Osmon... oxiri yo'q yulduzlar... Shu yulduzlarga qarab... seni izlayman... Bulutlar... yopmanglar ko'klarini Uni yulduzlardan so'rab... tunlar yig'layman..
Vaqt davo derlar, har bir dardga Nega, davo bo'la olmayapti unda menga Menga vaqt o'tishi emas menga u kerak... U ketgan kundan beri vaqt ham to'xtab qolganday
Yomg'ir muncha yog'masang ayt kun bo'yi Gulim so'lib bo'ldi, unmaydi endi Uni sen ham men ham qaytarolmaymiz Faqat bir chetda eslab... yig'larmiz
Qara xo'l bo'lib yotar xazonlar Shu xazonlar tagida.. mani gulim yotar Kecha, yam yashil edi barglari Bugun, sap sariqdur ranglari
Quyosh nur sochar edi isib turgan tanamga Undan ko'ra sochmasmidi muzlab yotgan qalbiga Hayotimga qo'shil baxtli lavhalar Shu kungacham ko'rar edik qancha shirin lahzalar
Dengiz uni bag'ringga oborolmadim Sani ko'rish orzusi edi ko'rsatolmadim Endi hech qachon kechirolmayman o'zimni Bittagina orzusin amalga oshirolmadim
Yarim oy yarim bo'ldi, ko'nglim meni Sen ertaga to'lasan, u to'lmas bo'ldi endi Sendayin nur taralib turar edi yuzlaridan Sog'inib ketdim tutib yurishim qo'llaridan
Yomg'ir muncha yog'masang ayt kun bo'yi Gulim so'lib bo'ldi, unmaydi endi Uni, sen ham men ham qaytarolmaymiz Faqat bir chetda eslab... yig'larmiz
Qara xo'l bo'lib yotar xazonlar Shu xazonlar tagida.. mani gulim yotar Kecha, yam yashil edi barglari Bugun, sap sariqdur ranglari
Yomg'ir muncha yog'masang ayt kun bo'yi... Gulim so'lib bo'ldi, u unmaydi endi Uni sen ham men ham qaytarolmaymiz Faqat osmonlarga qarab... yig'larmiz
Qara xo'l bo'lib yotar xazonlar Shu xazonlar tagida... mani gulim yotar Kecha, yam yashil edi barglari Bugun, sap sariqdur ranglari