Juma, 25.07.2025, 06:06
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 17
Mehmonlar: 17
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » May » 30 » Eng Yaxshi tabiiy antibiotiklar
10:31
Eng Yaxshi tabiiy antibiotiklar
1. Yerqalampir (xren).

Juda kuchli tabiiy antibiotiklar sirasiga kiradi.

Traxeit, bronxit, davomli yo‘talda: 1 qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan yerqalampirni 3 qoshiq asal bilan aralashtirib tindirilib, bir kunda 1 mahal 1 choy qoshig‘idan iste’mol qilinadi.

Sistit va uretritda: 1 qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan yerqalampirni 100ml qaynoq suv bilan aralashtirib 5 daqiqa usti yopib tindirib qo‘yiladi va bir kunda 3-4 piyoladan ichiladi.

2. Klyukva (qizil nordon meva).

Bu meva antibiotik va viruslarga qarshi modda sifatida qo‘llaniladi.Siydik qopi va yo‘lini zararli bakteriyalardan tozalaydi. Klyukva, to‘qimalarni tashqi muhitning salbiy ta’siridan himoyalovchi antioksidantdir.

Klyukva bakteriyalarni o‘ldiradigan, peshob haydovchi va shamollashga qarshi kurashishda tengi yo‘q meva hisoblanadi.

Malham tayyolash uchun: Klyukva va brusnika mevalarini (3:1) shakar bilan obdon aralashtirib, ezib, 2 osh qoshig‘iga 0,5 litr iliq suv aralashtirib tayyorlanadi.

3. Sarimsoq.

Sarimsoq qondan, ichki a’zolardan va nafas yo‘llaridan zararli bakteriyalarni va ichak parazitlarini chiqarishga yordam beradi. Qon bosimini tushirib, tromb hosil bo‘lishini oldini oladi. Sarimsoqni iste’mol qilganda, saratonga qarshi kurashuvchi va antioksidant bo‘lgani bois, organizm zararli moddalardan tozalanadi. Sarimsoqning bir bo‘lakchasida 400ta foydali tarkibiy qism mavjud. Ular qon tomirlarini xolesterindan tozalaydi, miya saratonini keltirib chiqaruvchi multiformali glioblastoma hujayralarini o‘ldiradi, tuberkulyoz tayoqchasi, ichak tayoqchasi va xelikobakter (oshqozon yarasini keltirib chiqaruvchi)larni yo‘q qiladi, ichakdagi gijjalarni xaydaydi.

Sarimsoqdan tayorlanadigan 100 dardga da’vo ichimlik tayyorlash uchun: Ochiq rangli shisha idishga 12 dona sarimsoqni 4ga bo‘lib, 3 katta piyolada qizil sharob bilan arlashtirib, og‘zini yopib deraza yoniga (quyoshli joyga) 2 haftaga qo‘yiladi. Har kuni 3 marta qo‘zg‘ab qo‘yiladi. 2 haftadan so‘ng dokadan suzib olib, qora rangli shisha idishga solib qo‘yiladi. 1oy davomida kuniga 1 qoshiqdan 3 marta qabul qilinadi.

Bo‘ mo‘’jizakor ichimlik organizmni tuzdan tozalaydi, qonni tozalaydi, immunitetni oshiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi. Ayollar kasalliklari va shamollash uchun ham foydali.

4. Rayhon.

Yuqumli kasallik tarqatuvchi mikroblardan va infeksiyalardan tozalaydi.

Angina uchun: 4 qoshiq maydalangan rayhon bargini 250ml qaynagan suvga solib 20 daqiqa davomida qanating va suzib olib, kun davomida 2-3 marta iliq xolda tomog‘ingizni chaying.

Qovoqlar shamollashi uchun: 2 qoshiq maydalangan rayhon barglarini 500ml qaynagan suvga soling va sovutib suzgichdan o‘tkazing. Malhamga dokani botirib qovoqlaringiz ustiga qo‘ying.

Bosh og‘rig‘ida: Rayhon, mavrak, limono‘tni baravar aralashtirib 1 choy qoshig‘ini 200ml qaynagan suvga aralashtirib, 20 daqiqa tindiring va suzib olgch, 1 choy qoshiq asal bilan aralashtirib iching. Bu ichimlik bezovtalikdan xalos qilib, tinchlantirish xususiyatiga ham ega.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 95 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |