Juma, 25.07.2025, 05:45
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 18
Mehmonlar: 18
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » May » 30 » Limon - foydali
12:06
Limon - foydali
Limon organizmni tiqinlardan tozalashda, hazm qilish faoliyati, qon aylanishi, ko`rish qobiliyatini yaxshilash, immunitetni oshirish va yuqori nafas yo`llari kasalliklariga davo.

Resept:

Shamollaganda: immunitetni mustahkamlash, tumov va nafas yo`llarini tozalash uchun kuniga uch mahal limon sharbatiga 1 stakan qaynagan suv aralashtirib ichish foydali. Ayniqsa, tana harorati ko`tarilgan paytda limon sharbati ichilsa, ter ajralishi natijasida isitma pasayib, organizmda kasallikka qarshi ta`sir kuchi yuzaga keladi.
Hazm qilish faoliyati bilan bog`liq holatlarda: masalan, jig`ildon qaynashida limon sharbatiga ozroq suv aralashtirib ichilsa, bezovtalik yo`qoladi.
Tish og`rig`ida: milklar qonashi, karies va tish og`rig`ida limon sharbati bilan og`izni chayqash tavsiya etiladi. Har kuni uyquga yotishdan avval archilgan limon po`sti bilan tishlar ishqalansa, milklar mustahkamlanib, tish rangi oqaradi.
Teri muammolarida: yuz, qo`l va oyoq terisidagi muammolarda limondan foydalanish mumkin. Teridagi shamollash sabab yuzaga kelgan toshmalar, teri yuzasining dag`allashib, qorayishi kabi holatlarda limon bo`lagi yordamida muammodan xalos bo`lish mumkin. Limon tarkibidagi antibakterial moddalar teri yuzasidagi shamollashni ketkazib, jarohatning bitishini tezlashtiradi.
Yurak-qon tomir faoliyati muammolarida: har kuni nahorda och qoringa 1 stakan limon sharbatini ta`bga ko`ra suv bilan aralashtirib qabul qilinadi. Bu usul yurak faoliyati uchun quvvat beradi.
Limondan tayyorlangan murabbo, djem va kompotlar jigar, qorin, mushaklar og`rishi va qon ketish holatlarida foydali.
Kimlarga mumkin emas?

Homilador ayollar va kichik yoshdagi bolalarga (agar allergik toshmalarga moyillik bo`lsa), limondan tayyorlangan malhamlar tavsiya etilmaydi. Shu bilan birga, oshqozon yarasi va 12 barmoqli ichak faoliyati bilan bog`liq xastliklarda ham mazkur meva nojo`ya ta`sir ko`rsatishi mumkin.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 86 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |