Juma, 25.07.2025, 06:02
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 14
Mehmonlar: 14
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyul » 23 » Toshkent viloyatida yangi hokimlar tayinlandi
22:14
Toshkent viloyatida yangi hokimlar tayinlandi
Toshkent viloyatining Ohangaron va Yangiyo'l tumanlari hamda Angren shahriga yangi hokimlar tayinlandi.

21 iyul kuni prezident tashrifidan keyin ishdan olingan Ohangaron tumani va Angren shahri hokimlari o'rniga yangilari tayinlangan.

Endilikda Ohangaron tumaniga Rustam Ubaydullayev o'rnida Odiljon Jo'rayev Alimovich rahbarlik qiladi. U shu kungacha Mudofaa vazirligida faoliyat ko'rsatib kelayotgandi.

Angren shahriga esa prezident tomonidan lavozimdan olingan Ibrohim Rahmonov o'rniga Hakimjon Mamasodiqovich Abdulazizov yangi hokim etib tayinlandi. Abdulazizov shu kungacha Respublika FVV tizimida ishlagan.

Abduqahhor Abdusattarovich To'xtaboyev esa Yangiyo'l tumaniga yangi hokim etib tayinlangan. Bu tumanga o'tgan yil avgustida Toshkent viloyati hokimligidan ketgan Sodiq Abdullayev rahbar etib tayinlangan, biroz avvalroq u bu lavozimdan ham ketgandi.

To'xtaboyev prokuratura sohasida faoliyat yuritgan, 2012-2015 yillarda Mirzo Ulug'bek tumani prokurori, 2015-2017 yillarda Navoiy viloyati prokurori vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan.

Eslatib o'tamiz, Shavkat Mirziyoyevning «Toshkent viloyatining ma`muriy-hududiy tuzilishini hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga ko'ra, Yangiyo'l va Ohangaron yana viloyat bo'ysunuvidagi shaharlarga aylantiriladi. Yetti yil avval ular tuman bo'ysunuviga o'tkazilgan edi.
Категория: Махаллий янгиликлари | Просмотров: 85 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |