Juma, 25.07.2025, 05:50
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 17
Mehmonlar: 17
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyul » 6 » Yolg`onni kechirolmaydigan va sevib qolgan Lola Yo`ldosheva(Eksklyuziv)
09:38
Yolg`onni kechirolmaydigan va sevib qolgan Lola Yo`ldosheva(Eksklyuziv)
Lola Yo`ldosheva bilan har gal intervyuga otlanar ekanman, tayyorgarlikni puxta qilishga harakat qilaman. Sababi u nafaqat o`z ishiga, balki u bilan bog`liq har bir narsaga talabchanlik bilan yondashadi. Aynan mana shu jihati bilan ham boshqalardan ajralib turuvchi ijodkorlardan biri, deb o`ylayman. Lolaning har bir narsada o`z didi, dunyo qarashi va munosabati bor. Bugungi uchrashuvda esa xonandaning fe`l-atvoridagi 8 ta o`ziga hos jihatlarini ochishni maqsad qilganman.

«Mehribonman...»


Tashqi ko`rinishimga qarab ko`pchilik meni xarakteri og`ir, hech kim bilan kelisholmaydigan inson deb o`ylashi mumkin. Aslida, esa men juda nozik, mehribon va ko`ngli bo`sh ayolman. Har doim insonlarni tushunishda mehrni birinchi o`ringa qo`yaman.

«Qattiqqo`lman...»

Mehrni ustun qo`ysam ham ba`zida qattiqqo`l bo`lishimga ham to`g`ri keladi. Misol uchun farzandlarim tarbiyasida qattiqqo`llikni endi o`rgandim. Avvallari agar ular biror noto`g`ri ish qilishsa, urishardim-u, ammo biroz vaqt o`tgandan so`ng ko`nglim bo`shab kechirib yuborardim. Hozir esa biror ayblari uchun yaxshi ko`rgan o`yinchoqlari yoki mashg`ulotlaridan mahrum qilsa, gapimda turishga harakat qilayapman. Chunki bolalar tarbiyasida qattiqqo`llik eng zarur jihatlardan biri ekan.



«Tushungim kelmaydi...»

Har bir vaziyatda imkon qadar odamlarni tushunib, ularni qo`llab quvvatlashga harakat qilaman. Ammo ishda, hayotdagi munosabatlarda, beshafqat, nosamimiy, ikkiyuzlamachilarni umuman tushunmayman. Bu kabi menga yoqmaydigan fe`l-atvordagi insonlar bilan hech qanday munosabat o`rnatishni istamayman. Suhbatdoshim men bilan rostgo`y va samimiy bo`lsa, menga shuning o`zi kifoya.

«Talabchanman...»

Har bir ijodkordagi kabi meni ham o`zimga yarasha injiqliklarim bor. Bundan tashqari juda talabchanman. Har bir ish ideal darajada bo`lishi shart! Atrofimdagilardan ham shuni talab qilaman. Bilasizmi, ba`zida bu fe`lim menga biroz halaqit ham beradi. Chunki hayotda ham, ishda ham hammasi o`zimiz o`ylagandek bo`lavermaydi. Men esa ideallik darajasini talab qilib boshqalarni qiynab qo`yaman. «Mayli, shu ham bo`laveradi. Bir gal kamchiligi bo`lsa, hech narsa qilmas... Bu xatolikni hech kim sezmaydi» deb vaziyatni bo`sh qo`yolmayman. Albatta, har bir ishim hayolimdagi kabi yuqori darajada bo`lishi kerak.

«Agar meni aldashsa...»

U bilan butunlay aloqani uzaman. Vaziyatni oydinlashtirib, nega meni aldaganini tushuntirib berishini ham kutmayman. Bir marta ishlatilgan yolg`ondan keyin u insonga ishonishim juda-juda qiyin. Men uchun yaxshilik yo`lida yolg`on ishlatdim, degan izohning o`zi mavjud emas. Rost qanchalik achchiq bo`lmasin uni qabul qilishga o`rganish kerak. Men ham shundayman.

«Meni o`zgartirgan hayot...»

Har bir inson hayoti davomida turli vaziyatlar ta`sirida o`zgarib, mukammalashib boradi. Shaxsan men ham hayotimdagi ayrim voqealar sabab o`zgarib, butunlay boshqa Lolaga aylanib boryapman. Misol uchun farzandlarimni dunyoga keltirganimdan keyin hayotga umuman boshqa ko`z bilan qaray boshladim. Yuragingizining bir parchasi bilan birga nafas ola boshlab, «Men» o`rniga «biz» degan tushuncha bilan yashar ekansiz. Nazarimda, har bir ayol ona bo`lgandan so`ng borliqni yana ham chiroyli ranglarda ko`ra boshlaydi. Sobiq turmush o`rtog`im bilan ajrashganimdan keyin ham qarashlarimda o`zgarishlar, yangilanishlar paydo bo`ldi. Yana ham to`g`riroq aytadigan bo`lsam, menga ana shu ajrimgacha bosib kelgan yo`l ta`sir qilgan. Ayni dam shaxsiy hayotimda sodir bo`layotgan voqealar, taqdir yo`limda bir insonning paydo bo`lishi meni yana ham o`zgarishimga sabab bo`lyapti. Hayotga, dunyoga boshqa nigohlar bilan qarashni boshlayapman. Bundan esa juda baxtiyorman.



«To`ng`ichlik mas`uliyati...»

Oilada eng yaxshi tarbiya bu – o`rnak bo`la olish, deb bilaman. Ayniqsa, to`ng`ich farzandning uka-singillariga namuna bo`lishi katta mas`uliyatni talab etadi. Shunday bo`lsa-da, har bir narsada o`zimdan bir yarim yosh kichik ukamdan maslahat so`rayman. Nafaqat men, balki singillarim ham ukamning gapiga quloq tutib, yo`l – yo`riq so`rashga odatlanishgan.

Aliya SULAYMANOVA suhbatlashdi.
Категория: Шоу безнис янгиликлари | Просмотров: 136 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |