Главная » 2017»May»29 » Ob-havoning keskin o'zgarishi xavflimi ?
22:33
Ob-havoning keskin o'zgarishi xavflimi ?
Atmosfera bosimi qonga ham tasir qiladi!
Atmosfera bosimining o'zgarishi tomirlarimizdagi qon aylanishiga tasir qiladi. Ayniqsa, biror xastalikka ro'baro kelgan bo'lsangiz yoki surunkali kasallik kuzatilsa ob-havo o'zgarishiga sezgir bolib qolishingiz aniq. Mutaxassislar bu holat shahar aholisi orasida kopligini takidlashmoqda. haqiqatan, zamonaviy odam hayotining ko'p qismini yopiq joylarda, kondisioner yoki boshqa isitish moslamalari o'rnatilgan xonalarda o'tkazadi. Shuning uchun tashqi ob-havo o'zgarishiga uning organizmi tayyor bo'lmaydi.
IRSIYaT AYBDORMI?
Ob-havo o'zgarishiga tasirchanlik ota-ona tomonidan ham o'tishi mumkin. Yani, volidangiz ob-havo o'zgarishidan bir kun oldin “bo'g'imlari zirqirayapti” deya ertaga yomg'ir yog'ishini bashorat qilsa, biling-ki, bir kun kelib, bu ahvolga o'zingiz tushishingiz mumkin.
Lekin meteotobelikka bolgan asl sababni hayot tarzimizdan qidirish to'g'riroq. Kamharakatlilik, ovqatlanishda darmondori va minerallar etishmasligi, sog'liqqa beparvolik (surunkali kasalliklarni vaqtida davolamaslik) organizmni holsizlantirib, odamni ob-havo o'zgarishiga tasirchan qilib qo`yadi. SOVUQDAN O'ZINGIZNI ASRANG!
Shifokorlar ob-havoning qisqa vaqt ichida 12 daraja sovuqqacha pasayishi, hatto soglom odamga ham salbiy tasir qilishini isbotlaganlar. Ayniqsa, bosh miya va yurak kasalliklari bilan og'rigan bemorlar bu davrda sergak bo'lishlari, imkon boricha, ko'chaga chiqmay, og'ir yumushlar bilan shugullanmasliklari zarur.
Maslahat: shu kunlarda qizil va sariq tusdagi mevalar va ulardan tayyorlangan sharbatlarni tez-tez ichish, taomga qizdiruvchi tasirga ega dolchin (korisa), zanjabil (imbir) kabi ziravorlarni qo'shib istemol qilish kerak.
ISSIQQA TOBINGIZ QALAY?
Yilning sovuq faslida haroratning birdaniga isib ketishi ham inson salomatligi uchun xavfli ekani isbotlangan. Bu vaqt, ayniqsa, o'smirlar va keksalar uchun qiyin kechadi. Yoshlar organizmida gormonal o'zgarishlar yuz berayotgani uchun kayfiyatlari tez ko'tarilib tushadi, dangasalik avj oladi. Keksalar esa qo'l-oyoqdagi og'riq, behollikdan qiynalishadi.
Maslahat: kaliy, magniy, kalsiyga boy mahsulotlarni ko'proq istemol qiling. Ular banan, karam, ismaloq, o'rik qoqisi, grechixa yormasi, baqlajonda bisyor bo'ladi.
ShAMOL ESGANIDA…
Kuchli shamol esganda ayollarda bosh og'rig'i, 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda esa injiqlik, besabab yigi kuzatiladi. Ammo bu vaqtda astmatiklarning nafas olishlari yaxshilanadi.
Maslahat: bolalardagi bezovtalikni bartaraf etish uchun uxlashdan oldin yalpiz yoki moychechakli vannada chomiltirish kerak. Bosh og'rig'i va begollikni engish uchun esa yong'oq va limonni qiymalagichdan o'tkazib, bir piyola asal bilan aralashtirib istemol qiling. Ahvolingiz yaxshilanadi! Oppoq qor!
70 foiz odam bunday paytda faqat quvonadi. Ammo qolgan 30 foizi-chi? Bosh miya ichki bosimi ko'tariladigan yoki distoniya (behollik, ko'z tinishi, ruhiyat tushishi bilan kechadigan kasallik) bilan og'rigan odamlar uchun qor yogishi ham bir muammo. Bunday paytda ularning boshi qattiq aylanib, quloqlarida shovqin seziladi, ko'ngli behuzur bo'ladi.
Maslahat: qor boshlanishi bilan shifokor tavsiyasiga kora, qon tomirlarini kengaytiruvchi vositalar, jenshen damlamasi, tinchlantiruvchi vositalar qabul qilgan yaxshi. Shuningdek, havo o'tkazadigan, tabiiy matolik kiyimlar kiyishga, koproq piyoda yurishga, ammo ortiqcha toliqmaslikka harakat qiling. Yodingizda bolsin: meteotobelik bu tashxis emas, balki sizning sog'lom hayot qonunlariga bo'ysunmasligingiz oqibati. Hayotingizda tartib, harakat va yaxshi kayfiyat davomiy bolsa, ob-havo tasiridan qo'rqmasangiz ham boladi.