Shanba, 21.06.2025, 16:36
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 10
Mehmonlar: 10
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 14 » Shohruhxon - Darak yo‘q (Qo‘shiq matni)
15:37
Shohruhxon - Darak yo‘q (Qo‘shiq matni)
Qishlar ham o‘tdi , sendan esa darak yo‘q,
Bahoru yozlar o‘tdi, sendan darak yo‘q,
Xazonlar to‘kildi kuzda, darak yo‘q.
Oradan qancha yillar o‘tdi, xabar yo‘q,
Sen ketgan kundan beri menda orom yo‘q,
Charchadim, sensizlikka malham yo‘q.
Qaytmasliging bilsam ham , nega kutaman?
O‘zimni balki shu bilan ovutaman!
Bilmayman, endi sensiz netaman?
Sog‘inchimga aslo qarshi borolmayman,
Unutay deyman-u, lek unutolmayman,
Tinmayman, seni yana kutaman.

Xayolimda sen o‘zing, yuragimda sen o‘zing,
O mani dardim, dardim, dardim sen o‘zing.
Xayolimda sen o‘zing, yuragimda sen o‘zing,
O mani dardim, dardim, dardim o‘zing, faqat o‘zing.

Senga aytolmagan hali so‘zlarim bor,
Bir ozga bo‘lsa ham yo‘qlasayding bir bor,
Quchardim, rozi edim so‘nggi bor.
Xayr demay ketding, senga to‘yolmadim,
Vidolashishga ham aslo ulgurmadim,
Bilmadim, sendan o‘zga demadim, demadim.
Balki hali ham kech emasdir, ber sado,
Paydo bo‘lsang, quvonchdan bo‘laman ado,
Ketmasdim yoningdan bir zum aslo, hech aslo.
Telbaga aylanmoqdaman men tobora,
Ko‘zlarim seni izlash bilan ovora,
Dardimga topolmadim bir chora.

Xayolimda sen o‘zing, yuragimda sen o‘zing,
Yuragim dardi, dardi, dardi sen o‘zing.
Xayolimda sen o‘zing, yuragimda sen o‘zing,
O mani dardim, dardim, dardim o‘zing, faqat o‘zing.

Senga utloza qilsam, sendan darak yo‘q,
Ko‘z yoshlarim qolmadi, sendan darak yo‘q…
Категория: Qo'shiq Matnlari | Просмотров: 104 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |