Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Futbol yangiliklari
Yevropa Chempionlar ligasining finalida ketma-ket ikki bor g‘olib chiqish birinchi marta Madridning “Real” klubiga nasib qildi.
“Qirollik klubi” final uchrashuvida “Yuventus” ustidan yirik g‘alabaga erishdi — 4:1. Bunga qadar o‘tgan 12 uchrashuvda o‘z darvozasidan bor-yo‘g‘i 3 ta gol o‘tkazib yuborgan “Yuventus”, birgina finalda to‘rtta to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqishga majbur bo‘ldi.
Ketma-ket ikki chempionlik rekordini takrorlash shu bilan kimga nasib etishini vaqt ko‘rsatadi. “Real” esa kelasi mavsum ketma-ket uchinchi chempionlik uchun kurashni boshlaydi.
Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi uchun atalgan sovrinni Ronalduning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shgan Ser Aleks Fergyusonning o‘zi topshirdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
Yevropa Chempionlar ligasining finalida dubl qayd etib, “Real”ni tarix sahifalariga olib kirgan Krishtianu Ronalduda faqatgina bitta armon bor — jahon chempionligi.
Portugaliyalik futbolchi qolgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritib bo‘ldi. Ayniqsa, uning oxirgi 372 kuni fantastik ruhda kechdi. Bu vaqt davomida u Chempionlar ligasida ikki marta zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Krishtining 372 kuni
2016-yil, 28-may — Chempionlar ligasi g‘olibi 2016-yil, 10-iyul — Yevro—2016 g‘olibi 2016-yil, 25-avgust — Yevropaning eng yaxshi futbolchisi 2016-yil, 12-dekabr — “Oltin to‘p” sohibi 2016-yil, 18-dekabr — klublar o‘rtasi JCh g‘olibi 2017-yil, 9-yanvar — “The Best” sohibi 2017-yil, 20-mart — Portugaliyada yil futbolchisi 2017-yil, 21-may — Ispaniya chempioni 2017-yil, 3 iyun — Chempionlar ligasi g‘olibi
Коментариев: 0
Просмотров: 64
Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasining bosh sovrinini ketma-ket ikkinchi bor qo‘lga kiritdi. Uelsning Kardiff shahri mezbonlik qilgan finalda La liga chempioni Turinning “Yuventus” klubidan ustun keldi. Foto: Getty Images Bellashuvda Krishtianu Ronaldu dubl qayd etgan bo‘lsa, Kazemiro va Marko Asensio hisobiga bittadan gol yozildi. A seriya yetakchisi safida Mario Manjukich o‘zini ko‘rsatdi. Bunga qadar Yevropaning hech bir klubiga Chempionlar ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchish nasib qilmagandi. Bu borada “Real” birinchi bo‘ldi. Shuningdek, bosh murabbiy Zinedin Zidan ham ketma-ket ikki sovrin bilan tarix sahifasidan joy oldi. Uchrashuv qahramoni sifatida e’tirof etilgan Krishtianu Ronaldu “Real” chempionligi uchun katta hissa qo‘shdi. U chorak finaldagi ikki o‘yinda “Bavariya” darvozasiga 5 ta gol urgan bo‘lsa, yarim finalda “Atletiko” darvozasiga uch 3 marta yo‘l topgandi. Endi esa Massimiliano Allegri boshchilik qiladigan klub darvozasiga, aniqrog‘i, dunyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri sifatida e’tirof etiladigan, “Oltin to‘p” uchun da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilayotgan Janluiji Buffon postiga 2 ta gol urdi. “Yuventus” uch mavsumda Chempionlar ligasi finaliga ikki marta yetib keldi va har safar Ispaniya yetakchilaridan yengildi. Ikki yil avval xuddi shunday hisob bilan “Barselona”dan mag‘lubiyat qabul qilib olgan Turin jamoasi, endi “Real”ni taslim qila olmadi. Yevro
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 93
Bugun — 3-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibini aniqlab berish uchun Madridning “Real” hamda Turinning “Yuventus” klublari maydonga chiqib keladi. Uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Zinedin Zidan hamda Massimiliano Allegri ishtirok etdi. Zinedin Zidan Biz bu mavsum katta hajmda ish bajardik: La Ligada g‘olib chiqdik, Chempionlar ligasida finalgacha keldik. Biz bosim nima ekanini yaxshi bilamiz. Chunki har doim favorit hisoblanganmiz. Vaholanki finalda favorit bo‘lmaydi. Bitta o‘yindan iborat finalda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz ko‘plab bellashuvlarni boy berdik. Demak, mag‘lubiyat nima ekanini yaxshi bilamiz. Bu “Yuventus”ga ham tegishli. Bugun bizga qarshi ajoyib jamoa to‘p tepsa-da, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishga urinamiz. Milanda o‘tgan finaldan keyin biz endi Kardiffdagi “jang” uchun tayyormiz. Futbol uchun maydonga chiqdingmi, boringni berishing shart! Men Turinda, “Yuventus”da o‘ynaganman va katenachcho nimaligidan yaxshi xabardorman.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 133
Bugun — 3-iyun kuni Yevropa Chempionlar ligasining final o‘yinida Madridning “Real” va Turinning “Yuventus” klublari saf tortadi. Bellashuvga Uelsning Kardiff shahri mezbonlik qiladi.
