Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Махаллий янгиликлари
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati mas’ul xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyatida sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zA.
Yangiyer shahridagi sayyor qabulga kelgan Xovos tumani “Chamanzor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Nargiza Sodiqova avtohalokat tufayli ikki oyog‘idan ajralgani, turmush o‘rtog‘i 2 farzandi bilan tashlab ketgani, uyda kasanachilik bilan shug‘ullanishi uchun mehnat sharoiti yaratib berilishini so‘rab murojaat qilgan.
Sayyor qabulda murojaatim ijobiy hal etilib, tikuv mashinasi, material, hatto tikish uchun ip ham berildi. Paxta terishga mo‘ljallangan maxsus fartuklar tikaman. Mahsulotni cheklanmagan miqdorda korxonaning o‘zi sotib oladigan, bank tomonidan plastik kartochkamga yangi namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uyning dastlabki to‘lovi uchun 10 million so‘m bo‘nak mablag‘i ham o‘tkazib beriladigan bo‘ldi. Ishli ham bo‘ldim. Bugun men baxtliman, bir pasda hammasiga erishdim. Xalqning dardini tinglab, muammosini joyida hal etadigan bunday samarali tizimni yo‘lga qo‘ygan Prezidentimizdan, hukumatimizdan, barcha saxovatli insonlardan behad minnatdorman.
Коментариев: 0
Просмотров: 93
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-iyun kuni Andijon shahridagi “Yoyilma” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi O‘zA.
Prezident mahalla hayoti bilan tanishib, odamlar bilan muloqot qildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini guzari qurilishi loyihasi, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Farzandlarimizni bolaligidan go‘zal xulqli, madaniyatli qilib tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun munosib sharoit yaratishimiz kerak. Ular chiroyli, obod joylarda yashasa, ko‘p kitob o‘qisa, ma’naviy olami boy bo‘ladi, vatanparvar bo‘lib voyaga yetadi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
“Yoyilma” mahallasidagi 60 dan ortiq ko‘p qavatli uyda 5 ming 800 dan ziyod turli millat vakillari istiqomat qiladi. Hududda 8 bolalar maydonchasi, mini-futbol, basketbol, futbol maydonlari bor. Mahalla atrofida 1 kollej, 1 umumta’lim maktabi, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, Prezident mahalla profilaktika inspektori Farruh G‘aniyev xonadonida bo‘ldi.
Profilaktika inspektorlarini mahallalar markazida xizmat uylari bilan ta’minlayotganimiz bejiz emas. Profilaktika inspektori mahallada yashab, faollar bilan bamaslahat ish olib borsa, hududda ma’naviy muhit yaxshilanadi, jinoyat sodir etilmaydi. Bu aholining davlatga, kelajakka ishonchini oshiradi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Коментариев: 0
Просмотров: 83
25-may kuni Moskvada qo‘lga olingan IShID guruhi a’zolari shahar metrosining “Tyopliy Stan” bekatida portlash uyushtirishni rejalashtirgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Xavfsizlik xizmati xodimlari 25-may kuni Novo-Peredelkino mitti tumanidagi bir yo‘la uchta xonadonda IShID a’zolarini qo‘lga tushirish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazgan. Xonadonlardan birida portlovchi qurilmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha sex va tayyor bo‘lgan qo‘lbola portlovchi bomba topildi, u o‘to‘chirgich niqobi ostiga yashiringan edi. Xuddi shunaqa portlovchi qurilma Peterburg metrosida 3-aprel kuni yuz bergan portlashda qo‘llanilgan.
Hibsga olinganlar yukchilar bo‘lib chiqdi, bular — buxorolik Furqat Kushayev va Muhammadyusuf Ashurov, tojikistonlik Abdushukur Gulmirzayev va dog‘istonlik Magomed Davudov. Ularning uch nafari terroristik yashirin ishga aloqadorligini tan oldi, qolgan bittasi “do‘stlari undan foydalangani”ni ta’kidladi.
Dastlab jangarilar mustaqil tarzda bomba yig‘ib, restoranlardan birini portlatishni rejalashtirgan, ammo oxir-oqibat “Tyopliy Stan” bekatida portlash uyushtirishga qaror qilgan. G‘oyani kurator ma’qullagan.
Jangarilarga yangi hujjatlarni va Turkiyaga ko‘chirib o‘tkazishni va’da qilishgan, ammo ularning hech biri ularga xudkush roli berilganidan xabardor bo‘lmagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 111
O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga “Shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qonunga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi joylandi, deb yozadi Norma.
Ayni paytda mamlakatda yashayotgan yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan kishilar soni jami 254 nafarni tashkil qiladi. Ularning 103 nafari yosh bo‘yicha yoki nogironlik bo‘yicha nafaqaxo‘r.
Prezidentning 2002-yilgi farmoni bilan ushbu kategoriyadagi fuqarolarga imtiyozlar, shu jumladan, qishloq joylarda umumiy foydalaniladigan avtomobil transportida, shahardan tashqarida qatnaydigan temiryo‘l transportida va shahardan tashqarida qatnaydigan avtobuslarda bepul yurish imkoniyati taqdim etilgan.
Shu munosabat bilan yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogironlarni “Shahar yo‘lovchi transportidan bepul foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi qonun bilan tasdiqlangan imtiyozli fuqarolar ro‘yxatiga kiritish taklif etildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 83
O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga gidrometeorologiya xizmati markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yirik va o‘ta muhim suv xo‘jaligi obyektlari texnik ahvoli va ish xavfsizligi ustidan nazorat va kuzatish bo‘yicha davlat inspeksiyasi, kichik hajmli kemalar bo‘yicha davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti seysmik kuzatuvlar xizmati o‘tkazildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda. Bu o‘zgarishlar Prezident tomonidan 1-iyun kuni imzolangan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonda nazarda tutilgan. Shu munosabat bilan FVVning yangi asosiy vazifalari belgilab berildi. Jumladan, endilikda idora: tinchlik va urush vaqtida tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf qilish tizimi sohasidagi yagona davlat siyosati realizatsiyasini, gidrometeorologiya rivojini, gidrotexnik inshootlarning barqaror ishlashini, seysmik kuzatuvlarning olib borilishini, kichik hajmli kemalarning xavfsiz ishlatilishini, suv obyektlarida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlash; favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi omillari va tahdidlarini oldindan aniqlash, ularning yuzaga kelishini oldindan profilaktika qilish va ularning oldini olish singari vazifalarni bajaradi. FVVda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘shimcha bo‘linmalar, shuning
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 127
Ro‘zadorligi esdan chiqib biror narsa yeb yoki ichib qo‘ysa, ro‘za ochiladimi? Bu savolga “Darakchi.uz” quyidagicha javob berdi.
Ro‘zaning buzilishi bilan bog‘liq quyidagi uch xil holat kuzatiladi: esdan chiqarish, xato oqibatida yoki qasddan.
Ro‘za tutganligi yodida bo‘lmay, yeb-ichib qo‘ygan yoki uni buzadigan amalga qo‘l urgan kishining ro‘zasi buzilmaydi. Ro‘zadorligi esiga tushgandan so‘ng ro‘zani buzuvchi narsani (masalan, yeb-ichishni) davom ettirmasa bo‘ldi. Agar davom ettirsa, ro‘zasi buziladi va qazo lozim bo‘ladi.
Ro‘zador xato qilsa, masalan, tahorat qilayotganda og‘iz chayishda suv tomog‘iga ketib qolsa yoxud quyosh botmagan holda botdi, degan o‘yda ro‘zani ochib qo‘ysa, ro‘zasi buziladi va shu kun qazosini tutmog‘i kerak.
Коментариев: 0
Просмотров: 102
Muomalada bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasida cheklangan psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishiga faqat shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha tibbiy maqsadlarda ruxsat etiladi. Bundan tashqari ekspertlik va tezkor-qidiruv faoliyatida ham ulardan foydalanishga ruxsat etiladi, deb yozadi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi matbuot xizmati. Xalqaro pochta Konvensiyasiga asosan, pochta jo‘natmalari orqali psixotrop va narkotik vositalarning yuborilishi qat’iyan taqiqlangan. “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunning 17-moddasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo‘natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo‘natmalarida jo‘natish taqiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo shunga qaramay, pochta jo‘natmalari orqali qonunga xilof ravishda tarkibida psixotrop va narkotik moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini jo‘natish holatlari ham uchrab turibdi. Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi bir necha bojxona qoidabuzarliklarining oldini oldi. Poytaxtlik Yu.Venera nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, buyumlar orasida “CN-23” shaklidagi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 30 dona Zolpiden Hemitartate nomli psixotrop tabletkasi, 8 turdagi 410 do
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 97
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqladi. Bu haqda davlat rahbarining rasmiy saytida xabar berildi.
Mazkur hujjatda O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish yuzasidan murojaat qilgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi yo‘qligi shaxslarga oid ma’lumotlar biometrik bazasi shakllantirilishi belgilangan.
Buning uchun Ichki ishlar vazirligiga Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Shaxslashtirish davlat markazi bilan birgalikda 2 oy muddatda tegishli takliflar taqdim etish topshirilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyasining 93-moddasi, 22-bandiga ko‘ra, mamlakatda siyosiy boshpana berish masalasi Prezident vakolatiga kiradi. Bunday maqom xalqaro va milliy qonunchilikda huquqbuzarlik sifatida ko‘rilmaydigan harakatlari uchun o‘z yurtida ta’qib etilayotgan shaxslarga taqdim qilinadi.
Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 66
2017-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining MDH davlatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida 2017-yil to‘laqonli hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasini (“Yo‘l xaritasi”) amalga oshirish doirasidagi qo‘shma ishlarning borishi batafsil muhokama qilindi.
2017-yilning 24-yanvar kuni Kobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Kobul shahriga o‘tkazib, tashrif doirasida qisqa muddat ichida tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini 1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish imkonini beradigan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy “Yo‘l xaritasi” bitimi imzolangandi.
Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 74
Toshkent shahrida 30-may kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2017-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakat hududlariga tashriflari davomida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarning holatini tanqidiy tahlil qilish va baholash masalalari ko‘rib chiqildi, deb yozadi O‘zA. Yig‘ilishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya orqali Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazida tashkil etilgan studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, korxonalar rahbarlari, tadbirkor va investorlar qatnashdi. Yig‘ilishda ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, buning oqibatida ko‘pgina investitsiya loyihalarini amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani qattiq tanqid qilindi. Jumladan, shu yilning birinchi yarmida 10 loyiha bo‘yicha obyektlarni ishga tushirish muddatlari asossiz ravishda kechiktirib yuborilgani, 9 loyihani moliyalashtirish bo‘yicha shartnomalar tuzish, 10 loyiha yuzasidan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash ishlari paysalga solib kelinayotgani aniq misollar bilan ko‘rsatib o‘tildi. Tarmoqlar rahbarlari va loyihalar tashabbuskorlari oldiga a
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Rossiyaning “Shokoladnitsa” qahvaxonalar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzDaily. Bu haqda “Shokoladnitsa”ning mintaqaviy rivojlanish va franchayzing bo‘yicha direktori Maksim Trubnikov ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, tarmoq franshiza orqali O‘zbekiston bozorlariga chiqish haqida muzokaralar olib bormoqda. Nashr ta’kidlashicha, “Shokoladnitsa” qahvaxonalar tarmog‘i “Shokoladnitsa”, “Kofe Xauz” va “Vabi-Sabi” tarmoqlarini boshqaradi.
Trubnikov qayd etishicha, kompaniya Gruziya va O‘zbekiston bilan ishlamoqda, Qozog‘istonda brendni ochish bo‘yicha muzokaralar faol bormoqda. U kompaniya O‘zbekistonda kamida beshta “Shokoladnitsa” qahvaxonalarini ochishni rejalashtirayotganini aytdi.
“Yaqin oylar ichida shartnomalar tuzamiz deb o‘ylayman”, — dedi Trubnikov.
Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 73
MDH mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston kuch bo‘linmalari jangarilarning chegarani yorib, Tojikistonga bostirib kirishiga qarshi birgalikdagi harakatlarni mashq qiladi, deb yozadi “TASS”. Harbiy mashg‘ulotlar MDHning “Dushanbe-Antiterror-2017” qo‘shma aksilterrorchilik mashqlari doirasida bo‘lib o‘tadi.
Uning yakuniy bosqichi Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi, maxsus xizmatlar Respublika telemarkazidagi garovga olingan kishilarni ozod etish va shartli terrorchilarni xavfsizlantirish bo‘yicha aksilterrorchilik operatsiyasini, shuningdek, chegarani buzib o‘tgan terrorchilik guruhlarini to‘sish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shinlar operatsiyasini o‘tkazadi.
Ushbu harbiy o‘quv mashg‘ulotlari MDH davlatlarining 2017—2019-yillarda terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish dasturiga muvofiq o‘tkazilmoqda. Ularda ishtirok etish uchun Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ham taklif qilingan.
Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Mana, yozgi ta’til ham boshlandi. Tabiiyki, har qanday bola yozgi ta’tilda miriqib dam olishni istaydi. Lekin bu degani butun yoz faslini shunchaki bekor o‘tkazish kerak degani emas-ku! Ta’til vaqtida ham foydali mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib, Qiziqarli kitoblarni o‘qish, biror bir fandan bilimlarni kuchaytirish yoki bo‘lmasam hozirgi davrning eng muhim talablaridan biri sanalayotgan chet tillaridan birini mukammal o‘rganish mumkin. Agar sizning farzandingiz yozgi ta’tilda ana shunday o‘zini qiziqtirgan biror fanni o‘rganishini xohlasa, sizga bu sohada albatta tajribali o‘qituvchilar kerak bo‘ladi. Bu borada esa biz sizga yangi ochilgan yozgi maktabimizni taklif etamiz! Bizning maktab sakkiz yoshdan boshlab barcha ilmga chanqoq yoshlarni til va boshqa fanlardan o‘qishga taklif qiladi. Biz taqdim etadigan ingliz tili kurslar: Bolalar ingliz tilisi (Kids’ English); Turli darajadagi ingliz tili kurslari (Beginner, Elementary, Intermediate, Advanced levels) So‘zlashuv Klubi (Speaking Club); Ingliz Kino Klubi (English Movie Club); Rus tilidan yozgi intensiv uch oy davomida ko‘cha, transport, kafe, bozor va ishxonada to‘g‘ri gaplashishni o‘rganasiz. Darslar audio, video va jonli muloqot tarzda olib boriladi. Siz quyidagi yo‘nalishlar asosida darslarni o‘zlashtirishingiz mumkin: To‘g‘ri talaffuz va amaliy muloqot. Grammatik savodxonlik va hujjatlar bilan ishlash. Nutq madaniyati va ku
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 99
“Islom.uz” sayti mushtariylaridan birining so‘rovi bilan ro‘za tutish vaqtida qanday kiyinish borasida tushuntirish berdi.
“Bir tanishim (qiz bola) muborak Ramazon oyi ro‘zasini tutmoqchi. Men unga ro‘za tutgandan so‘ng kiyinish odobiga qattiq e’tibor berish kerakligini aytgandim, biroq u men ro‘za tutsam bas, qolgan jihatlarga unchalik ham ahamiyat berilmaydi, deya javob qildi. Bu borada o‘zingiz tushuntirish berishingizni so‘rayman”, — deyiladi mushtariy savolida.
Sayt ma’muriyati esa savolga qisqa va lo‘nda qilib, shunday javob berdi: “Avratlarini to‘sish alohida farz, ro‘za tutish alohida farz. Ikkisini ham qilgani uchun ajr-savob olib, qilmagani uchun gunoh va azob oladi”.
Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 103
O‘zbekiston Prezidenit 24-may kuni “O‘zbekiston Respublikasi bojxona postlari jihozlash uchun Xitoy Xalq Respublikasi hukumati tomonidan taqdim etilayotgan grantdan samarador foydalanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Grant tarkibiga to‘rtta yirik gabaritli inspeksion-nazorat kompleksi kiradi. Ular “O‘zbekiston”, “Bekobod” (Toshkent viloyati), “Xo‘jadavlat” (Buxoro viloyati) va “Sariosiyo” (Surxondaryo viloyati) temir yo‘l chegara bojxona postlarida o‘rnatiladi.
Yana o‘nta skanerlovchi tizim komplektlari “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona postida joylashtiriladi.
XXR tomonidan taqdim etilayotgan grant o‘z ichiga uskunalar uchun ehtiyot qismlarni, ularning montaji va ishga tushirish va sozlash ishlarini, kafolatli xizmat ko‘rsatishni va operatorlarni o‘qitishni qamrab oladi. Grantning umumiy qiymati — 126 million yuan yoki 18,3 million dollardir.
Manba: daryo.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 83
« 1 2 ... 13 14 15 16 17 » |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|