Главная » 2017»Iyun»14 » Shahboz ft. Navro‘z - Afsuslarda (Qo‘shiq matni)
15:35
Shahboz ft. Navro‘z - Afsuslarda (Qo‘shiq matni)
Bir bor esla, Qanchalar seni asrardim hech kimga ishonmay. Bir bor esla, Seni deb qancha jabr ko‘rdim, o‘zim o‘ylamay.
Lekin bugun Shu bo‘ldi menga bo‘lgan javoblaring sevgimga. Mana bugun Ketmoqdasan jabrlar qo‘shib yana jabrimga.
Hali afsuslarda, qolasan armonlarda, Baxtli o‘tgan kunlardan izlab meni. Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan, Afsuslarda qo‘msaysan qadrimni.
Hali afsuslarda, qolasan armonlarda, Baxtli o‘tgan kunlardan izlab meni. Izlarimdan izlaysan, lek meni topolmaysan, Afsuslarda qo‘msaysan qadrimni.
Ha, bugun menman aybdor, Ayriliqqa bahona shundoq ham tayyor. O‘ylab tuzgan rejalaring bugun qo‘l keldi, Munosabatimizga bugun nuqta qo‘yildi.
Ketasan barcha aybni menga ag‘darib, Kichkina xatoni ko‘pirtirib, ag‘darib. Sen go‘yo oppoq, men esa qora, Haqiqatni yuzimga ayt, yolg‘ondan ko‘ra.
O‘zga inson kirib keldimi hayotingga? Oxirgi vaqtlar sezardim qarab ko‘zlaringga. Gumonlarim, afsuski, aslida haqiqat, Shunchaki ket, tan olib ortingdan tilay baxt.
Asabbuzarliklar, zardalar kerakmas, Ortiqcha so‘z dema, hammasi tugadi, bas. Qadrim bilarsan bir kun sog‘inganingda, Bir umrga yo‘qotib bo‘lganingda.