Juma, 25.07.2025, 05:53
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 19
Mehmonlar: 19
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » May » 29 » Oq dog'larning davosi
22:47
Oq dog'larning davosi
Vitelego–pes yoki boshqacha qilib aytganda oq dog‘lar kasalligi insoniyatga juda qadim zamonlardan ma’lum, biroq uni Moxov kasalligi kabi o‘ta yuqumli deb o‘ylab kelganlar. Pes va moxovga chalinganlar qismati juda og‘ir bo‘lgan. Ularni uzoq yerlarga quvg‘in qilganlar xatto qadimgi Misr papiruslarida u haqda ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Ingliz olimlarining fikriga ko‘ra qirolicha Kleopatra umrining so‘ngi yillarida o‘sha kasallikdan ozor chekkan. Darvoqea, mashxur amerikalik qo‘shiqchi Maykl Jekson xam shu kasallikka duchor bo‘lgan. Bu uning foydasiga xal bo‘ldi, chunki Jekson davolanish uchun bir tiyin ham sarflamay «oq tanlilar» safiga kirdi.

Kelib chiqish sabablari.
Vitiligo boshlanayotganining aniq bir klinik belgilari yo‘q. Lekin terida oq dog‘lar paydo bo‘lishi bilan darhol shifokor-dermatologga murojaat qilish kerak. Dog‘lar har doim ham vitiligoga sabab bo‘lmasligi mumkin. Ayrim hollarda zamburug‘li kasalliklar va gijjalar, shuningdek kamqonlik ham oq dog‘lar paydo bo‘lishiga olib keladi. Vitiligo rivojlanayaptimi, yo‘qmi aniq tashxisni faqat shifokor qo‘yadi. Dog‘lar paydo bo‘lishi bilan qancha tez shifokorga murojaat etsangiz, uni davolash shuncha oson kechadi.

Xalq orasida “pes” deya nomlanadigan vitiligo kasalligi qadim zamonlardan beri insoniyatga ma’lum bo‘lsa-da, uning davosi hali-hanuz sirliligicha qolayotgan xastaliklardan biri. Terida oq dog‘larning paydo bo‘lib, ko‘payib borishi bilan xarakterlanadigan ushbu kasallik inson salomatligidan ko‘ra ko‘proq uning ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Kelib chiqish sabablari noma’lum bo‘lgani bois uni davolash ham qiyin sanaladi
Foydali maslaxatlar.
1. Kitobchamizning nomini “Oq dog‘lar davosi”, deb bejizga namlamadik. Gap shundaki, davolanishni istagan bemor qat’iyatli bo‘lishi, shifokor tavsiyalariga quloq tutishi muhum. Davolanish ,bir necha oydan 3-5 yilgacha cho‘zilishi mumkin. Ba’zi bemorlar davolanishning birinchi yiliyoq taslim bo‘lishadi, bu esa dog‘larning ko‘payib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ruhiyatni tushirmay, davolanishni oxiriga yetkazish lozim. Davolanishda ayniqsa parhezga rioya etish muhim o‘rin tutadi. Parhezning asosiy talabi yog‘li, qovirilgan, achchiq, dudlangan taomlar, kalbasa, sosiska, fastfud mahsulotlari bo‘lgan (chips, kiriyeshka, gambur va h.k.), gazli, spirtli ichimliklar, muzqaymaq, konservalar, pomidor, baqlajon kabi oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmaslik lozim.

2. Achinarlisi shundaki, oq dog‘i bor ayrim bemorlar tanishlarining so‘ziga kirib, o‘zboshimchalik bilan pala-partish davolanadilar, bunday qilish salbiy oqibatlarga olib borishi mumkin.

Vitiligo bilan og‘rigan bemor spirtli ichimliklardan saqlanishi, parhez qilish kerak. Qovirilgan ovqatlar, sut, tuxum, kabob, sho‘r narsalar, achchiq taomlar mumkin emas.

3. Oftobda uzoq vaqt bo‘lish, toblanish lozim.

4. Oq dog‘larning rangini vaqtinchalik bilintirmaslik maqsadida kaliy permanganat eritmasi (margansovka)yoki qo‘ng‘ir rangli suyuq upa (tonal krem) surtish tavsiya etiladi.

O‘rallik shomonlar esa pes kasalligini 7 kun davomida mis idishda saqlangan suv bilan davolashgan. Mis suvni xar kuni naxorda och qoringa 1 stakandan va shu bilan 1 sutkada zararlangan joylarni yuvish tavsiya etiladi. Agar siz bu usuldan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, avval mis idishni yaxshilab nashatir spirt bilan artib, so‘ng oqar suvda chayishni unutmang yoki anjir pishgan paytda anjir bargini tomiriga qo‘shib para–para qilinadi va 3–4 soat qaynatiladi, so‘ngra suzib sharbati olinadi. kuniga oq joylarga surtiladi. Jaroxat qizdirib shishsa foyda. Shish qaytguncha dorilashni to‘xtatib turasiz. Yoki pishmagan xom yong‘okdan 6 donasi yanchilib, 200 gr anjir bargi bilan 2 soat davomida qaynatiladi. So‘ngra uni suzib olib oqargan joyga surtiladi. Yana shuni e’tiborga olish kerakki, anjir tomirining talqonidan 600 gr va moychechak guli talqonidan 150 gr olib aralashtirib, 1 maxal saxarda 3 qoshiqdan doimiy ravishda yeb turilsa, foyda qiladi. Agarda uyingizda devpechak o‘ti bo‘lsa, undan 3 mahal och xolda tuzalguncha choy ichib turilsa, foyda qiladi. Yoki lola urug‘idan 30–35 kun davomida uzluksiz yeb turilsa oq dog‘larga shifo bo‘ladi.
Категория: Sog'liq (Salomatlik Haqida) | Просмотров: 261 | Добавил: OtasH | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |