Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 2 Mehmonlar: 2 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Futbol yangiliklari
«Barselona»ning sobiq futbolchisi Neymar «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutinoga katalonlar klubiga o'tmaslikni maslahat qildi. Bu haqda Estadao xabar tarqatdi.
«PSJ» futbolchisi o'z vatandoshiga «Liverpul»da qolishni tavsiya etgan.
Ayni vaqtda Neymar va Koutino Braziliya terma jamoasi safida JCh-2018 saralashi doirasidagi o'yinlarda qatnashish uchun yig'inda bo'lib turibdi.
Neymar shu yil yozida «Barselona»ni tark etgach, bu jamoa rahbariyati va muxlislar bilan munosabatlarda muammolarga duch kela boshladi.
Bundan avvalroq Braziliya terma jamoasi vrachi Mishel Cimoni Koutinoda hech qanaqa jarohat yoki kasallik yo'qligi, u Ispaniyaga yo'l ololmayotgani uchun tushkunlikka tushgani haqida aytib bergandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 73
Germaniyaning Hamburg shahrida AIBA shafeligi ostida boks bo'yicha Jahon chempionatining to'rtinchi kuni bokschilarimiz uchun juda muvaffaqiyatli davom etmoqda. Kecha o'tkazilgan ikkinchi saralash bosqichida to'rt nafar bokschimiz JCh chorak finaliga yo'l olgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 28 avgust — musobaqaning to'rtinchi kunida ikkinchi saralash bosqichida yana 5 bokschimiz chorak final yo'llanmasi uchun ringga ko'tarilishi belgilangan edi. 60 kg.gacha bo'lgan vaznda ikkinchi saralash bosqichida armanistonlik Karen Tonakanyanni mag'lubiyatga uchratgan Elnur Abduraimov ham chorak final yo'llanmasini hal qilganini xabar bergan edik. 69 kg.gacha vazn toifasining ikkinchi saralash bosqichi Shahram G'iyosov ukrainalik Yevgeniy Barabanovga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida ishonchli g'alaba qozondi va chorak finalga chiqqan oltinchi bokschimiz bo'ldi. 91 kg.dan ortiq vazn toifasidagi bokschilarning ikkinchi saralash bosqichida Bahodir Jalolov daniyalik Kem Larssenni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, chorak finalga yo'l oldi. Bizni hali yana 2 ta jang kutmoqda. Ularni UzReport telekanali orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin. (Toshkent vaqti bilan) 52 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 22:00 Jasurbek Latipov (O'zbekiston) - Daniel Asenov (Bolgariya) 81 kg. Ikkinchi saralash bosqichi. 28 avgust. 23:45 Bektemir Meliqo'ziyev (O'zbek
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 56
Bugun, 25 avgust kuni Monako shahrida Yevropa Ligasi guruh bosqichi uchun qur`a marosimi bo'lib o'tdi. Qur`aga ko'ra «Arsenal», «Milan» va «Zenit» kabi turnir favoritlari o'z raqiblarini bilib olishdi. A guruhi: «Vilyarreal», «Makkabi» (Tel-Aviv), «Astana», «Slaviya» Praga; B guruhi: «Dinamo» (Kiyev), «Yang Boyz», «Partizan», «Skenderbeu»; C guruhi: «Braga», «Ludogorets», «Hoffenxaym», «Istanbul BB»; D guruhi: «Milan», «Austriya», «Riyeka», AYeK Afina; E guruhi: «Lion», «Everton», «Atalanta», «Apollon» Limasol; F guruhi: «Kopenhagen», «Lokomotiv», «Sherif», «Zlin»; G guruhi: «Viktoriya», «Styaua», «Hapoel» Beer-Sheva, «Lugano»; H guruhi: «Arsenal», BATE, «Kyoln», «Tsrvena Zvezda»; I guruhi: «Zaltsburg», «Marsel», «Vitoriya», «Konyaspor»; J guruhi: «Atletik», «Herta», «Zarya» Lugansk, «Estersund»; K guruhi: «Latsio», «Nitstsa», «Zyulte-Varegem», «Vitess»; L guruhi: «Zenit», «Real Sosedad», «Rusenborg», «Vardar». 
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Bugun Fransiyaning Monako shahrida futbol bo'yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Qur`a «Barselona»ni «Yuventus» bilan, «PSJ»ni «Bavariya» bilan, «Real»ni «Borussiya» bilan bir guruhga joylashtirdi. A guruhi «Benfika», «Manchester Yunayted», «Bazel», TsSKA V guruhi «Bavariya», «PSJ», «Anderlext», «Seltik» S guruhi «Chelsi», «Atletiko», «Roma», «Qorabog'» D guruhi «Yuventus», «Barselona», «Olimpiakos», «Sporting» E guruhi «Spartak», «Sevilya», «Liverpul», «Maribor» F guruhi «Shaxtyor», «Manchester Siti», «Napoli», «Feyyenoord» G guruhi «Monako», «Portu», «Beshiktosh», «RB Leyptsig». N guruhi «Real», «Borussiya» D, «Tottenhem», APOEL. 
Коментариев: 0
Просмотров: 63
«Barselona» «Liverpul» yarim himoyachisi Filippe Koutino hamda «Borussiya» hujumchisi Usmon Dembeleni tarkibga qo'shib olish uchun katta mablag' sarflashga tayyor.
Marca xabariga ko'ra, «Barselona» rahbariyati bu futbolchilarni sotib olish uchun hech narsadan tap tortmaydi.
Manbaning yozishicha, kataloniyaliklar klubi bu futbolchilarning har biri uchun 150 million yevrodan sarflashi, Koutino va Dembele transferi 300 million yevroga aylanishi mumkin.
Коментариев: 0
Просмотров: 76
Kataloniyaning «Barselona» klubi hujumchisi Luis Suaresning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi. Bu xabarni kataloniyaliklar rasmiy sayti ham tasdiqladi.
Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko'ra, Suares o'ng oyoq tizzasidan jiddiy jarohat olgan va endilikda uning tiklanishi uchun to'rt hafta muddat talab qilinadi. Natijada urugvaylik futbolchi Ispaniya chempionatining «Betis», «Alaves», «Espanol» va shuningdek, katta ehtimol bilan «Xetafe»ga qarshi uchrashuvlarini o'tkazib yuboradi.
Shuningdek, jamoa shifokorlari himoyachi Jyerar Pikening jarohati bo'yicha ham xulosa berishgan. Pikening chov qismidan olgan jarohati unchalik jiddiy emas va u «Betis»ga qarshi uchrashuvgacha safga qaytishi mumkin bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
«Барселона» бош мураббийи Эрнесто Вальверде Испания суперкубоги учун «Реал»га қарши кечган жавоб учрашуви ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди. Қарама-қаршиликнинг умумий ҳисоби – «қаймоқранглилар» фойдасига 5:1.
«Биз бу совринни қўлдан бой бердик. Тан олиш керак, рақиб вақти-вақти билан кучлироқ кўринди, айниқса, биринчи бўлим боши ва охирида. Бизда баҳсни ўзгартириш имкониятлари бўлди, бироқ улардан фойдалана олмадик. Рақиб фаол босим ўтказди ҳамда бизни тўпни йўқотганимиз учун жазолади. Биз жисмоний жиҳатдан тезроқ тикланишимиз лозим, сабаби яқинда Испания чемпионати бошланади. Суперкубок – бу мавсумолди тайёргарликнинг якунланиши, гарчи бу совринни ютиб олишни хоҳлагандик. Тикланиш ва олдинга қараб ҳаракатланиш лозим – бошқа илож йўқ. „Реал“ни мақтаб ўтиш керак, аммо ҳали ҳаммаси энди бошланмоқда. Бизни узун мавсум кутмоқда. Футболда мағлуб бўлмайдиган жамоа йўқ, ҳамда „Реал“ ҳам мағлубият аламини татиб кўриши аниқ», - дея Вальверденинг сўзларини келтиради Marca.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
«Реал» ҳамда «Барселона» ўртасида кечган Испания Суперкубогининг жавоб ўйини бўлиб ўтди. «Сантьяго Бернабеу»да кечган ўйин мезбонларнинг 2:0 ҳисобидаги ғалабаси билан якунланди.
Учрашувнинг 4-дақиқасида Асенсио узоқ масофадан тер Штеген дарвозасини ишғол қилди. Иккинчи гол 39-дақиқада Бензема томонидан киритилди.
Жамоалар ўртасидаги биринчи ўйин ҳам 3:1 ҳисобида мадридликлар фойдасига ҳал бўлганди. Шу тариқа, «Реал» Испания Суперкубогини қўлга киритди.
Испания Суперкубоги. Жавоб ўйини Реал Мадрид – Барселона 2:0 (2:0, 0:0) Голлар: 1:0 – 4 Асенсио, 2:0 – 39 Бензема. Реал Мадрид – Навас, Варан, Марсело, Карвахаль, Рамос, Кроос (Себальос, 80), Ковачич (Каземиро, 62), Асенсио (Тео, 75), Модрич, Васкес, Бензема. Барселона – тер Стеген, Пике (Нелсон Семеду, 50), Умтити, Альба (Динь, 78), Маскерано, Ракитич, Серджи Роберто, Андре Гомеш (Деулофеу, 72), Бускетс, Месси, Суарес. Огоҳлантиришлар: Суарес (89).
Коментариев: 0
Просмотров: 74
«Barselona» va «Guanchjou Evergrand» braziliyalik yarim himoyachi Paulino transferi borasida kelishuvga erishdi.
«Barselona» klubi rasmiy saytida ma`lum qilinishicha, transfer qiymati 40 million yevroni tashkil qilgan, futbolchiga 120 million yevrolik badal puli belgilangan. 29 yoshli bu havbek bilan shartnoma payshanba kuni imzolanadi. U bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
2017 yilgi mavsumda Paulino Xitoy chempionatida 20 o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
Ispaniya Qirolligi futbol federatsiyasi (RFEF) «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga Ispaniya Superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi harakati bo'yicha jazo belgiladi.
O'yinning 82-daqiqasida o'yin bosh hakami Rikardo Bengoechea 32 yoshli portugaliyalik futbolchi katalonlar jarima maydonida simulyatsiya qilgach unga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatgandi. Bu vaziyatda Ronaldu arbitrni turtgan, bu holatni hakam o'yin protokoliga kiritgandi.
RFEF Ronalduni agressiv harakatda ayblagan va unga diskvalifitsiya qo'llagan: u hakamni turtgani uchun 4 o'yinga, qizil kartochka uchun 1 o'yinga chetlatishgan.
Bu diskvalifikatsiya Ispaniya chempionati o'yinlariga ham taalluqli bo'ladi. Ronaldu endi «Barselona»ga qarshi javob uchrashuvini va Ispaniya chempionati startidagi «Deportivo», «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad» jamoalariga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan «qaymoqranglilarning» «Barselona» bilan «Kamp Nou»da kechgan ilk uch uchrashuvning birontasida mag'lubiyatga uchramagan ilk ustoziga aylandi.
«Real» 2015/16 yilgi mavsumda «Kamp Nou»da Ispaniya chempionati doirasida 2:1 hisobida g'alaba qozongan. O'tgan mavsumda «qaymoqranglilar» Primera doirasida ko'k-anorranglilar bilan 1:1 hisobida durang natija qayd etgan. Yangi mavsumning ilk o'yinida esa madridliklar Ispaniya superkubogi uchun dastlabki bahsda mehmonda 3:1 hisobida ustun keldi.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» va «Real» 2017/18 yilgi mavsumning 36-turida «Kamp Nou»da o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv 2018 yilning 6 may kuniga rejalashtirilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya Superkubogi 1-uchrashuvida «Barselona» darvozasiga kiritgan golini nishonlashda kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi harakatini takrorladi. «Kamp Nou»da o'tgan uchrashuv «qaymoqranglilar»ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
2-bo'limda zaxiradan o'yingga tushgan Ronaldu 80-daqiqada «Real»ning ikkinchi golini urdi va futbolkasini yechib, orqa tomonidagi familiyasini stadiondagi muxlislarga ko'rsatdi. Messi Ispaniyaning yakunlangan chempionatining 33-turida «Santyago Bernabeu»da «Real»ga urgan golini shunday nishonlagandi.
Ta`kidlash joizki, Ronaldu futbolkasini yechgani uchun birinchi sariq kartochkani «ishlab olgan», 2 daqiqa o'tib esa simulyatsiya uchun yana bitta sariq kartochka olib, maydondan chiqarib yuborilgan. Endi futbolchi Superkubokning «Santyago Bernabeu»da 16 avgust kuni o'tadigan javob uchrashuvida maydonga tushmaydi.
Коментариев: 0
Просмотров: 75
Ispaniya Superkubogi uchun "Barselona" hamda "Real Madrid" o'rtasidagi ilk uchrashuv nihoyasiga yetdi. Nou Kamp stadionida kechgan o'yin madridliklarning 1:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yindagi barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Ikkinchi bo'limning 5-daqiqasida Pike o'z darvozasiga to'p kiritib hisobni ochgan bo'lsa, 77-daqiqada Messi penaltini aniq amalga oshirib, oradagi farqni yo'qqa chiqardi.
Zaxiradan maydonga tushgan Ronaldu 80-daqiqada madridliklarni oldinga olib chiqdi, biroq oradan ikki daqiqa o'tgach, hakam tomonidan simulyatsiya ishlatganlikda ayblanib, qizil kartochka bilan jazolandi.
O'yindagi so'nggi gol Asensio tomonidan 90-daqiqada kiritildi.
Javob o'yini 16 avgustdan 17 avgustga o'tar kechasi "Santyago Bernabeu" o'yingohida bo'lib o'tadi.
Barselona – Real Madrid 1:3 (0:0, 1:3) Gollar: 0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu, 1:3 – 90 Asensio. Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal, Rakitich (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inesta (Serji Roberto, 68), Deulofeu (Denis Suares, 59), Messi, Suares. Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovachich (Asensio, 68), Kroos, Beyl (Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58). Ogohlantirishlar: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41), Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80). Chetlatish: Ronaldu (82).
Коментариев: 0
Просмотров: 76
«ПСЖ» президенти Носир Ал-Хелайфи айни вақтда Мадридда бўлиб турибди. AS маълумотига кўра, у Испанияга биринчи навбатда Неймарнинг «Барселона»дан трансфери бўйича ишни ёпиш мақсадида келган. Айни вақтда каталонлар клуби Францияга бразилиялик футболчининг трансфер сертификатини юбормай турибди, бунга 222 млн евро ҳали тўланмагани сабаб.
Бундан ташқари, Ал-Хелайфи «Атлетико»дан Ян Облакни трансфер қилиш масаласида музокара ўтказмоқчи. Ушбу дарвозабонни парижликлар 100 миллион еврога сотиб олиши мумкин.
Испания пойтахтида муҳокама этиладиган яна бир масала эса «ПСЖ» ҳимоячиси Тома Меньенинг «Реал»га трансфери масаласидир. Айни вақтда французлар клубида Дани Алвес келгач бу бельгиялик футболчига жой қолмади. У Мадридда ёзги трансферлар вақтида «Манчестер Сити»га трансфер қилинган Данило ўрнини эгаллаши мумкин.
Коментариев: 0
Просмотров: 90
Дортмунднинг «Боруссия» клуби «Барселона»дан Усмон Дембеле бўйича таклиф олгани ва бу таклифни рад этганини тасдиқлади. Бу ҳақда «Боруссия» расмий сайтида маълум қилинган.
Хабарда томонлар трансфер имкониятларини муҳокама қилиш учун учрашгани айтилган.
Дортмундликлар қайд этишича, таклиф кўриб чиқилган, аммо «бу таклиф футболчининг салоҳиятига ва ҳозирги трансферлар бозоридаги ҳолатга мос эмас».
Бундан аввалроқ, Дембеле учун «Боруссия» «Барселона»дан 150 млн евро талаб этиши ҳақида хабарлар тарқалганди.
Эслатиб ўтамиз, бугун Усмон Дембеле жамоанинг машғулотларига келишдан бош тортди ва қўнғироқларга жавоб бермаяпти.
Бу вақтда уни қўлга киритиш учун «Реал» ҳам ҳаракат бошлаган.
Коментариев: 0
Просмотров: 74
« 1 2 3 4 5 6 7 ... 29 30 » |
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|