Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Futbol yangiliklari
«Barselona» jamoasi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Yuventus»ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o'tdi.
«Biz bir maqsad yo'lida mushtarak bo'ldik. «Barselona» raqib kuchli bo'lishiga qaramasdan, o'yin davomida to'pni nazorat qildi. O'yin davomida o'z kuchimizga bo'lgan ishonch ortib bordi. Men «Yuventus» ustidan qozonilgan g'alabada ko'p ijobiy jihatlarni ko'rdim», — deya Valverdening so'zlarini keltirgan Goal.
U kataloniyaliklar jamoasida Neymarning o'rni juda muhim ekanini qayd etib o'tgan.
«Barselona»ni Neymarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. U biz bilan qolishini xohlaymiz, uning o'rni jamoamizda juda muhim. Bu ko'rinib turibdi», — deya qo'shimcha qilgan mutaxassis.
Neymarning dubli evaziga «Barselona» «Yuventus»dan ustun keldi va ma`lum ma`noda o'tgan mavsumda YeChLdagi mag'lubiyat uchun qasos oldi.
Bundan avvalroq Amerikadagi ESPN nashri Neymar «Pari Sen-Jyermen» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
«PSJ» Amerikaning Orlando shahrida o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida «Tottenhem»ga 2:4 hisobida yutqazdi. O'yinning birinchi bo'limida Edinson Kavanining tezkor goliga inglizlar Kristian Eriksen va Erik Dayyerning aniq zarbalari bilan javob qaytardi. Parijliklar havbeki Haver Pastore tanaffus arafasida hisobni tenglashtirdi, ammo o'yindagi hal qiluvchi epizod tanaffusdan keyin sodir bo'ldi. Avvaliga, ikkinchi bo'lim boshida «PSJ» darvozaboni Kevin Trapp qizil kartochka oldi. Frantsuzlar bir kishi kam bo'lib o'ynashiga qaramasdan tenglikni saqlab qolayotgandi, ammo «shporlar» o'yin oxirida ikki gol o'tkazdi. 82-daqiqada Tobi Alderveyreld «Tottenhem»ni hisobda oldinga olib chiqdi, Harri Keyn esa penaltidan jamoasining to'rtinchi golini urdi. International Champions Cup Orlando, AQSh PSJ – Tottenhem 2:4 (2:2, 0:2) Gollar: 1:0 – 6 Kavani, 1:1 – 11 Eriksen, 1:2 – 18 Dayyer, 2:2 – 36 Pastore, 2:3 – 82 Alderveyreld, 2:4 – 88, penalti Keyn. PSJ – Trapp, Markinos, Kurzava (Berchiche, 68), Dani Alves (Nkunku, 68), Kimpembe, Rabo (Matyuidi, 46), Lo Chelso (Berned, 46), Motta (Kallegari, 68), Pastore (Di Mariya, 68), Gonsalu Gedesh (Areolya, 48), Kavani (Xese, 46). Tottenhem – Loris (Vorm, 46), Devis, Karter-Vikers (Alderveyreld, 46), Vertongen (Vimmer, 46), Uoker-Piters (Tripper, 46), Dayyer (Vanyama, 46), Dembele (Uinks, 60), Nkudu (Alli, 46), Eriksen, Onoma (Oukli-But, 46), Yanssen (Keyn, 46). Og
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 51
Xalqaro chempionlar kubogi turniri doirasida «Barselona» «Yuventus» bilan o'ynadi. AQShning Ist-Ruterford shahrida kechgan uchrashuv kataloniyaliklarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. «New Meadowlands Stadium, East Rutherford» nomidagi stadionga 82 104 tomoshabin tashrif buyurdi. O'yinning 15-daqiqasida Neymar ispanlar jamoasini oldinga boshladi, u bo'lim o'rtalarida dublni rasmiylashtirdi. «Yuventus» himoyachisi Jorjo Kellini 62-daqiqada bitta javob goli yo'lladi, ammo turinliklarning bundan ortig'iga kuchi yetmadi. «Barselona» turne doirasida keyingi uchrashuvni «Manchester Yunayted»ga qarshi o'tkazadi, «Yuventus» — «PSJ» bilan o'ynaydi. Bu ikki o'yin ham 27 iyulga belgilangan. International Champions Cup Ist-Raterford, AQSh Yuventus – Barselona 1:2 (0:2, 1:0) Gollar: 0:1 – 15 Neymar, 0:2 – 26 Neymar, 1:2 – 63 Kellini. Yuventus – Buffon (Shchensni, 46), Benatiya (Mandragora, 69), Lixtshtayner (De Shilo, 46), Bardzali (Kellini, 46), Asamoa (Aleks Sandro, 60), Markizio (Pyanich, 46), Bentankur (Kuadrado, 60), Lemina (Dibala, 59), Sturaro (Duglas Kosta, 59), Xedira (Rinkon, 46), Mandjukich (Iguain, 60). Barselona – Sillessen (Ortola, 46), Aleish Vidal (Nelson Semedu, 46), Pike (Marlon, 46), Din (Alba, 46), Maskerano (Umtiti, 46), Rakitich (Denis Suares, 46), Serdji Samper (Buskets, 46), Inesta (Alenya, 46), Neymar (Serdji Roberto, 46), Messi (Turan, 46), Pako Alkaser (Suares, 46).
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 72
«Barselona» hujumchisi Neymar Fransiyaning «PSJ» klubiga o'tishga tayyor bo'lib turibdi va parijliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi, deya xabar beradi ESPN FC.
Manba bergan xabarga ko'ra, braziliyalik futbolchi «PSJ» rahbariyatiga ham ularning jamoasiga o'tishni istayotgani haqida xabar bergan. U fransuz klubining «Barselona»ga Neymar transferi uchun 222 mln yevroni tovon puli sifatida to'lashi kerakligini anglatadi.
25 yoshli Neymar otasi bilan birga «PSJ» vakillari bilan bir necha kundan beri muzokaralar olib borgan. Tomonlar futbolchining yillik maoshi 30 mln yevrodan iborat bo'lgan to'rt yillik shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishishgan. Futbolchining o'zi ham agar jamoasini almashtiradigan bo'lsa, buning evaziga katta pul ishlab oladi.
Agar Neymarning transferi amalga oshsa, bu futbol tarixidagi rekord bo'ladi. Hozirda bu rekord «Manchester Yunayted» futbolchisi Pol Pogbaga tegishli bo'lib, jamoa uning uchun «Yuventus»ga 105 mln yevro (bonuslar bilan 110 mln yevro) to'lagandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 53
«Monako» klubi rahbariyati Kilian Mbappeni sotishga tayyor, ammo faqatgina 190 mln yevro evaziga, deya yozmoqda Tribuna.uz sayti.
Hozirda 18 yoshli Fransiya terma jamoasi hujumchisi «Real», «PSJ» va «Manchester Siti» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbaga ko'ra, bu uchchala klub ham yozgi transferlar vaqtida «Barselona» hujumchisi Neymarga qiziqish bildirgan va unga yangi shartnoma tuzishdan oldingi tovon puli 190 mln. yevro to'lashga tayyor bo'lishgan.
«Monako» vitse-prezidenti Dmitriy Vasilevning qayd etishicha, agar madridlik, parijlik va mankunianliklarda braziliyalik futbolchi uchun to'lashga shunga miqdorda ortiqcha pul bo'lsa, ular Mbappe uchun ham shundan kam bo'lamagan narx taklif qilishi kerak bo'ladi.
Kilianning «Monako» bilan tuzgan shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'tgan mavsumda hujumchi 44 uchrashuvda maydonga tushib, 26ta gol urgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 70
Ayni vaqtda butun dunyodagi futbol muxlislarini bir savol o'ylantirmoqda – Neymar Primerada qoladimi yoki Liga 1 chempionatini hayratlantirish uchun yo'l oladimi? Ispan nashrlari Neymar «PSJ» bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida yozmoqda. Hozirda fransuzlar «Barselona» bilan muzokara o'tkazmoqda va tomonlar kelishuvga yaqin turibdi. Barchaga ma`lumki, ushbu futbolchining transfer bahosi 222 mln yevro etib belgilangan. Ammo arab shayxlarini bu cho'chitmaydi – ular «Manchester Yunayted»ning transfer rekordini yangilashga tayyor. Ba`zi manbalar ushbu transferdagi ishtiroki uchun parijliklar futbolchining otasiga 50 mln yevro va`da qilgani aytilmoqda. «PSJ» Neymarning otasiga bu bo'yicha yozma va`da bergan. Katta Neymar futbolchining otasi hisoblanadi va buning hayron qolgulik joyi yo'q. Futbolchi bu taklifga rozi bo'lsa, 5 yil davomida Fransiyada 150 mln yevro ishlab olishi mumkin bo'ladi. Ya`ni, 50 mln yevro – uning sevimli otasiga, 150 mln yevro – uning o'ziga va 222 mln yevro – «Barselona»ga. Jami 420 mln yevro. Joze Mourino transfer bozoridagi ahvoldan shikoyat qilishi bejizga emas... Bugun bu mavzuda yana bir muhim yangilik tarqaldi – Neymarning «PSJ»ga o'tishi 95 foizga hal bo'lgan. Bu vaqtda futbolchi Instagram tarmog'ida «jumboq post» qoldirdi. Endilikda hamma u «Barselona»dan ketish haqida o'ylayotganini biladi. Uning ketishiga Lionel Messi sababchi sifatida ko'rsatilmoqda. Neymarni
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 87
Xalqaro chempionlar kubogi doirasida «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» jamoalari AQShning Hyuston shahrida to'qnash kelishdi.
O'yin davomida to'p nazorati Gvardiola shogirdlari tomonida bo'lsa-da, birinchi bo'limda kiritilgan 2ta gol Mourino jamoasiga g'alaba keltirdi. 37-daqiqada Romelu Lukaku, oradan 2 daqiqa o'tib Markus Reshford raqib darvozasini ishg'ol qilishdi.
Ikkinchi bo'limda Lukaku o'z dublini rasmiylashtirishi mumkin edi, ammo uning jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi darvoza ustuni va to'sini kesishgan joyga tegib qaytdi. Shuningdek, «Manchester Siti» futbolchilari ham bir nechta imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
International Champions Cup Manchester Siti – Manchester Yunayted – 0:2 Gollar: Lukaku (37), Reshford (39)
Коментариев: 0
Просмотров: 77
«Real» yangi futbolchisi Dani Sebalosni o'z futbolchisi sifatida rasman tanishtirdi. 20 yoshli bu ispaniyalik futbolchi bolaligidan Madrid klubi safida o'ynashni orzu qilganini aytib o'tdi.
«Real» prezidenti Florentino Peresga menga ishonch bildirgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Menga shunday taklif berildiki, uni rad etishning iloji yo'q edi. Axir men bolaligimdan buyon bu klubda o'ynashni orzu qilganman. Men bu jamoa futbolkasini kiyib yurish sharafini oqlash uchun keldim, klub tarixini yanada buyuk qilish uchun o'z hissamni qo'shmoqchiman», deya futbolchining so'zlarini keltirgan «Real» rasmiy sayti.
Sebalos 2014 yildan buyon «Betis» safida o'ynab kelayotgandi. U o'tgan vaqt davomida bu jamoa safida barcha turnirlar doirasida 98 uchrashuv o'tkazib, 7 gol urgan. U 30 iyun kuni yakunlangan Yevropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi bilan finalgacha yetib bordi va uning o'zi turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi.
Qayd etish kerakki, Sebalos uchun raqobatda«Real» «Barselona» va «Yuventus» jamoalarini ortda qoldirdi.
Andalusiyaliklar Sebalos uchun 15 million yevro miqdoridagi badal puli belgilagandi, ammo «Real» ishni tezroq hal qilish uchun ko'proq taklif bergan bo'lishi ham mumkin.
Bu futbolchi madridliklar safida Toni Kroos bilan raqobat qilishiga to'g'ri keladi. Ushbu futbolchilarning maydondagi ampluasi ham, o'yin uslubi ham deyarli bir xil.
Коментариев: 0
Просмотров: 78
O'zbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Shanghay SIPG» klubi yarimhimoyachisi Odil Ahmedov o'zi tug'ilib o'sgan Namangan shahri futboli, tashkil etgan akademiyasida amalga oshirayotgan ishlari haqida gapirib o'tdi. — Namanganda yana yoshlar futboli qayta oyoqqa turayotganini eshitayotgan juda ko'plab hamshaharlarimdan nafaqat namanganliklar, balki vodiy ahlidan juda ko'plab xatlar olyapman. «Navbahor»ga saylangan yangi prezident Shavkatjon Abdurazzoqovni klub o'rinbosarlari uchun alohida sharoit yaratib berganini eshitib xursand bo'ldim. Chunki bu bizning ishimizni yengillashtiradi, sport kollejidan yaxshi bolalarni yetishtirib berib tursak, o'rinbosarlar tarkibi orqali yo uni bosh jamoaga yoki chetga chiqarish bilan shug'ullanamiz. Shuning uchun ham o'rinbosarlarga bo'lgan e`tibor juda muhim. To jamoa o'z o'rinbosarlariga jiddiy e`tibor qaratmas ekan, chetdan kelgan futbolchilar hozir jamoani emas, o'zini o'ylaydigan bo'lib qolgan. Tez kunlarda xorijlik hamkorlarimiz bilan murabbiylar malakasini oshirish borasida ish boshlaymiz. — Mavsum boshida «Navbahor»da sizning hissangiz haqida gap-so'zlar chiqqan edi? — Men bu yil jamoaga rostmana yordam bermoqchi edim. O'tgan yil yakunida jamoa qiyin ahvolga tushib qoldi, o'shanda qo'ldan kelgan yordamimni berdim. Yakunda jamoa oliy ligada qolgach, men kerak bo'lmay qoldim. Mayli, bunga qarshiligim yo'q. Lekin nima o'zgardi? Mo'minjonov menga yoshlarga e`tibor qaratishni va`da bergandi, ammo yakunda ru
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 94
«Chelsi»ning yangi futbolchisiga aylangan Alvaro Morata o'zining londonliklar klubi safiga o'tishi borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Men juda xursandman. Payshanba kuni «Chelsi» safida bo'laman. Bu jamoa meni hamisha hayratga solgan.
«Real»ga qaytaman deb o'ylamayman. Bu qiyin. Hozir bu haqida o'ylamayapman. Menda aniq maqsad bor edi — jamoani o'zgartirish. Mavsumlar oralig'i g'alati o'tdi, endi men yangi klubda tibbiy ko'rikdan o'tmagunimcha xotirjam bo'la olmayman.
Umid qilamanki, «Chelsi»da hammasi yaxshi bo'ladi. Men yanada yaxshiroq o'ynashim mumkin. Agar bunday o'ylamaganimda, «Real»dan ketmas edim. Barchasi uchun Zidanga minnatdorchilik bildirdim va oldindagi mavsumda unga omad tiladim.
Men jamoa muxlislariga rahmat aytaman. Ular yana bir marta meni qo'llab-quvvatlashdi. «Real»ga hamisha eng yaxshi tilaklarimni bildiraman», — deya Morataning so'zlarini keltirgan Marca.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
«Barselona» «Monako» hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar klubi 18 yoshli fransuz futbolchisini «PSJ»ga o'tishi mumkin bo'lgan Neymar o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda.
Qayd etib o'tish joiz, Mbappeni sotib olish uchun «Real», «Arsenal» va «Liverpul» jamoalari ham da`vogarlik qilishmoqda.
Eslatib o'tamiz, oldinroq «Barselona» parijliklar yarimhimoyachisi Marko Verrattini sotib olish uchun harakat qilayotgani ma`lum bo'lgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 62
Alvaro Morata faoliyatini premer-ligada davom ettiradi.
«Chelsi» matbuot xizmati, klub ushbu transfer borasida «Real» bilan kelishuvga erishganini e`lon qilgan.
Bugun «qaymoqranglilar» jamoasi hujumchisi Londonga kelib, tibbiy ko'rikdan o'tadi va 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu futbolchi uchun Angliyaning amaldagi chempionlari 80 mln yevro to'lashi aytilgandi. Ispaniyalik futbolchi yangi klubida yiliga 9 million yevro miqdorida maosh oladi.
Qayd etish kerakki, 24 yoshli bu futbolchi tarixdagi eng qimmatbaho ispaniyalik futbolchiga aylanadi. Bungacha bu maqom Fernando Torresga tegishli edi, u 2011 yili «Chelsi»ga «Liverpul»dan 58 million yevro evaziga kelib qo'shilgandi.
Morata Madrid klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada Joze Mourino davrida debyut qilgan, keyinroq «Yuventus»ga sotilgandi. O'tgan yili jamoa uni qaytarib sotib oldi.
O'tgan mavsumda Morata Ispaniya chempionatida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 15 gol urdi. U shuningdek, Chempionlar ligasida 9 uchrashuv o'tkazgan va 3 gol urgan.
Bu futbolchi avvaliga «Manchester Yunayted»ga o'tishi kutilgandi, ammo inglizlar klubi Romelu Lukakuni tanladi. Ko'p o'tmasdan Morataga «Milan» asosiy da`vogarga aylandi, ammo kutilmaganda «Chelsi» uni «ilib ketdi».
Коментариев: 0
Просмотров: 74
Бугун, 19 июль куни 2018 йил Хитойда бўлиб ўтадиган 23 ёшгача бўлган футболчилар ўртасидаги Осиё чемпионати учун саралаш ўйинлари бўлиб ўтмоқда. Унда Ўзбекистон терма жамоаси сафарда БАА вакилларига қарши куч синашди.
Қизиқарли руҳда кечган учрашув ўзбекистонлик футболчиларнинг 0:2 ҳисобидаги ғалабаси билан якунланди.
Дастлаб ҳисоб 67-дақиқада Қобилов томонидан очилган бўлса, асосий вақтнинг сўнгги дақиқасида Сиддиқов якуний голни киритди.
Шу тариқа Равшан Ҳайдаров шогирдлари 2018 йилда Хитойда бўлиб ўтадиган мусобақага йўлланмани қўлга киритди.
Коментариев: 0
Просмотров: 86
«Реал» ҳужумчиси Альваро Мората «Челси» сафига ўтиши аниқ бўлган.
Marca маълумотига кўра, лондонликлар клуби 24 ёшли ҳужумчи учун 80 миллион евро тўлайди.
Яқин вақтлар ичида испаниялик бу футболчи айни вақтда Лос-Анжелесда бўлиб турган жамоаси қароргоҳини тарк этади ва трансфер жараёнини якунлаш учун Европага учади.
Шу тариқа, Мората тарихдаги энг қимматбаҳо испаниялик футболчига айланади. Шу вақтгача бу мақом Фернандо Торресга тегишли эди, уни 2011 йилда «Челси» «Ливерпуль»дан 58 миллион евро эвазига сотиб олганди.
Коментариев: 0
Просмотров: 58
«Барселона»нинг собиқ президентларидан бири Жоан Гаспарнинг ҳисоблашича, «ПСЖ» каталонияликлардан Марко Верратти билан боғлиқ машмашалар учун қасос олмоқда. Унинг сўзларига кўра, айнан шунинг учун Неймарнинг трансфери бўйича миш-мишларни тарқатишган.
«Неймар «Барселона»дан кетмайди. Менимча, «ПСЖ» раҳбарияти «Барселона» уларнинг футболчисини ўзига оғдириб олмоқчи бўлгани учун хафа бўлган. Неймарнинг трансфери бўйича тарқалган хабарлар тўлқини эса - уларнинг қасос олишга уринишидир. Уларнинг ўзи бу гапларни пайдо қилишмоқда», дея Гаспарнинг сўзларини келтирган Rac1.
Ўтган кунлардан Неймар Лионель Месси соясида қолиб кетаётгани туфайли каталонияликлар клубидан кетиши ҳақида хабарлар тарқалганди.
Кейинроқ «ПСЖ» «Барселона»дан Неймарни 222 миллион еврога трансфер қилмоқчилиги ҳақида хабар пайдо бўлди.
«Барселона» спорт ишлари директори Роберто Фернандес бу хабарларга муносабат билдириб, уни сотиб олишга қодир жамоанинг ўзи йўқлиги, Неймар кетмаслиги 200 фоизга аниқлигини айтиб ўтган.
Айни вақтда 25 ёшда бўлган Неймарнинг «Барселона» билан амалдаги шартномаси муддати 2021 йилгача.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
« 1 2 ... 7 8 9 10 11 ... 29 30 » |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|