Bir kuni geografiya o'qituvchisi globusni ko'rsatib: — Soliev Afrika qani?, - desa Soliev: — Men olmadim ustoz, - debdi. O'qituvchi yana so'rabdi: — Soliev Afrikani menga topib ber! Soliev: — Ustoz rostini aytyapman, men olmadim. Shunda o'qituvchi: — Bor, dadangni chaqir!, - debdi. Dadasi kelgach: — O'g'lingizga Afrikani ko'rsat, qani deb so'rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz?, - debdi. Dadasi o'g'liga o'girilib: — O'g'lim, olgan bo'lsang, qaytib ber!, - dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qo'shnisini ko'chada ko'rib qolibdi-da, bo'lgan voqeani gapirib bersa, qo'shnisi: — O'zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish. Yuklama txt | fb2