Shanba, 21.06.2025, 16:57
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Yulduzlar Haqida [75]
Qo'shiq Matnlari [116]
Тушлар таъбири [41]
Odnoklassniki хаqида [31]
Мучаллар хақида [12]
Буржлар хақида [15]
Буни биласизми [46]
Turfa olam [9]
Foydali maslahatlar [73]
Telefondagi Muammolar [30]
Mashxurlar tug`ilgan sanasi [6]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 11
Mehmonlar: 11
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Iyun » 19 » Smartfon va planshet ekranidagi tirnalgan yuzalarni asl holiga qanday keltirish mumkin?
23:51
Smartfon va planshet ekranidagi tirnalgan yuzalarni asl holiga qanday keltirish mumkin?
Yangi xarid qilingan smartfon va planshetlar tozaligi, jilo sochishi bilan ajralib turadi. Biroq bir necha hafta o‘tib-o‘tmay, ularning oldingi ko‘rinishi yo‘qolib, asta-sekin timdalangan holatga kela boshlaydi. Ustaxonaga bormay yoki ekranini almashtirmay bunga barham berish usullari haqida Lifehacker hikoya qiladi. Eng oddiy usul tish pastasini qo‘llashdan iborat. Uning ozgina miqdorini paxta, doka yoki toza yumshoq matoga tushirasiz. Aylanma harakatlar yordamida ekranning tirnalgan joyini artasiz, so‘ng pasta qoldig‘ini yo‘qotish uchun namlangan mato bilan artasiz. Turtle Wax, 3M Scratch va Swirl Remover kabi avtomobillar uchun mo‘ljallangan vositalar ham tirnalgan yuzadan qutulishga yordam beradi. Buning uchun mazkur kremlarni toza yumshoq matoga solib, ekranni asta artasiz. Qanchalik ajablanarli tuyulmasin, jilvirli qog‘oz ham bu borada sizga ko‘mak berishi mumkin, faqat bu biroz qaltisroq usul. Shu sabab telefon ekraniga ishlov berishdan oldin shunga o‘xshash yuzada mashq qilib olgan ma’qul. Iste’mol sodasidan foydalanish ham tirnalgan yuzani asl holiga qaytarishning oson usullaridan. Buning uchun idishda sodani ikki, suvni bir qism solib, ko‘pik paydo bo‘lguncha aralashtirasiz. Hosil bo‘lgan aralashmani matoga tushirib, ekranni tozalashga kirishasiz, so‘ng biroz namlangan mato bilan soda qoldig‘ini artib tashlaysiz. Shuningdek, bolalar badaniga sepiladigan dori (prisipka)ga suv qo‘shish orqali ham tirnalgan yuzani asl holatiga keltirish uchun yaroqli pasta hosil bo‘ladi. Uni qo‘llashda iste’mol sodasiga o‘xshash yo‘l tutsa bo‘ladi. Juda mayda yashirin yoriqlarni yo‘qotishda o‘simlik moyi ham qo‘l keladi: vaqt o‘tishi bilan eskirgan ekranga tushirilgan bir tomchi moy ma’lum muddat unga eski jilosini qaytarishi mumkin.
Категория: Telefondagi Muammolar | Просмотров: 134 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyun 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |