Kopchilik anjirni tabiatdagi eng mukammal nematlardan biri, deb sanaydi. Qadimdan uning quyidagi foydali xususiyatlari malum:
Anjir mevasi siydik va ter haydash xususiyatiga ega. Zaharlanishni anjir bilan davolash mumkin. Chunki uning tarkibidagi moddalar oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, undan zaharni haydab chiqaradi, buyrak va jigar faoliyatini yaxshilaydi. Anjir boshqa kasalliklarda ham qollanadi: tomoq ogrigi va yotalda anjirning ustiga issiq sut quyib, bir muddat dimlab qoyiladi va ovqatdan oldin bemorga ichiriladi. Anjirning isitmani tushirish xususiyati ham malum. Buning uchun isitmalayotgan bemorga quritilgan anjir mevasidan damlama tayyorlab ichirish kerak. Anjir qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi. Shu sababli u yurak qon-tomir xastaliklari va semirishda benazir vositadir. Anjir tarkibida katta miqdorda temir moddasi bor. Shu bois kamqonlikda foyda beradi. Anjirdan tayyorlangan sharbat ichni yumshatadi. Hatto anjir murabbosini issiq choyga solib ichish bilan ham ayni natijaga erishish mumkin. Sutda qaynatilga anjir mevalari yiringli yaralarga bosilsa, ular tezroq pishib, yoriladi. Agar qol yoki oyogingizda qadoqlaringiz bolsa, tunda ularning ustiga anjir mevasini kesib, boglang. Tez orada qadoqlar ko`chib tushadi.