Juma, 25.07.2025, 06:06
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 17
Mehmonlar: 17
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » May » 29 » Artroz – bo`g`inlar yallig`lanishi kasalligi
21:09
Artroz – bo`g`inlar yallig`lanishi kasalligi
Shamollashni oyoqda o'tkazmang!

Artrozning yuzaga kelish sabablari turlicha:

gipodinamiya (kamharakatlilik), yani tegishli meyorda jismoniy ogirlikning yoqligi bois mushaklarning zaiflashuvi;
tana vaznining ortishi tufayli boginlarga ortiqcha ogirlik tushishi;
Suniy dori-darmonlarni kop qabul qilish,
notogri ovqatlanish,
shamollashni tik oyoqda otkazish kabilar bogin yalliglanishiga olib keladi.

ShUNINGDEK
Boginlar jarohatlanishi, moddalar almashinuvining buzilishi hamda qalqonsimon bez xastaliklari ham artrozni yuzaga keltirishi mumkin. Korib turganingizdek, omillar u qadar vahimali emas. Har birimiz kundalik hayotda toqnash keladigan holatlar. Shunday ekan, xastalanishimizga kim aybdor?

Kasb kasalligi ham …
Boginlarga zoriqish tushadigan kasblarda faoliyat yuritadiganlar masalan, sportchi yoki raqqosalarda artroz koproq kuzatiladi. Chunki ularning mehnat faoliyatlari aynan boginlarning ota faolligini talab qiladi.

Kuz-qish mavsumida havo harorati keskin pastlaydi. Bu esa yalliglanish jarayonlarining yuzaga chiqishi uchun sharoit yaratadi. Shu sababli ilgari bezovta qilmagan ogriqlar ham sovuq mavsumda avj olishi mumkin.

Qaysi boginlar xavfda?
Artrozda asosan yirik (tizza, chanoq-son, boldir-tovon, bilak) hamda mayda boginlar, xususan, umurtqa pogonasi boginlari (spondiloartrit) zararlanadi. Ogriqdan shikoyat qilgan bemorlarning aksariyati tananing pastki yarmi, tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan bogin, tizza boginiga urgu berishgan. Qollarda esa bilak va barmoq suyaklaridagi ogriq ko`proq tilga olinadi.
Diqqat qiling!
Malumotlarga kora, artrozning keng tarqalgan turi tos suyagi bilan son suyagini tutashtirgan bogin koksartrozi hisoblanadi. Undan keyingi orinda esa tizza bogin artrozi turadi. Umurtqa pogonasi artrozi esa harakatni cheklab qoyishi evaziga jiddiy sanaladi. Qol bilak va barmoqlaridagi artroz odatda u qadar ahamiyatli emasdek tuyuladi. Ammo davolanmasa, surunkali ogriq xurujini keltirib chiqarishi mumkin.

Siz albatta sogayasiz
Togri, xastalik nomi biroz tahlikaga soladi. Ammo oz vaqtida murojaat etilsa, davolash oson va samarali. Shifokor umumiy ahvolingiz, shikoyatlaringizdan kelib chiqib, rentgen tekshiruvi, qon tahlili, gistologik tahlillar otkazishi mumkin. Aniqlangan xulosalarga kora zarur muolaja turi tanlanadi. Asosiysi davolangandan keyin ham sogligingizni ehtiyot qiling. Ogir yuk kotarish, tanani zoriqtirish, yugurush, ogir jismoniy mehnat qilish mumkin emas. Shu bilan birga shamollash holatlariga sergak bolish lozim.

Zamonaviy muolajalar…
Bugun artrozni davolashda bir qancha muolaja usullari joriy qilingan. Xususan:
shifokor korsatmasi bilan yalliglanishga qarshi preparatlar;

fizioterapiya – suyaklar bogin atrofi toqimalariga ijobiy tasir korsatadi;
mikrotolqinli terapiya – tolqinlar zararlangan boginlarga tasir etadi;
ultratolqinli terapiya – og`riq sindromini engillashtiradi;
shu qatorda elektrofarez, lokal baroterapiya va metabolik terapiya usullari ham bor.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 156 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |