Juma, 25.07.2025, 06:04
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 16
Mehmonlar: 16
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » May » 29 » Farzandingizda "Duduklanish" bormi ?
22:34
Farzandingizda "Duduklanish" bormi ?
Duduqlanishning ikki hil sababi bor:

1.Miyaning faoliyatidagi kassaliklar oqibatida paydo bo‘lgan duduqlanish. Masalan, xomiladorlikning og‘ir o‘tishi, tug‘uruqdagi miya jarohatlari, meninggit, ensefalit kabi kasalliklarning oqibatida. Ba’zan esa irsiy faktor ta’sirida paydo bo‘ladi. Bunday holatlarda asosan medikamentoz davolash asosiy o‘ringa chiqadi va bir paytning o‘zida psixolog hamda defektolog birga ishlaydi.

2. Ikkinchi holatda tanada somatogen kasalliklar bo‘lmaganligi holda, nevroz ko‘rinishida duduqlanish paydo bo‘ladi. Psixologik jarohatlar, jismoniy, aqliy va ruhiy zo‘riqishlar duduqlanishning boshlanishiga olib kelishi mumkin. Bu holatlar bolalar nevrozi deb atalib, psixogen jaroxat, charchash va ruxiy zarbalar o‘tib ketishi bilan duduqlanish ham o‘tib ketishi mumkin. Ba’zan, o‘zidan iz qoldirgani holda turg‘un va rivojlanuvchi duduqlanish paydo bo‘ladi.

Bunday bolalar gapirishdan qo‘rqadilar, uyaltiraverishlari natijasida, jim turishni afzal ko‘radigan bo‘lib qolishadi.

Qattiq qo‘rqish, katta janjalning guvohi bo‘lish, kaltaklanish, qorong‘u honada qolib ketishi, kuchuk tishlashi, balandlikdan yiqilishi, suvga cho‘kishi, avariyaga tushishi, istimaning baland ko‘tarilib ketishi, ota-onasiga ichikish, ota yoki onasini yo‘qotish, o‘likning guvoxi bo‘lish kabi voqea xodisalar bolaning duduqlanishishni boshlanishiga sabab bo‘ladi.
- Duduqlanishning sababini topish va davolash kerak. Bolangizdan to‘g‘ri gapirish kerakligini talab qilib uyaltirmang va qattiq gapirmang.

-Bolangizning yonida uning duduqlanayotganligi haqidagi tortishuv va maslahatlaringizni qilmang.

-Ota-ona bir birovingizni ayblab, sen qilding deyishni foydasi kam.

-Bolangiz aniq biror bir voqea-xodisa natijasida qo‘rqib, duduqlanib qolgan bo‘lsa, bu voqeani eslatmang.

-Huddi shamollash kabi, bu duduqlanish ham o‘tib ketishiga ishontiring.

-Chapaqay bo‘lsa, o‘ngqaylikga o‘rganishi uchun tayziq o‘tkazmang.

-Maktabi, bog‘chasidagi ustozlariga bolangizdagi bu holatni tushuntiring va maktab va bog‘chasidagi biror bir mushtlashish, janjalli voqea haqida surishtiring. Ayblamang, talablar qo‘ymang.

-Bolalarni bu duduqlanish ustidan kulmasliklari uchun kasallikni yengishiga chorlash, hamdard bo‘lish kerakligi haqida maslahatlashing.

-Aka-opasining bu duduqlanishiga mas’hara qilmaslik kerakligini uqtiring.

-Bunday gapirma deb og‘zini yummang, balki, qanday gapirish kerakligini dona-dona qilib tushuntiring.

-Sport to‘garagidagi g‘olibligi va mag‘lubiyati haqidagi ma’lumotlarni oling. Boks, suzish, dzyudo kabi sport to‘g‘araklariga qatnashishini biroz to‘htatib turing.

-Nevropatolog, psixonevrolog, psixoterapevt va psixolog, so‘ng logoped bilan birgalikda shug‘ullanganingiz ma’qul.

Farzandingizga ishoning va birgalikda duduqlanishini yenging.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 115 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |