1646-yil. Nemis faylasufi, matematik, yurist va fizik olim Gotfrid Vilgelm Leybnits, 1804-yil. Fransuz yozuvchisi Jorj Sand, 1818-yil. Qon bosimi o‘zgarishlari va puls chastotalarini o‘lchash asbobi kashfiyotchisi Karl fon Verordt, 1973-yil. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, estrada xonandasi Tohir Sodiqov, 1976-yil. Gollandiyalik futbol yulduzi Patrik Klyuyvert, 1976-yil. Futbolchi Ruud van Nistelroy.
2-iyul
1862-yil. Ingliz fizigi, 1915-yilgi Nobel mukofoti sohibi Uilyam Genri Bregg (William Henry Bragg), 1877-yil. Nemis adibi, 1964-yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan yozuvchi German Gesse (Hermann Hesse),
3-iyul
1883-yil. Atoqli chex faylasufi va adibi Frans Kafka (Franz Kafka, 1962-yil. Taniqli Gollivud aktyori Tom Kruz (Tom Cruise), 1969-yil. Nemis aktyori, “Komissar Reks” filmidagi ishtirok orqali dunyoga tanilgan Gedeon Burkxard (Gedeon Burkhard), 1987-yil. Taniqli avtopoygachi, Formula-1 musobaqalari qatnashchisi Sebastyan Fettel.
4-iyul 1753-yil. Fransuz aeronavti, ilk bor havo sharida La Mansh bo‘g‘ozini uchib o‘tgan Jan-Per Fransua Blanshar (Jean Pierre François Blanchard) 1885-yil. «Metro-Goldwyn-Mayer» kinokompaniyasi asoschisi Lui Meyer (Louis B. Mayer) 1926-yil. Futbol tarixidagi eng yaxshi charm to‘p ustalarida biri Alfredo di Stefano (Alfredo Di Stéfano), 1930-yil. «Kavkaz asirasi», «Mimino» va boshqa ko‘plab filmlardja suratga tushgan arman aktyori Frunzik Mkrtchyan.
5-iyul 1753-yil. Ikki silindrli dvigatel yaratuvchisi Jonatan Xornblauer (angl. Jonathan Carter Hornblower), 1820-yil. Ingliz fizigi, termodinamik va bug‘ mashinalari nazariyasi asoschisi Uilyam Rankin (William John Macquorn Rankine), 1879-yil. Amerikalik tennis ustasi Duayt Devis (Dwight Filley Davis), 1891-yil. Biokimyogar, pepsin, tripsin fermentlarini kashf etgan olim, Nobel mukofoti sohibi Jon Govard Nortrop (angl. John Howard Northrop), Va 1911 yil. Fransiyaning 1969—1974-yillardagi Prezidenti Jorj Pompidu (Georges Jean Raymond Pompidou).
6-iyul 1859-yil. Shved shoiri, 1916-yilgi Nobel mukofoti sohibi Karl Gustav Verner Fon Xeydenstam, 1940-yil. Qozog‘iston Prezidenti Nursultan Abishevich Nazarbayev, 1946-yil. Taniqli Gollivud kinoyulduzi Silvestr Stallone, 1946-yil. AQShning 43-prezidenti Jorj Uoker Bush.
7-iyul
1698-yil. Fransuz matematigi va fizigi Per de Mopertyui, 1746-yil. Italyan astranomi, birinchi kichik sayyora—Sererani ochgan olim Juzeppe Pyatssi, 1934-yil. Taniqli o‘zbek yozuvchisi Normurod Narzullayev, 1943-yil. Mashhur italyan qo‘shiqchisi va kompozitori Toto Kutuno, 1985-yil. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Azizbek Haydarov.
8-iyul 1621-yil. Atoqli fransuz masalchisi Jan De Lafonten (Jean de La Fontaine), 1839-yil. Amerikalik sanoatchi, «Standard oyl» neft kompaniyasi asoschisi Jon Rokfeller (John Davison Rockefeller), 1885-yil. Nemis faylasufi Ernst Blox (Ernst Bloch), 1898-yil. Poroxli raketa, “Katyusha”lar uchun snaryad ixtirochisi Georgiy Langemak.
9-iyul 1894-yil. Fizik, 1978-yilgi Nobel mukofoti sohibi Pyotr Kapitsa, 1944-yil. Amerikalik fantast yozuvchi Glen Kuk (Glen Cook), 1950-yil. Ukrainaning 2010—2014 yillardagi Prezidenti Viktor Yanukovich, 1956-yil. Taniqli golluvud kinoaktyori Tom Xenks (Thomas Jeffrey Hanks).
10-iyul 1830-yil. Fransuz impressionist-rassomi Kamil Jakob Pissarro (Jacob Camille Pissarro) (um. 1903), 1856-yil. Mashhur serb ixtirochi olimi Nikola Tesla (Nikola Tesla), 1871-yil. Atoqli fransuz adibi Marsel Prust (Valentin Louis Georges Eugène Marcel Proust ), 1920-yil. Amerikalik fizik, atom bombasi yaratuvchisi, Nobel mukofoti sohibi Ouen Chemberlen (Owen Chamberlain), 1976-yil. Fransuz futbol yulduzi Lyudovik Jyuli (Ludovic Giuly), 1985-yil. Germaniyalik taniqli futbolchi Mario Gomes.
11-iyul 1561-yil. Ispan shoiri Luis de Gongora-i-Argote (Luis de Góngora y Argote), 1916-yil. Fizik-akademik, 1964-yilgi Nobel mukofoti sohibi Aleksandr Proxorov, 1934-yil. Italiyalik taniqli modeler Jorjio Armani (Giorgio Armani).
12-iyul Eramizgacha 100-yil— Rim imperatori Yuliy Sezar (Gaius Iulius Caesar), 1812-yil. Ozarbayjonlik adib Mirza Fatali Axundov, 1813-yil. Fransuz psixologi, eksperimental psixologiya asoschisi Klod Bernar (Claude Bernard), 1854-yil. Ixtirochi, «Kodak» fotokameralari yaratuvchisi Jorj Istmen (George Eastman), 1878-yil. Atoqli o‘zbek adibi, shoir va jamoat arbobi Abdulla Avloniy, 1904-yil. Chililik shoir, 1971-yilgi Nobel mukofoti sohibi Pablo Neruda.
13-iyul 1918-yil. Italiyalik avtopoygachi, Formula-1 musobaqalari afsonalaridan biri Alberto Askari, 1942-yil. Mashhur gollivud aktyori Harrison Ford, 1944-yil. Vengriyalik Kubik-rubik ixtirochisi Erne Rubik, 1967-yil. Italyan kompozitori va musiqachisi, didjey Benni Benassi, 1985-yil. Futbol bo‘yicha Meksika terma jamoasi davrozaboni Gilermo Ochoa.
14-iyul 1903-yil. Vinsent Van Gog, Jek London, Zigmund Freyd, Charlz Darvin haqidagi romanlar muallifi Irving Stoun, 1904-yil. Amerikalik adib, 1978 yilgi Nobel mukofoti sohibi Isaak Bashevis-Zinger, 1910-yil. Multiplikator Josef Barbera bilan hamkorlikda “Tom va Jerri” obrazini yaratgan Uilyam Xanna, 1928-yil. Atoqli gruzin bolalar adibi Nodar Dumbadze, 1952-yil. O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor Po‘lat Saidqosimov, 1979-yil. Rossiyalik futbolchi Sergey Ignashevich.
15-iyul 1606-yil. Atoqli golland rassomi Rembrandt Xarmens van Reyn, 1910-yil. Taniqli yapon kinorejissyori Satsuo Yamamoto (Satsuo Yamamoto), 1953-yil. Gaitilik siyosiy arbob, 1991-1994, 1994-1996 va 2001-2004-yillardagi Gaiti Prezidenti Jan-Bertran Aristid, 1981-yil. Toshkentda tavallud topgan futbolchi, Nigeriya milliy futbol terma jamoasi a’zosi Piter Odemvinge.
16-iyul 1962 yil. Rus qo‘shiqchisi Grigoriy Leps, 1963-yil. Makedoniyalik taniqli futbolchi Srechko Katanets, 1967-yil. Amerikalik komik aktyor Uill Ferrell, 1968-yil. Faylasuf, Vikipediya virtual ensiklopediyasi asoschilaridan biri Larri Senger. 1968-yil. Rus estrada qo‘shiqchisi Leonid Agutin, 1989-yil. Uelslik taniqli futbolchi Garet Beyl.
17-iyul 1796-yil. Fransuz rassomi Jan Batist Kamil Koro, 1889-yil. Amerikalik adib, detektiv romanlar muallifi Erl Stenli Gardner, 1894-yil. Belgiyalik matematik va astranom Jorj Lemetr, 1972-yil. Taniqli golland futbolchisi Yap Stam.
18-iyul 1635-yil. Ingliz kimyogari, fizik va matematik, ixtirochi Robert Guk , 1831-yil. Xalqaro sun’iy til—volapyuk tuzuvchisi Iogann Martin Shleyer, 1853-yil. Golland fizigi, Nobel mukofoti sohibi Xendrik Lorens, 1918-yil. Irqiy ayirmachiliklarga qarshi kurash olib borgan jamoat arbobi, 1994—1999-yillardagi JAR prezidenti Nelson Mandela, 1933-yil. Atoqli rus adibi Yevgeniy Yevtushenko, 1948-yil. Nemis biokimyogari, 1988-yilda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan olim Xartmut Mixel, 1967-yil. Gollivud aktyori va rejissyori Vin Dizel, 1984-yil. O‘zbek estrada xonandasi Otabek Mutalxo‘jayev.
19-iyul 1814-yil. Amerikalik muhandis, ixtirochi Semyuel Kolt, 1893-yil. Rus shoiri Vladimir Mayakovskiy, 1896-yil. Ingliz adibi Archibald Kronin, 1921-yil. Biofizik, qondagi insulinni aniqlash uslubini ishlab chiqqan olim, 1977-yilgi Nobel mukofoti sohibi Rozalin Yalou, 1971-yil. Ukrainalik taniqli boksi, superog‘ir vazndagi jahon chempioni Vitaliy Klichko
20-iyul 1304-yil. Atoqli italyan shoiri, uyg‘onish davrining yirik vakili Franchesko Petrarka, 1754-yil. Fransuz faylasufi Antuan Destyut de Trasi, 1804-yil. Ingliz zoologi, anatom va paleontolog, «dinozavr» atamasini fanga kiritgan Ser Richard Ouen, 1864-yil. Shved shoiri, 1931-yilgi Nobel mukofoti sohibi Erik Karlfeldt, 1897-yil. Shveysar-polyak kimyogari, 1950-yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan Tadeush Reyxshteyn, 1946-yil. O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti, aktyor Erkin Komilov.
21-iyul Eramizdan avvalgi 356-yil. Atoqli sarkarda Aleksandr Makedonskiy, 810-yil. Buyuk o‘zbek allomasi, “muhaddislar sultoni” Imom al-Buxoriy, 1816-yil. “Reyter” axborot agentligi asoschisi Pol Julius Reyter, 1899-yil. Amerikalik mashhur adib, 1954-yilgi Nobel mukofoti sohibi Ernest Xeminguey, 1911-yil. Kanadalik atoqli yozuvchi Marshall Maklyuen, 1948-yil. Rus atirik yozuvchisi Mixail Zadornov, 1951-yil. Gollivud aktyori Robin Uilyams, 1969-yil. Rus estrada xonandasi Avraam Russo.
22-iyul 1713-yil. Fransuz arxitektori, klassitsizm asoschilaridan biri Jak-Jermen Sufflo, 1784-yil. Nemis matematigi va astronomi Fridrix Bessel, 1822-yil. Avstiyalik olim, genetika asoschilaridan biri Gregor Mendel, 1887-yil. Nemis fizigi, 1925-yilgi Nobel mukofoti sohibi Gustav Gers, 1951-yil. Rus qo‘shiqchisi, kompozitori va shoiri Oleg Gazmanov.
23-iyul 1883-yil. «Warner Brothers» kinokompaniyasi asoschilaridan biri Albert Vorner, 1891-yil. Daniyalik biolog Albert Fisher (Albert Fischer), 1989-yil. Britaniyalik aktyor, Garri Potter filmi orqali dunyoga tanilgan Deniyel Redkliff.
24-iyul 1783-yil. Lotin Amerikasi ozodligi qahramoni Simon Bolivar (Simón José Antonio de la Santísima Trinidad Bolívar y Ponce y Palacios y Blanco), 1802-yil. Atoqli fransuz adibi Aleksandr Dyuma (Alexandre Dumas, père), 1857-yil. Daniyalik yozuvchi, 1917-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Xenrik Pontoppidan (Henrik Pontoppidan),
26-iyul 1856-yil. Atoqli irland adibi, 1925-yilgi Nobel mukofoti sohibi Jorj Bernard Shou, 1875-yil. Taniqli psixiatr, psixolog, faylasuf, tahliliy psixologiya asoschisi Karl Gustav Yung, 1885-yil. Asl ismi Emil Erzog bo‘lgan mashhur fransuz adibi Andre Morua,
27-iyul 1667-yil. Shvetsariyalik matematik va mexanik Iogann Bernulli (Johann Bernoulli), 1835-yil. Italiyalik shoir, 1906 yilgi Nobel mukofoti sohibi Jozue Karduchchi (Giosuè Carducci), 1881-yil. Nemis kimyogari, 1930 yilda “Gemin va xlorofill loyihalari borasidagi izlanishlari uchun” Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan Xans Fisher (Hans Fischer), 1965 yil. Paragvay futboli tarixidagi eng yaxshi darvozabonlardan biri Xose Luis Chilavert.
29-iyul 1805-yil. Fransuz yozuvchisi Aleksis de Tokvil (Charles Alexis Henri Maurice Clérel de Tocqueville), 1817-yil. Asli ismi Ovanes Ayvazyan bo‘lgan atoqli rus marinist rassomi Ivan Ayvazovskiy, 1877-yil. Amerikalik adib, dengiz ostini tadqiq qiluvchi maxsus asbob—batisfera yaratuvchisi Uilyam Bib (Charles William Beebe), 1905-yil. BMTning 1953-1961-yillardagi ikkinchi Bosh kotibi Dag Xammarsheld (Dag Hjalmar Agne Carl Hammarskjöld), 1945-yil. Taniqli rumin futbolchisi va murabbiyi Mircha Luchesku (Mircea Lucescu), 1954-yil. Rus kompozitori Igor Krutoy, 1963-yil. Futbol olamidagi eng mashhur futbol hakamlaridan biri Grem Poll (Graham Poll), 1981-yil. Formula-1 musobaqalari chempioni, avtopoygachi Fernando Alonso (Fernando Alonso Díaz)
30-iyul 1863-yil. Amerikalik avtosanoatchi Genri Ford, 1940-yil. Angliyalik muhandis-elektronik, birinchi cho‘ntak kalkulyatorilari va uy kompyuterlari yaratuvchisi Klayv Sinkler, 1947-yil. Gollivud kinoyulduzi va gubernator Arnold Shvarsenegger, 1948-yil. Asl ismi Xuan Moreno-i-Xederik Ximenes bo‘lgan mashhur fransuz aktyori Jan Reno, 1964-yil. Taniqli nemis futbolchisi va murabbiy Yurgen Klinsmann.
31-iyul 1912-yil. Amerikalik iqtisodchi, 1976-yilgi Nobel mukofoti sohibi Milton Fridman, 1914-yil. Mashhur fransuz komik aktyori va rjissyori Lui De Fyunes, 1944-yil. Iqtisodchi olim 1997-yilda Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan Robert Merton, 1945-yil. Rus aktyori va teleboshlovchi Leonid Yakubovich, 1962-yil. Gollivud aktyori Uesli Snayps.