Olimlar organizmdagi barcha organlar holatiga, ayniqsa doimo yordamga muhtoj jigar holatiga e’tiborli bo‘lishni tavsiya berishadi. Organizmga yordam berishning eng ma’qul usuli to‘g‘ri ovqatlanishdir.
Mutaxassislar jigar uchun foydali bo‘lgan besh mahsulotni ta’kidlab o‘tishdi. vm.ru sayti bu ro‘yxatni keltirib o‘tdi:
1. Sarimsoq piyoz
Sarimsoq piyoz jigarga toksinlarni yuvib chiqarishga yordam beruvchi fermentlarni faollashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari u jigarni tozalashga yordam beruvchi allitsin va selenga boy. Allitsin antioksidant, antibiotik va zamburug‘ga qarshi ta’sirga ega. Selen esa o‘z o‘rnida antioksidantlar ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi.
Lekin sarimsoq piyoz iste’mol qilishga qarshi ko‘rsatmalar borligini ham unutmaslik lozim. Masalan, gastrit, oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasi kabi hazm qilish tizimidagi kasalliklarda uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
2. Qahva
Olimlar bu ichimlik jigar kasalliklariga chalinish ehtimolini kamaytirishini isbotladilar. O‘tkazilgan tajribalardan shuni ko`rsatdiki, kuniga ikki finjon qahva ichish jigar sirroziga chalinish ehtimolini 44 foizga, bu kasallikdan vafot etish ehtimolini esa 50 foizga pasaytirar ekan. Bundan tashqari qahva jigarni yog‘ bosishiga qarshi himoya ta’sirini o‘tkaza oladi.
3. Avokado
Bu mevani ratsionga qo‘shish jigarga zararli moddalarni filtrlash va organ to‘qimalarini shikastlanishdan himoya qilishga yordam beruvchi glutation antioksidantini ishlab chiqarishga yordam beradi. Avakado C va E vitaminlariga boy bo‘lish bilan birga, jigar salomatligini saqlash uchun muhim bo‘lgan, yallig‘lanishga qarshi kurashish xususiyatiga ham ega.
4. Zanjabil
Tadqiqotchilarning fikricha bu ziravor erkin radikkallardan keladigan zararni kamaytirishga yordam beradi. Shuningdek zanjabil organizmga yog‘larni to‘liq hazm qilish va safro ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga ko‘maklashib, jigarning tabiiy tozalanishini ta’minlaydi.
5.Greypfrut
Greypfrut vitamin C va antioksidantlarga boy. Greypfrut sharbati toksin va kanserogenlarni chiqarishga yordam beradi. Biroq greypfrut jigar yetishmovchiligidan aziyat chekuvchilarga tavsiya qilinmaydi.