdan keyin esa tezda chiqishib ketdik. Mana, bugungacha qadrdon dugonalarmiz.

Shaxzoda: – Muqaddas bilan tez-tez ko`rishib turamiz. Deyarli har ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 560
Madridning «Real» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe bilan, agar u «qaymoqranglilar» safiga o'tadigan bo'lsa, shartnoma shartlari qanday bo'lishini kelishib olgan, deb yozmoqda Marca.

Manba bergan xabarga ko'ra, Mbappe dastlab ispan grandi bazasi bilan tanishtirish uchun taklif etilgan va bu yerda u «Real» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilib olgan. Agar klub Mbappeni sotib oladigan bo'lsa, u bilan olti yillik shartnoma imzolanadi va uning yillik maoshi 6-7 mln yevroni tashkil qiladi. Mbappe va uning oilasi bilan «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan va klub prezidenti Florentino Peres uchrashib olgan.

«Real» hozircha monegaskliklarga rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q. Boshqa bir hujumchi Alvaro Morata sotib yuborilgach, jamoa Mbappe bo'yicha taklif bilan chiqishni ko'zlab turibdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 90
«Everton» hujumchisi Romelu Lukaku Angliyaning boshqa bir jamoasi «Manchester Yunayted»ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.

Britaniyaning eng nufuzli nashrlaridan biri sanalgan manbaning yozishicha, belgiyalik futbolchi uchun to'lanadigan transfer summasi oldin ma`lum qilinganidek 75 million emas, undan ko'proq bo'ladi. Ya`ni «MYu» dastlabki «Everton»ga 75 million funt (86 million yevro) to'laydi va yana qo'shimcha bonusi sifatida 15 million funt sarflaydi. Jami bo'lib hujumchi uchu7n 90 million funt to'lanadi.

Bundan tashqari, «MYu» hujumchi Ueyn Runini ham liverpulliklarga qaytarib beradi. Taxminan bu transfer ham 10 million funtga baholanmoqda. «MYu» Runini tekinga berib yuborishni ko'zlayotganini hisobga olsak, Lukakuning transferi jami bo'lib 100 million funt sterlingga (115 million yevro) aylanadi. Bu Pol Pogba uchun to'langan rekord puldan 10 million yeyevroga ko'proq degani.

Ma`lumot uchun, Ueyn Runi «Everton» tarkibida 1995 yildan 2004 yilgacha to'p surgan. Shulardan ikki mavsumini u jamoaning asosiy tarkibida o'tkazgan.

Lukaku hozirda Los-Anjyelesda bo'lib turibdi. Aynan shu yerda uning «MYu» futbolchisi sifatida tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 60
«Everton» hujumchisi Romelu Lukaku baribir faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradigan ko'rinadi.

The Guardian nashri bergan xabarga ko'ra, futbolchi yangi jamoasiga o'tish oldidan AQShning Los-Anjyeles shahrida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng klub bilan yangi bitim imzolaydi.

Belgiyalik futbolchi hozirda Kaliforniya shtatida «MYu» futbolchisi Pol Pogba bilan birgalikda ta`tilda bo'lib turibdi. Lukaku juma kuni ortga qaytishi lozim edi. Biroq, endilikda unda Los-Anjyelesdayoq Joze Mourino jamoasi safiga qo'shilish imkoniyati yuzaga keldi. «MYu» AQShga yakshanba kuni yo'l oladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq 24 yoshli futbolchini sotib olish uchun eng asosiy da`vogar sifatida Angliyaning boshqa bir jamoasi «Chelsi» e`tirof etilayotgandi.

Bu ikki futbolchining agenti bitta – Mino Rayola
Agar Lukaku transferi amalga oshadigan bo'lsa, bu «MYu»ning mavsumlar oralig'ida «Benfika»dan xarid qilingan himoyachi Viktor Lindelyofdan keyingi ikkinchi xaridi bo'ladi. Jamoa shvetsiyalik himoyachi uchun 35 million yevro to'lagandi.

Joze Mourino bundan tashqari jamoaga yana bir markaziy yarimhimoyachi va bir nafar vinger sotib olishni rejalashtirmoqda.

«Manchester Yunayted» 2016/17 yilgi mavsum davomida raqiblar darvozasiga 54ta gol kirita oldi xolos. Bu dastlabki yetti o'rinni egallagan jamoalar ichida eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. TOP-3likka kirgan jamoalarning barchasi 80dan ortiq gollar kir ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 78
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining Ibitsadagi ta`tili vaqtida «PSJ» klubi prezidenti Nosir al-Xalayfiy bilan sirli ravishda ko'rishgan va o'zining jamoaga o'tishi masalasini muhokama qilgan. Bu haqda Ispaniyaning Okdiario nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko'ra, al-Xalayfiy 32 yoshli futbolchining agenti Jorjye Mendesh va «Real» prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi aloqada bo'lib keladi. «PSJ» prezidenti Ibitsadagi yaxtasida Ronaldu bilan ko'rishgan va uning bo'lajak transferi masalasini muhokama qilib olgan.

Eslatib o'tamiz, oldinroq Krishtianu Ronaldu soliqlarni bo'yin tovlashda ayblanib, qamoq xavfi ostida qolayotgandi. Futbolchi qamoqdan qutulib qolish maqsadida belgilangan 14,8 mln yevroni to'lashga tayyorligini bildirgan. Shuningdek futbolchi bu vaziyatda klub uni qo'llab-quvvatlamayotganidan norozi bo'lib jamoani tark etmoqchi ekanini ma`lum qilgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 87
AQSh prezidenti ma`muriyati Suriya masalasi bo'yicha yangicha yondashuvni ko'rib chiqmoqda va bundan keyin Bashar Asad mamlakat prezidentligidan ketishini talab qilmoqchi emas. Bu haqda Oq uy va Kongressdagi manbalariga tayangan holda The Daily Beast portali ma`lum qildi.

Xabarga ko'ra, bu qadam AQShning Suriyadagi inqirozni hal qilish bo'yicha yangi strategiya doirasidadir. Shuningdek, Amerika hukumati Suriyada Moskva taklifiga ko'ra xavfsizlik zonalari yaratilishi hamda mamlakat hududida Rossiya harbiy politsiyasi bo'lishiga rozi.

Yangi strategiyaning asosiy maqsadi IShIDni uzil-kesil yo'q qilish va unga hududlarni qaytarib olish uchun imkoniyat qoldirmaslik hisoblanishi aytilmoqda. Biroq AQSh IShIDdan tortib olingan hududlar nazoratini Suriya rasmiylariga emas, koalitsiya qo'llab-quvvatlayotgan muxolifatga, «Suriya Demokratik kuchlari»ga topshirishni mo'ljallagan.

Qayd etilishicha, bu boradagi muzokaralar Moskva va Vashington tomonidan bir necha oydan buyon muhokama etilib kelinmoqda. Bu loyiha AQSh Davlat departamenti rahbari Reks Tillerson tomonidan ishlab chiqilgandi.

6 iyul kuni Tillerson AQSh va Rossiya prezidentlari uchrashuvida muhokama qilinadigan mavzular qatorida Suriya Arab Respublikasidagi vaziyat ham bo'lishi haqida aytib o'tgandi.

Mazkur reja Hamburgdagi G20 sammiti doirasidagi AQSh va Rossiya tomonlari uchrashuvida taqdim etilishi kutilmoqda.

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 91
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 iyul kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 25-27, kunduzi 42-43 daraja issiq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 25-30, kunduzi 40-45 daraja issiq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 88
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7 iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

«Namangan mamlakatimizning har tomonlama rivojlangan, eng go'zal viloyatlaridan biri. Keyingi yillarda uning iqtisodiy salohiyati yanada oshib, shahar va qishloqlar obod bo'lib bormoqda. Joriy yilning birinchi choragida yalpi hududiy mahsulot 8,7 foiz o'sgan. Bu ulkan bunyodkorlik ishlariga asos bo'lmoqda.

Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Qamchiq dovoni orqali 19 kilometrlik noyob tunnelni o'z ichiga olgan Angren – Pop elektrlashtirilgan temir yo'li ochilgani mamlakatimiz hayotidagi ulkan voqea bo'ldi. Bu yo'l ko'plab iqtisodiy imkoniyatlar qatori Namangan viloyatining muhim tranzit hududiga aylanishini ham ta`minladi», deyilgan O'zA xabarida.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015 yil 24 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish dasturiga muvofiq yuzlab investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Ularning orasida umumiy qiymati 2 milliard 1 million dollarga teng bo'lgan, 1800 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo'ljallangan To'raqo'rg'on issiqlik elektr stansiyasi alohida o'rin tutadi. Ushbu elektr stansiyasi nafaqat Namangan viloyati, balki butun Farg'ona ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 95
«Jizzax» erkin iqtisodiy hududida 6 iyulda yangi UZBEKISTAN PEUGEOT CITROEN AUTOMOTIVE ishlab chiqarish majmuasining poydevoriga kapsulani qo'yish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda «O'zavtosanoat» AK xabar bermoqda.

Ushbu loyiha davomida 45 gektarlik yer maydonida "noldan" boshlab yiliga 16 ming avtomobil ishlab chiqarishga mo'ljallangan zamonaviy ishlab chiqarish majmuasi quriladi. Zavodni loyihalashtirish fransuz kompaniyasining tajribali muhandislari bilan birga "Pejo Sitroyen" standartlari va talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Zavodni Yevropaning eng yuqori standartlari bo'yicha ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan jarayoni va sifat nazoratini ta`minlaydigan zamonaviy texnologik liniyalar bilan jihozlash rejalashtirilgan. Zavod qurilishi mahalliy bosh pudratchi tomondan fransiyalik hamkorlar nazoratida qisqa vaqtlarda amalga oshiriladi.

Yangi majmuaning ishga tushirilishi va bozorga Yevropa yetakchisi – "Pejo Sitroyen"ning zamonaviy yengil avtomobillarini tatbiq qilish bilan ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga, avtomobil bozori hamda yo'lovchi va yuk tashishlar o'sishiga ulkan salohiyat mavjuddir.

Avvalroq ma`lum qilingandek, 16 may kuni "O'zavtosanoat" AK va "Pejo Sitroyen" konserni o'rtasida yo'lovchi va yuk tashishlar uchun mo'ljallangan, "Peugeot" va "Citroën" brendlari ostida yengil tijorat avtomobillarini to'liq sikl bo'yicha ishlab chiqaruvchi qo'shma korxonani yaratish haqidagi kelishuv imzolangan.

... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 110
2017 yilning 15 iyun kunida «O'zbekenergo» AJ va «Elektrik stansiyalar» MChJ o'rtasida Qirg'izistondan O'zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish to'g'risida shartnoma imzolandi.

Unga ko'ra, joriy yilning 16 iyunidan boshlab Qirg'izistondan O'zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berilishi yo'lga qo'yildi. Bu haqida Qirg'izistonning "Milliy energoxolding" saytida xabar berildi.

Joriy yilning 4 iyul holatiga ko'ra, 1,25 milliard kVtch shartnoma qiymatidan 192,5 million kVtch elektr energiyasi yetkazib berilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 51
Buyuk davlat arbobi, o'z hayotini mustaqil davlatimiz qurilishi va shakllanishiga, uning jahondagi mavqeini mustahkamlashga bag'ishlagan, yurtimiz va xalqaro maydonda katta obro' qozongan Birinchi Prezident Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish, shuningdek, uning merosini ommalashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy memorial majmua tomonidan O'zbekistonning Birinchi Prezidentini yaqindan bilgan respublika fuqarolari va xorijiy davlatlar fuqarolaridan Islom Karimovning hayoti hamda faoliyati bilan bog'liq xotiralari aks etgan yozma, foto va videomateriallarni qabul qilish davom etmoqda. "Jahon" axborot agentligi shu haqida xabar berdi.

Materiallar quyidagi manzil bo'yicha yuborilishi mumkin:

100163, Toshkent shahri, Afrosiyob ko'chasi, 1/1-uy.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma`rifiy memorial majmua.

Ma`lumot uchun telefon: (0-371) 239-52-27

Elektron pochta manzili: immm@umail.uz, majmua@umail.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 101
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |