SPORT. Varikoz kasalligi bilan kasallanganlarga sportning ritmik mashg'ulotlari bilan shug'ullanish yaxshi foyda beradi. Bular jumlasiga velosiped haydash, suzish va yurish kiradi. Basseyndagi mashg'ulotlar oyoqlarda qon aylanishini yaxshilaydi, suzish ayniqsa oyoqning boldir qismi mushaklari uchun foydali.
MAXSUS DORI- DARMONLAR Varikoz kasalligini davolashda, oldini olishda, qon tomirlarni ichdan mustahkamlash uchun maxsus preparatlar yordam beradi. Bular asosida geosmin gesperidin yotadi. Masalan, Venarus dorisi. Uning faol moddalari qon tomirlar devorchalarini oziqlantiradi va himoyalaydi. Mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, qonning harakatini oshiradi hamda og'iq va shishni kamaytiradi. Natijada varikoz kasalligining rivojlanishi töxtaydi.
OVQATLANISH Taomnomangizda sabzavotlar va mevalar bölishi lozim. Ular turli vitamin va biriktiruvchi töqimalarga boy bölib, köktomir devorchalarini mustahkamlashga va ularning elastikligini oshirishga yordam beradi. Mandarin, apelsin va limonda S va P vitaminlari köp. Kasallik alomatlari sezilganda yog'li, achchiq va shör narsalarni yeyishni kamaytirish kerak.
MASSAJ Xaftada bir necha marotaba oyoqlarizni yengil uqalang. Bu juda oson: ertalab va kechqurun oyoqlarizni pastdan tepaga qarab uqalaysiz, bunga bor yög'i 5-10 daqiqa vaqt ajratsangiz yetarli. Natijasi esa samarali, oyoqlarning charchog'i ketib, qon aylanishi yaxshilanadi.
ISSIQ VA SOVUQ DUSH Varikozning oldini olish uchun köktomir tonusini oshirish lozim. Buning uchun har kuni oyoqlarga kontrast dush qilinadi. Galma galdan issiq va sovuq suvda oyoqlarizni tutib turing va muolajani sovuq suv bilan yakunlang.
QULAY POYABZAL Poshnasi baland poyabzal oyoqlarni zuriqtirishi hech kimga sir emas. Buning oqibatida oyoq barmoqlaridagi mayda qon tomirlarning oziqlanishi buziladi. Oqibatda venalarda qon sekin harakatlanadi va töpiq suyagi atrofi shishadi. Yaxshisi poshnasi köpi bilan 4 sm.li poyabzaldan kiygan ma'qul. Baland poshnali poyabzalni faqat baryam marosimlarida kiyishini maslahat beramiz.
MAHKAM TUTIB TURADIGAN TRIKOTAJ Maxsus paypoq "kolgotki" (ayollar uchun) va golfilar(boldirni tizzagacha qoplab turadigan paypoq) köktomirda qon aylanishini yaxshilaydi va oyoqlarning pastki qismida qon oqimining tiklanishiga yordam beradi. Bu öz navbatida varikoz kasalligining oldini olish hisoblanadi.