Juma, 25.07.2025, 05:51
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 16
Mehmonlar: 16
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » May » 29 » Bolalarning qorin og'rig'i sabablari ?
20:44
Bolalarning qorin og'rig'i sabablari ?
Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda qorin og‘rig‘i bilan kechadigan 200 dan ortiq turli kasalliklar mavjud bo‘lib, ular ichida qorin bo‘shlig‘i o‘tkir xirurgik kasalliklarini ajratish juda murakkab hisoblanadi. Bolalarda birgina o‘tkir appenditsitning o‘zida 30 ga yaqin klinik simptomlar mavjud. Bular muammoning bir jihati, boshqa tomondan qaralganda esa bolalar xirurgiyasida kasallikning boshlanish va davom etish muddati katta ahamiyatga ega.
O‘tkir appenditsit, ichakning tutilishi bilan kechuvchi kasalliklar, siqilgan chov churralari o‘z vaqtida aniqlanib, tegishli davo tadbirlari o‘tkazilsa, kasallik asoratsiz tuzaladi, aksincha, kasallik boshlanganidan ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsa, uning oqibatlari ancha og‘ir kechib asoratlanadi.
«O‘tkir qorin» (qorin sohasida birdaniga kuchli og‘riq turishi) xirurgik tashxisi 6 soat ichida qo‘yilgan bo‘lsa, o‘lim xolati kamdan-kam hollardagina yuz beradi. Bu hol 12 soatgacha aniqlansa, ko‘ngilsiz voqea ikki barobarga, 24 soatda aniqlansa, uch barobarga ortadi. Agar kasallik boshlangandan so‘nt 48 soatdan ko‘proq vaqtni o‘tkazib shifokorga murojaat qilinsa, u holda ko‘ngilsiz voqea 90-100% ni tashkil etib, bemor hayoti qil ustida qoladi.
Bolalarda eng ko‘p uchraydigan xirurgik kasalliklar asosan o‘tkir appenditsit, o‘tkir ichak tutilishi, o‘tkir peritonit va qorin bo‘shligidagi a’zolarining o‘tkir shikastlanishlardan iborat. «O‘tkir qorin» xolati erta yoshli bolalarda o‘ziga xos belgilar bilan kechadi va bu xirurgik kasalliklar katta yoshdagi kishilarda bo‘ladigan qorin og‘rig‘idan mutlaqo farq qiladi. Bu kasalliklarga xos bo‘lgan asosiy klinik belgi qorinda to‘satdan paydo bo‘ladigan kattiq og‘riqdir.

O‘zgaruvchan simptomlar
Bolalarda o‘tkir qorin sindromi bilan kechuvchi turli tuman kasalliklarning xar xil og‘riq tarikasida kechishi, ular organizmining o‘ziga xos anatomo fiziologik xususiyatlari va tez rivojlanib o‘sib borayotgan bola organizmidagi chuqur bioximik jarayonlar va ulardagi barcha nerv turlarining to‘liq yetilmaganligi bilan asoslanadi. Bunday xar xil klinik simptomlarning o‘zgarib turishi yoki xar xil kechishi ko‘p jixatdan tajribasiz shifokorlarni ham noqulay vaziyatga qo‘yib, tashhisda xato qilishlariga olib keladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan va aytilgan fikr-mulohazalardan shu narsa kelib chiqayaptiki, bolalar qorin a’zolarining anatomik-fiziologik xususiyatlari va ularda uchraydigan kasalliklardan xabardor bo‘lish har bir ota-onaning oz bo‘lsada burchidir. Ana shundagina, bola qornida og‘riq paydo bo‘lganda va shifokor yetib kelguncha dori-darmon qilish zaruriyati tug‘ilsa, ota-onalar o‘z farzandlarini kasalligiga to‘g‘ri munosabatda bo‘la oladilar.
Bemor bola ota-onasining beparvoligi tufayli qimmatli vaqtni o‘tkazib yuborishi va kasallik bola umriga zavol bo‘lishi mumkin! Shuning uchun 3 yoshgacha qorin og‘rig‘i bilan og‘rigan bolalarda xirurgik kasalliklarni aniqlash murakkabligini yengillashtirish maksadida ularni albatta dastlab xirurgiya bo‘limiga yotqizish va tekshirish lozim bo‘ladi.
Erta yoshgacha bolalarda o‘tkir xirurgik kasalliklarning oldini olish noxush holat ro‘y bermasligida muhim o‘rin tutadi. Bunday holatda, shifokor xuzuriga zudlik bilan borishning iloji topilmasa, unda to shifokor kelguncha qoringa sovutgich muz qo‘yib turish va “tez tibbiy yordam”ni zudlik bilan chaqirish tavsiya etiladi.
Bundan tashqari, bemor bolalar oilaviy, markaziy tashxisiy va tuman poliklinikalarida va xirurgik statsionarlarning qabul bo‘limlarida bolalar xirurglari navbatsiz qabul qilinadi.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 142 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |