Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Futbol yangiliklari
Madridning «Real» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe bilan, agar u «qaymoqranglilar» safiga o'tadigan bo'lsa, shartnoma shartlari qanday bo'lishini kelishib olgan, deb yozmoqda Marca.
Manba bergan xabarga ko'ra, Mbappe dastlab ispan grandi bazasi bilan tanishtirish uchun taklif etilgan va bu yerda u «Real» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilib olgan. Agar klub Mbappeni sotib oladigan bo'lsa, u bilan olti yillik shartnoma imzolanadi va uning yillik maoshi 6-7 mln yevroni tashkil qiladi. Mbappe va uning oilasi bilan «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan va klub prezidenti Florentino Peres uchrashib olgan.
«Real» hozircha monegaskliklarga rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q. Boshqa bir hujumchi Alvaro Morata sotib yuborilgach, jamoa Mbappe bo'yicha taklif bilan chiqishni ko'zlab turibdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 90
«Everton» hujumchisi Romelu Lukaku Angliyaning boshqa bir jamoasi «Manchester Yunayted»ga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda The Times nashri xabar bermoqda.
Britaniyaning eng nufuzli nashrlaridan biri sanalgan manbaning yozishicha, belgiyalik futbolchi uchun to'lanadigan transfer summasi oldin ma`lum qilinganidek 75 million emas, undan ko'proq bo'ladi. Ya`ni «MYu» dastlabki «Everton»ga 75 million funt (86 million yevro) to'laydi va yana qo'shimcha bonusi sifatida 15 million funt sarflaydi. Jami bo'lib hujumchi uchu7n 90 million funt to'lanadi.
Bundan tashqari, «MYu» hujumchi Ueyn Runini ham liverpulliklarga qaytarib beradi. Taxminan bu transfer ham 10 million funtga baholanmoqda. «MYu» Runini tekinga berib yuborishni ko'zlayotganini hisobga olsak, Lukakuning transferi jami bo'lib 100 million funt sterlingga (115 million yevro) aylanadi. Bu Pol Pogba uchun to'langan rekord puldan 10 million yeyevroga ko'proq degani.
Ma`lumot uchun, Ueyn Runi «Everton» tarkibida 1995 yildan 2004 yilgacha to'p surgan. Shulardan ikki mavsumini u jamoaning asosiy tarkibida o'tkazgan.
Lukaku hozirda Los-Anjyelesda bo'lib turibdi. Aynan shu yerda uning «MYu» futbolchisi sifatida tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 62
«Everton» hujumchisi Romelu Lukaku baribir faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettiradigan ko'rinadi. The Guardian nashri bergan xabarga ko'ra, futbolchi yangi jamoasiga o'tish oldidan AQShning Los-Anjyeles shahrida tibbiy ko'rikdan o'tadi va shundan so'ng klub bilan yangi bitim imzolaydi. Belgiyalik futbolchi hozirda Kaliforniya shtatida «MYu» futbolchisi Pol Pogba bilan birgalikda ta`tilda bo'lib turibdi. Lukaku juma kuni ortga qaytishi lozim edi. Biroq, endilikda unda Los-Anjyelesdayoq Joze Mourino jamoasi safiga qo'shilish imkoniyati yuzaga keldi. «MYu» AQShga yakshanba kuni yo'l oladi. Eslatib o'tamiz, avvalroq 24 yoshli futbolchini sotib olish uchun eng asosiy da`vogar sifatida Angliyaning boshqa bir jamoasi «Chelsi» e`tirof etilayotgandi. Bu ikki futbolchining agenti bitta – Mino Rayola Agar Lukaku transferi amalga oshadigan bo'lsa, bu «MYu»ning mavsumlar oralig'ida «Benfika»dan xarid qilingan himoyachi Viktor Lindelyofdan keyingi ikkinchi xaridi bo'ladi. Jamoa shvetsiyalik himoyachi uchun 35 million yevro to'lagandi. Joze Mourino bundan tashqari jamoaga yana bir markaziy yarimhimoyachi va bir nafar vinger sotib olishni rejalashtirmoqda. «Manchester Yunayted» 2016/17 yilgi mavsum davomida raqiblar darvozasiga 54ta gol kirita oldi xolos. Bu dastlabki yetti o'rinni egallagan jamoalar ichida eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. TOP-3likka kirgan jamoalarning barchasi 80dan ortiq gollar kir
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 78
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o'zining Ibitsadagi ta`tili vaqtida «PSJ» klubi prezidenti Nosir al-Xalayfiy bilan sirli ravishda ko'rishgan va o'zining jamoaga o'tishi masalasini muhokama qilgan. Bu haqda Ispaniyaning Okdiario nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, al-Xalayfiy 32 yoshli futbolchining agenti Jorjye Mendesh va «Real» prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi aloqada bo'lib keladi. «PSJ» prezidenti Ibitsadagi yaxtasida Ronaldu bilan ko'rishgan va uning bo'lajak transferi masalasini muhokama qilib olgan.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Krishtianu Ronaldu soliqlarni bo'yin tovlashda ayblanib, qamoq xavfi ostida qolayotgandi. Futbolchi qamoqdan qutulib qolish maqsadida belgilangan 14,8 mln yevroni to'lashga tayyorligini bildirgan. Shuningdek futbolchi bu vaziyatda klub uni qo'llab-quvvatlamayotganidan norozi bo'lib jamoani tark etmoqchi ekanini ma`lum qilgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 88
«Гуанчжоу Эвергранд» ярим ҳимоячиси Паулиньо «Барселона»га ўтмайди. Каталонлар жамоаси ушбу бразилиялик футболчи 20 млн евро тўлашга тайёр эди, аммо «Гуанчжоу Эвергранд» раҳбарияти махсус баёнот бериб, ушбу футболчиси сотилмаслигини маълум қилган.
«Паулиньо 2017 йил январида шартномани узайтирган. У бизнинг узоқ муддатга мўлжалланган лойиҳамиз учун муҳим футболчи. Шунинг учун махсус баёнот бериб, «Барселона»га Паулиньо бўйича жавобимизни бермоқчи бўлдик. «Барселона»га қизиқиш учун миннатдорчилик билдирамиз», — дейилган Goal томонидан келтирилган баёнотда.
28 ёшли хавбек билан хитойликлар шартномаси 2020 йилга қадар тузилган.
Коментариев: 0
Просмотров: 100
«Эвертон» ҳужумчиси Ромелу Лукакунинг «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин. Бу ҳақда ВВС манбалари хабар бермоқда.
Хабарга кўра, «МЮ» якунланган мавсум тўпурарларидан бирини 86 миллион евро эвазига трансфер қилади.
Лукаку келаётгани туфайли «Реал»дан Альваро Моратани олиб келишга ҳожат қолмайди, инглизлар клуби испан гранди билан ушбу трансфер бўйича келиша олмаяпти.
Манчестерликлар мураббийи 15 июлда бошланадиган мавсумолди йиғинларга қадар жамоага ҳужумчи қўшиб олишни истамоқда.
Лукакунинг агенти Мино Райола ҳисобланади. Райола ўтган ёзда ушбу агентнинг уч нафар мижози – Поль Погба, Златан Ибраҳимович ва Генрих Мхитарянни трансфер қилганди.
Эслатиб ўтамиз, олдинроқ тарқалган хабарга кўра, «Манчестер Юнайтед» бош мураббийи Жозе Моуриньо Альваро Мората ўрнига айнан Лукакуни сотиб олишга ҳаракат қилаётгани айтилганди.
Баъзи манбаларга кўра, Лукаку учун «Манчестер Юнайтед» ва «Челси» 115 миллион евро (100 миллион фунт) беришга тайёр бўлиб туришибди.
Коментариев: 0
Просмотров: 82
Мадриднинг «Реал» клуби «Атлетико» чап қанот ҳимоячиси Тео Эрнандес трансферини расман эълон қилди.
Tribuna.uz сайти берган ёзишича, 19 ёшли француз футболчиси «Реал» билан 6 йилга мўлжалланган шартнома имзолади.
Эрнандес 10 июль куни матбуот ва омма олдида таништирилади.
Эслатиб ўтамиз, футболчига шунингдек, «Барселона» ҳам жиддий қизиқиш билдирганди. бироқ Эрнандес 26 миллион евро эвазига «қаймоқранглилар» сафига ўтадиган бўлди.
Ўтган мавсумни Тео «Алавес» сафида ижарада ўтказганди.
Коментариев: 0
Просмотров: 96
«Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan klub rahbariyatidan yarim himoyachi Xames Rodriges bo'yicha takliflarni o'rganishni so'radi. AS nashri xabar berishicha, fransiyalik ushbu mutaxassis kolumbiyalik futbolchini tarkibda ko'rishni istamayapti.
Bundan avvalgi xabarlarda «Manchester Yunayted» ushbu 25 yoshli xavbekka 80 million yevro to'lashga tayyorligi aytilgandi. Rodrigesning o'zi ham «Real»da yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan noroo'i.
Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida u atigi 13 marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi (jami 22 o'yin). U bu o'yinlarda 8 gol urgan va 6 golga uzatma bergan.
Rodriges «Real»ga 2014 yili «Monako»dan 80 million yevroga olib kelingandi. O'tgan vaqt ichida u madridliklar jamoasi uchun 110 o'yin o'tkazib, jami 36 gol urgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
Londonning «Arsenal» klubi «Lion» hujumchisi Aleksandr Lyakazett bilan shartnoma imzolanganini e`lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida bayonot berilgan.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli fransuz hujumchisi londonliklar bilan uzoq muddatlik shartnoma imzolagan. Shartnomaning aniq muddati oshkor qilinmagan.
Ammo, VVS ma`lumotiga ko'ra, «Arsenal» Lyakazett uchun 53 million yevro to'lagan va qo'shimcha 7 million bonus evaziga bu summa 60 million yevroga yetishi mumkin. Futbolchi jamoa bilan 5 yillik bitimga imzo chekkan. Bu «Arsenal» va «Lion» tarixidagi eng qimmatbaho transferga aylangan
Eslatib o'tamiz, hujumchi Madridning «Atletiko» klubiga o'tishga yaqin turgandi, biroq madridliklarga nisbatan transfer taqiqining joriy etilishi sabab, bu savdo amalga oshmay qolgandi.
Lyakazett «Lion» safida 2009 yilda debyut qilgandi. Aynan shu davrdan boshlab u lionliklar safida to'p surib kelayotgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted» tomonidan hujumchi Alvaro Morataga bildirilgan 80 million yevrolik taklifini rad etdi. Bu haqda Goal.com internet-nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan ma`lumotlarga ko'ra, madridliklar futbolchi uchun bundan ancha katta bo'lgan miqdordagi mablag'ni ishlab olishni ko'zlagan.
«Manchester Yunayted» oldingi taklifini sezilarli ravishda yaxshilab, taklif miqdorini 70 dan 80 million yevroga oshirgan, biroq ular yana bir marotaba rad javobi olishgan.
Futbolchining o'zi klub mutasaddilariga jamoani tark etish istagida ekanini ma`lum qilgan.
Eslatib o'tamiz, oldinroq «Real» futbolchi uchun 80 million yevro so'rayotgani va bu summani kamaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi tez orada «Everton» futbolchisiga aylanadi. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.
31 yoshli futbolchi «Manchester Yunayted» bilan Amerika turnesiga yo'l olmagan. U hafta oxiriga qadar sobiq jamoasi «Everton» safiga borib qo'shiladi.
Xabar qilinishicha, «Everton» uni erkin agent maqomida qabul qiladi, lekin uning haftalik maoshi miqdori 250 ming funt sterlingni tashkil etadi.
Runi «Everton»ning yoshlar jamoasida 1995 yildan boshlab to'p surgan, 2002-2004 yillarda asosiy jamoada o'ynagan. Shundan so'ng «Manchester Yunayted»ga o'tgan futbolchi 12 mavsumda 253 gol urgan. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2018 yil oxirigacha tuzilgandi
Коментариев: 0
Просмотров: 92
Каталониянинг «Барселона» клуби ҳужумчиси Лионель Месси билан шартномани узайтирди. Бу ҳақда клуб расмий сайти хабар тарқатди.
Манбага кўра, аргентиналик футболчи таътилдан қайтгач, клуб билан 2021 йилнинг 30 июнига қадар мўлжалланадиган шартнома имзолайди.
Эслатиб ўтамиз, олдинроқ тарқалган маълумотларга кўра, Мессининг янги шартномасида унинг учун тўланадиган товон пули 300 миллион еврога қадар оширилгани маълум қилинганди.
Ушбу 30 ёшли футболчи «Барселона» тизимида 2001 йилдан буён бўлиб, 2004 йилда, 17 ёшида асосий жамоада дебют қилган. У шу вақтгача каталонияликлар жамоаси сафида 583 ўйинда майдонга тушган ва 507 гол урган.
У бу вақт давомида 8 марта Испания чемпиони, 5 марта Испания Кубоги соҳиби, 6 марта Испания Суперкубоги эгаси, 4 марта Чемпионлар лигаси ғолиби, 3 марта УЕФА Суперкубоги эгаси ҳамда 3 марта клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати ғолиби бўлган.
Қайд этиш керакки, Месси шартномасини узайтириши борасидаги музокаралар бир йилдан ошиқ вақт давомида муҳокама қилиб келинди.
Коментариев: 0
Просмотров: 86
Тошкентнинг «Обод» клуби Олий лига бу мавсумининг биринчи даврасидан кейин ўз фаолиятини тугатадиган бўлди. Бу ҳақда клубга яқин бўлган манба Tribuna.Uz‘га маълум қилган.
«Клуб хусусий кўринишда эди. Яъни ўз бизнесига эга шахсий бизнеси бор тадбиркорларга тегишли. Улар клубни молиялаштириш ўзини оқламайди деб ҳисоблади ва бундан буёғига жамоани молиялаштиришни истамади», дея маълум қилган манба.
Маълумотларга қараганда, клуб мутасаддилари футболчилар билан учрашиб, уларга мавжуд вазиятни тушунтирган ва уларга бошқа жамоа топишлари мумкинлигини айтган.
Эслатиб ўтамиз, «Обод» клуби ўтган мавсумда Олий лига йўлланмасини қўлга киритган ва катта қийинчиликлар эвазига лигада жон сақлаб қолганди. Бу мавсумда эса Рауф Инилеев бошқарувидаги жамоа 15-турдан куейин 9 очко тўплаб, турнир жадвалининг сўнгги, 16-поғонасида кетаётганди.
Коментариев: 0
Просмотров: 93
«МЮ»нинг собиқ бош мураббийи Алекс Фергюсон таниқли футбол агенти, жамоа футболчиси Поль Погба манфаатларини ҳам ҳимоя қилувчи Мино Райолани қаттиқ танқид қилди.
«Нега 2012 йилда Погбанинг иқтидорини ҳеч ким пайқамади дейсизми? Поль Погбани, унинг истеъдодини яхши билардик. Биз унга яхши таклиф бергандик. Лекин унинг агенти Райола. У бир қоп ахлат», – дея Фергюсоннинг сўзларини келтирган The Independent.
Бу шотландиялик мураббий Райолани илк бор танқид қилиши эмас. У ўз автобиографиясида дунёда икки агентдан нафратланиши, улардан бири Мино Райола эканини айтганди.
2012 йилда «МЮ» Погбани «Ювентус»га арзимас нархга, 450 минг фунтга бериб юборганди, ўтган йил ёзида туринликлар клубидан у рекорд даражадаги нархга - 89 млн фунт эвазига (105 млн евро) қайтариб олинди.
Коментариев: 0
Просмотров: 74
Ҳозирда «Манчестер Сити»га устозлик қилаётган «Барселона» собиқ бош мураббийи Хосеп Гвардиола L'Esportiu нашрига берган интервьюсида нима сабабдан «Барселона» енгилмас жамоа бўлиб қолавериши сабабини айтди.
«Менга «Барселона» ҳар доимгидек кучли кўринмоқда. Луис Энрикенинг жамоадаги фаолияти ёрқин кечди. Агар у бошчилигидаги жамоа яхши спорт формасида бўлганида, «Барселона»ни енгишнинг деярли иложиси йўқ эди. Жамоа ажойиб футбол намойиш этди.
Месси жамоада экан бундан кейин ҳам ҳаммаси шу тарзда давом этаверади. Аммо бу билан «Барса»нинг янги футболчилари ёмон деган фикрдан йироқман. Месси мен кўрган футболчилар ичидаги энг кучлиси. У уч-тўрт рақибни алдаб ўтгани учунмас, балки шу ишни дунёда ҳаммадан яхши бажаргани учун ҳам тенгсиз футболчи.
Ўйлашимча, «Барселона»га айнан Вальверде каби мураббий керак эди. Барча совринларни ютган жамоага, айнан янги совринлар ютишга иштиёқи баланд бўлган Эрнесто каби мураббий зарур бўларди. Жамоанинг анъаналарини биладиган яхши тушунадиган мураббий критерияларига ҳам айнан Вальверде мос келарди. Бундан ташқари унда катта тажриба мавжуд. У жамоада яхши ишлаб кета олади. Луис Энрикенинг муваффақиятига ишонганим каби, унинг ҳам натижалари ўхшашига ишонаман», деган Гвардиола.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
« 1 2 ... 12 13 14 15 16 ... 29 30 » |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|