Har bir insonda ortacha 10 tadan 40 tagacha xol bor. Tanamizning turli azolarida joylashgan xollar bazan gozalligimizga gozallik qoshsa, gohida aksincha bolishi ham mumkin. Xol haqida odamlar orasida turli fikrlar bor. Kimdir uni olish mumkin emas, desa, boshqa birov bunda hech qanday xavf kormaydi.
Xol ilmiy olamda «nevus» deb ataladi. Bazi nevuslar saraton kasalligini qozgatishi ham haqiqat. Xuddi shunday qizil nuqtachalar korinishidagi angiomalar ham mavjud. Angiomalarni maxsus lazer yordamida olib tashlash mumkin. Ular homiladorlik davrida, kontraseptiv dori vositalari qabul qilganda, jigar yoki oshqozon osti bezlari va bazi irsiy kasalliklar oqibatida paydo bolishi mumkin. Homiladorlik davrida paydo bolgan angiomalar olti oy mobaynida yoqoladi.
Olib tashlash usullari
Ilgari xol qoyish rusum bolgan bolsa, hozirgi kunda ularni olib tashlash odat tusiga kirib bormoqda. Tibbiy gozallik markazlari ham ayollarning bu istagini amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda shahar klinikalarida xol va hatto norlarni ham olib tashlash xizmatlari korsatilayapti. Oz mijozlari salomatligiga ahamiyatli klinikalar uni olib tashlashdan avval mijozga onkologik tekshiruvlardan otishni tavsiya qiladi. Va mutaxassis korsatmalariga asoslanib, mijoz salomatligi uchun bezarar usul tanlashga harakat qiladi.
Lazer yordamida olib tashlash usuli tez va ogriqsiz. Olib tashlangan xolning izi qolmaydi va teri soglom toqimalariga zarar yetmaydi. Xol orni esa 10 kun ichida tuzaladi. Taqiqlangan holatlar: turli onkologik va teri kasalliklari, emizish davri, ultrabinafsha nurlarga tasirchanlik.
Jarrohlik yoli asoratli xollarga nisbatan qollanadi. Bu kichik jarrohlik amaliyoti bolib, bemor tez orada odatdagi hayot tarziga qaytadi. Jarrohlik amaliyotini amalga oshirishdan avval turli tekshiruvlardan otish lozim.