Mavsum davomida Chempionlar ligasi uchrashuvlarini translyatsiya qilib kelgan UzReport telekanali final bellashuvini ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish qiladi. Ayni vaqtda telekanal delegatsiyasi Kardiff shahrida bo‘lib turibdi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi. Translyatsiya esa 23:00 dan, ya’ni, 45 daqiqa oldin boshlanadi. Bunda futbolchilarning stadionga kelishidan tortib, stadion va uning atrofidagi muhitga qadar aks etadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 78
Yana 10 kundan so‘ng Eron va O‘zbekiston milliy terma jamoalari JCh—2018 saralashining javob o‘yinida maydonga tushadi. Tomonlarning Toshkentda o‘tgan birinchi uchrashuvida forslar 1:0 hisobida zafar quchgandi.
Tehrondagi javob o‘yinidagi g‘alaba Karlush Keyrush murabbiylagidagi Eron termasi uchun Rossiya mundiali eshiklarini ochadi. “Championat.asia” nashri 12-iyun kungi bellashuv oldidan besh yil avvalgi uchrashuvni eslashga qaror qildi. O‘shanda Mirjalol Qosimov murabbiylagidagi O‘zbekiston termasi Eronni safarda 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Bu hozircha o‘zaro o‘yinlardagi yagona g‘alaba bo‘lib turibdi.
2012-yilning 14-noyabr kuni O‘zbekiston termasi “Ozodi” stadionidan g‘alaba bilan qaytgan. Ulug‘bek Baqoyev gol urgan uchrashuvda O‘zbekiston sharafini kimlar himoya qilgandi?
Ignatiy Nesterov — Akmal Shorahmedov, Artyom Filiposyan, Islom To‘xtaxo‘jayev, Vitaliy Denisov, Aziz Haydarov, Fozil Musayev, Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Shohruh Gadoyev, Ulug‘bek Baqoyev. Zaxiradan tushganlar: Oleg Zoteyev, Aleksandr Geynrix, Islom Inomov.
Ajratib ko‘rsatilgan olti futbolchi 12-iyun kuni katta ehtimol bilan Tehronda bo‘ladi. Vitaliy Denisov va Islom To‘xtaxo‘jayev jarohati sabab yig‘inga jalb etilmadi. Sanjar Tursunov tarkibga chaqirilmagan.
Коментариев: 0
Просмотров: 79
O‘z tadqiqotlari bilan mashhur KPMG auditorlik kompaniyasi dunyoning eng qimmat futbol klublari reytingini tuzib chiqdi va uni ommaga oshkor qildi.
Kompaniya talqiniga ko‘ra, Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi APLda beshlikka ham kira olmagan bo‘lsa-da, dunyoning eng qimmat futbol klubi maqomiga erishgan. Bu borada “mankunian”lar Ispaniyaning ikki grandi — “Real” va “Barselona”ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” klubining tannarxi 3,186 milliard yevroni tashkil etadi. Qiziq tomoni, TOP—10 reytingdan Angliyaning biryo‘la olti klubi joy olgan. Bunda Ispaniyaning ikki, Germaniya va Italiyaning bittadan jamoasi bor.
Eng qimmat futbol klublar
“Manchester Yunayted” (Angliya) — 3,186 mlrd yevro “Real” (Ispaniya) — 3,057 mlrd “Barselona” (Ispaniya) — 2,8 mlrd “Bavariya” (Germaniya) — 2,5 mlrd “Manchester Siti” (Angliya) — 2,04 mlrd “Arsenal” (Angliya) — 2,02 mlrd “Chelsi” (Angliya) — 1,7 mlrd “Liverpul” (Angliya) — 1,4 mlrd “Yuventus” (Italiya) — 1,3 mlrd “Tottenhem” (Angliya) — 1,04 mlrd
Коментариев: 0
Просмотров: 67
6-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston hamda Tailand terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv uchun chiptalar sotuvga chiqdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmat berdi.
Eronga qarshi rasmiy o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab beruvchi uchrashuvga “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi. Chiptalar stadion kassalarida sektoriga qarab 20 va 60 ming so‘mdan sotilmoqda.
Uchrashuv 20:00 da start oladi va “Sport” telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2018 uchun kurashni davom ettirayotgan bo‘lsa, Tailand termasi shu saralashning hal qiluvchi bosqichidagi yetti o‘yindagi bitta durangni inobatga olmasa, qolgan barchasida imkoniyatni boy bergan va Rossiyadan umidini uzib bo‘lgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 80
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi finali oldidan Messi haqida ijobiy fikrlar bildirdi. Bu haqda “Sports.ru” Krishtianuning FOX Sports Argentina’ga bergan intervyusiga tayanib ma’lumot taqdim etdi.
Ha, Messi menga yoqadi. Men yaxshi futbolchilar ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilaman, Messi esa ulardan biri. U yulduz va namoyish qiladigan futboli zavqli.
Qanday qilib menga yomonlik qilmagan odamni yomon ko‘rishim mumkin?! Messidan men haqimda so‘raganlarida ham faqat yaxshi gaplarni aytgan. Chunki o‘rtamizda iliq munosabat bor, bir-birimizni hurmat qilamiz. Bizni hayotda ham raqiblardek ko‘rsatish OAVning ishi. Ahir ular ham biznes qilishi kerak.
To‘g‘ri, biz Messi bilan do‘st emasmiz, u bilan tushlik qilmaymiz. Biroq bir-birimizni hurmat qilamiz. U menga dushman emas, balki hamkasb. Messi bilan so‘nggi o‘n yil davomida bir qator taqdirlash marosimlarida birga ishtirok etganimiz ham aloqalarimizni yaxshilaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 87
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijtimoiy tarmoqlarda butun “Yuventus” tarkibidagi futbolchilardan 2,3 barobar ko‘proq odam kuzatib boradi. Bunda gap Twitter, Instagram hamda Facebook tarmoqlarining umumiy ko‘rsatkichi haqida boradi.
Portugaliyalik hujumchining uchta tarmoqdagi umumiy kuzatuvchilari 270 million kishini tashkil qiladi, deb ma’lumot bergan CupoNation kompaniyasi. “Yuventus” asosiy tarkibiga kiruvchi 26 nafar futbolchining umumiy o‘quvchilari soni esa 117 millionga teng.
Turinliklar sharafini himoya qilayotgan Dani Alvesh qolgan jamoadoshlaridan ilgarilab ketgan — 30 million o‘quvchi. Braziliyalik futbolchi bu borada Krishtianudan 9 marta ortda qolib ketgan.
“Real”ning barcha futbolchilarini umumiy 743 million kishi kuzatib boradi. Bu “Yuventus” ko‘rsatkichlaridan 6 marta yaxshiroq deganidir.
3-iyun kuni “Real” va “Yuventus” klublari Chempionlar ligasining finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 64
Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Herard Pike yozgi tanaffusdan foydalanib mashhur Garvard universitetiga leksiya tinglash uchun boradi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
30 yoshli futbolchi “Ko‘ngilochar, media va sport sohasida biznes” mavzusidagi darslarda ishtirok etadi. Bu kurslar futbolchining kelajakda klub rahbarlaridan biriga aylanishi yo‘lida as qotishi mumkin.
Bunga qadar bergan intervyularida Pike bir necha bor “Barselona” prezidenti bo‘lish orzusida ekani haqida aytib o‘tgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 85
Kecha — 30-may kuni kuchli beshlikning ko‘zga ko‘ringan ikki klubi — “Borussiya Dortmund” va “Roma” — bosh murabbiylarini iste’foga chiqardi. Dortmundning “Borussiya” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel xuddi Luis Enrike kabi mamlakat kubogida zafar quchib, o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi. Dortmundliklar Chempionlar ligasida “Monako” to‘sig‘idan o‘ta olmadi, Bundesligani esa 3-o‘rinda yakunladi. Debyutant “Leyptsig”ning tezlik olishi natijasida “Borussiya” uchlikka arang ilindi. Shartnoma bandlariga ko‘ra, Tuxel “Borussiya”dan 2 million yevro tovon puli oladi. Klubning asosiy maqsadi “Xoffenxaym”ning 29 yoshli murabbiyi Yulian Nagelsmanni taklif qilish. Biroq o‘z klubini tarixda ilk bor Chempionlar ligasiga olib chiqqan Nagelsman “Xoffenxaym”dan ketmoqchi emas. “Roma” 2016-yilning yanvarida Luchano Spaletti bilan shartnoma tuzgandi. Bir necha yillar davomida Piterning “Zenit” klubini boshqargan mutaxassis ketma-ket ikki mavsum davomida Italiya vitse-chempionligi bilan cheklandi. Oltin medallarni “Yuventus” hech kimga bermadi. Klub uning qo‘li ostida boshqa murabbiylarga nisbatdan ko‘proq gol urdi va ko‘proq ochko to‘pladi. Biz Luchano Spallettiga ulgan mehnati uchun minnatdorchilik bildiramiz. J
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 87
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining chorak finaliga yo‘llanma olgan uch klub nomi ma’lum. Toshkentda “Paxtakor” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urgan “Nasaf”, G‘uzorda kechgan takroriy o‘yinni minimal hisobda o‘z foydasiga hal qildi va mamlakat kubogi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Shu tariqa chempionatni o‘zi istaganidek boshlay olmagan “Paxtakor”, O‘zbekiston kubogini nimchorak finaldayoq tark etdi. Ulug‘bek Baqoyev boshchilik qilayotgan “Buxoro” futbolchilari Jizzaxda “So‘g‘diyona” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Tomonlarning Buxoroda kechgan ilk o‘yinida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi — 1:1. Kunning uchinchi o‘yinida Bekobod klubi qo‘qonliklarni mag‘lub etib ham navbatdagi bosqichga yo‘llanma ola bilmadi. Boisi tomonlarning vodiyda kechgan o‘yinida No‘mon Hasanov jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgandi. Bugun — 31-may kuni chorak finalga yo‘llanma olgan barcha jamoa nomiga oydinlik kiritiladi. O‘zbekiston kubogi 1/8 final. Javob o‘yinlari 30-may, seshanba “Metallurg” — “Qo‘qon—1912” 3:2 Gollar: Timur Usmonov, 24 (1:0). Darko Gojkovich, 61 (1:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 73 (1:2). Doston Tursunov, 82-pen (2:2). Doston Tursunov, 89-pen (3:2). Dastlabki uchrashuv: 0:2 “Nasaf” — “Paxtakor” 1:0 Gol: Bahrom Abdurahimov, 64 (1:0). Dastlabki uchrashuv: 3:0 “So‘g‘diyona” —
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 68
O‘zbekiston futzal terma jamoasini tarixda ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqan ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes O‘zbekistonni tark etdi. Bu haqda mamlakat futzal assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mendes 16—26-may kunlari Tailandda bo‘lib o‘tgan 20 yoshgacha futzalchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini yarim finalga qadar boshlab borgandi. Shundan keyin uning assotsiatsiya bilan shartnomasi yakuniga yetdi va mutaxassis vataniga qaytib ketdi.
2015-yilning martidan buyon O‘zbekistonda ishlagan Xose Mariya Mendes o‘tgan davr mobaynida qanday natijalar qanday etdi?
O‘zbekiston MTJ
Osiyo chempionati—2016 vitse-chempioni (Toshkent) Jahon chempionati—2016 ishtirokchisi (Kolumbiya)
O‘zbekiston U20
Osiyo chempionati—2017 da 4-o‘rin (Tailand)
“Ardus”
O‘zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016) O‘zbekiston vitse-chempioni (2016, 2017) Assotsiatsiya kubogi sohibi (2015)
O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi rahbariyati mutaxassisga O‘zbekistondagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 81
«Арсенал» клуби раҳбарияти бош мураббий Арсен Венгерни истеъфога чиқармайди.
ESPN хабарига кўра, Арсен Венгер билан икки йиллик янги шартнома имзоланади ва бу ҳақда 30 май куни эълон қилинади.
Бундан ташқари, жамоага янги спорт директори таклиф қилинади. У бош мураббийга юклатилган бир қанча вазифаларни, хусусан трансфер сиёсатини шакллантиришни ўз зиммасига олади.
Манба: football24.ua
Коментариев: 0
Просмотров: 69
« 1 2 ... 25 26 27 28 29 30 » |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|