Shahardan qaytayotib, avtobusga chiqdim. Odam siyrak, ulovning hali jo‘naydigan shashti yo‘q. Bir-ikkita kitob xarid qilgandim, mutolaaga kirishdim. Bir payt:
– Bu joy bo‘shmi, opa? – deya so‘radi kimdir.
– Ha, bemalol. Hech kim yo‘q, – dedim. Qarasam, qo‘lida bola ko‘tarib olgan yosh kelinchak.
– Opa, telefoningizni berib turolmaysizmi? Onamga qo‘ng‘iroq qilib olsam, degandim, – so‘radi u.
Onasi bilan bir yig‘lamsirab, bir asabiy gaplashdi. Negadir, unga achindim, ko‘ngil so‘ragan bo‘ldim.
– Qachonlardir qilgan xatolarimning jabrini tortyapman. Aslida menga shu ham kam, – dedi o‘zini Munira deb tanishtirgan hamrohim.
– Nega unday deysiz, sabrli bo‘ling. Qarang, qanday shirin farzandingiz bor ekan, – dedim yupatgan bo‘lib.
– Ayting-chi, ko‘rinishimdan o‘g‘riga o‘xshaymanmi? Javobingiz aniq, yo‘q, to‘g‘rimi? Lekin bu haqiqat! …Men o‘g‘riman. Qo‘li egrilik o‘quvchilik davrimdan oilam barbod bo‘lgunga qadar ortimdan soyadek ergashib yurdi. Dastlab sinfdoshlarim mendan yuz o‘girishdi, ustozlarim avval nasihat, so‘ng dakki berib charchashdi. Maktabni bitirdim va ular o‘g‘ridan qutulishdi. Kollejda kursdoshlarimning pullari, narsalari yo‘qola boshladi. Bora-bora mendan o‘zlarini olib qochadigan bo‘lishdi. Mahalla-ko‘y ham bilardi. Shu sabab, chekka qishloqdan kelgan sovchilarga ota-onam ra’yimga ham qaramay, uzatib yuborishdi. Endi unday qilmayman, har holda oilali ayolman, deya o‘zim-o‘zimga
...
Читать дальше »