Главная » 2017»May»30 » Oshqozon yarasini davolashning bir nechta xalqona usullari bilan tanishing
12:09
Oshqozon yarasini davolashning bir nechta xalqona usullari bilan tanishing
Yerqalampir (xren).
Bu o‘simlik oshqozon kislotalilik muhitining pastligida qo‘llanilib, kislota ishlab chiqarilishini meyorlashtiradi. 1 choy qoshiq maydalangan yerqalampirni shuncha miqdordagi asal bilan aralashtirib, ovqatlanishdan yarim soat avval qabul qilinadi.
Karam sharbati
— uning tarkibida U vitamini bo‘lib, shilliq qavatning zararlangan sohalarini bitirishga xizmat qiladi. Yarim stakan yangi chiqarilgan karam sharbati ovqatlanishdan yarim soat oldin ichiladi. Bu odatda gastritning o‘tkir va surunkali turlari xuruj qilganda tavsiya etiladi.
Kartoshka sharbati
— oshqozon muhitining yuqori kislotalilik holatidagi og‘riqni kamaytirish uchun yangi chiqarilgan kartoshka sharbatidan foydalanish mumkin. Bu sharbatni yarim stakan miqdorida ovqatlanishdan 15-20 daqiqa avval ichish kerak.
Na’matak sharbati
— oshqozon faoliyatining buzilishi infeksiya ta’sirida bo‘lsa, na’matak damlamasi tavsiya etiladi. Mazkur damlama organizmning immun tizimini mustahkamlab, bakteriyalarga chidamlilikni oshiradi. 100 gr. na’matak mevasini 1 stakan qaynagan suvga damlab, biroz tindiriladi. So‘ng iliq holatda ovqatlanishdan oldin qabul qilish mumkin.