Shanba, 26.07.2025, 04:17
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Futbol yangiliklari
«Матч ТВ» телеканали шарҳловчиси, Ўзбекистон - Жанубий Корея учрашувини «Бунёдкор» стадионида шарҳлаб борган Константин Генич ўйиндан кейин фикрини билдириб ўтди.

«Ўзбекистон учун хафаман, аммо ўйин бўйича улар ғалабага ҳақли эмасди. Суриянинг қўшимча дақиқаларда гол уриши, албатта, ҳақиқий драма», дея ёзган Константин Генич ўз твиттерида.

Россиялик шарҳловчи твиттерида Ўзбекистонга келаётгани ҳақида ҳам хабар қолдирганди.

«Ўзбекистонни ЖЧ-2018га олиб чиқиш учун Тошкентга учяпман», дея ёзганди ўшанда у.
Коментариев: 0
Просмотров: 64
Ўзбекистон терма жамоаси ҳужумчиси Александр Гейнрих Жанубий Кореяга қарши учрашув унинг учун термадаги сўнггиси бўлганини айтди.

Учрашувдан кейин Ўзбекистон терма жамоаси ажратилган микст-зонадан ўтмасдан яширин йўллар орқали стадиондан чиқиб кетишга уринди. Tribuna.Uz ходимлари футболчилар жойлашган автобус яқинига боришди. У ерда фақатгина Гейнрих автобусга чиқмасдан турарди.

«Ҳеч нарса дегим келмаяпти. Ҳа, бу терма жамоадаги сўнгги ўйиним эди. Бошқа гапиришга хоҳишим йўқ», деган Гейнрих.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Кореяликлар бош мураббийидан ушбу ўйинга қилинган режа ҳақида сўралганда шундай деди:

"Биз Ўзбекистонга фақат ғалаба кераклигини билар эдик. Шунинг учун шогирдларимга, биринчи таймда имкон қадар эҳтиёткорлик билан ҳаракат қилишни, муҳими, камида дурангни сақлаб туришни илтимос қилдим. Кўрганингиздек, иккинчи таймда мезбонлар чарчаб қолишди, уларнинг ҳимоясида бўшлиқлар пайдо бўла бошлади ва биз ҳужумни кучайтирдик. Тўғри, ғалаба қозона олмадик, аммо кўрган бўлсанглар, жуда кўп вазиятларни футболчиларим голга айлантира олишмади. Шу томондан олиб қараганда, биз тактик жиҳатдан ўйинда ғалаба қозондик, деб ўйлайман".

Бир жиҳатга эътибор бердим. Аслида агар Сурия Эрон устидан ғалаба қозонганида, Жанубий Корея учун ҳам бугунги натижа қониқарсиз бўлиб қоларди. Балким, бош мураббий мана шундай кибор билан ўз ақлини бизга мақтаб ўтирмасди. Бўлиши мумкин. Балки.

Лекин биласизми, менимча, Жанубий Корея мураббийи Эрондаги ўйинни, унинг натижасини ўз режаларининг марказига қўйиб олмаганди. Унинг вазифаси айнан Тошкентдаги ўйинда ғалаба қозониш - айнан мана шу ўйин учун ўз тактикасини, сценарийсини режалаштирди. Барча қарорларни, стратегияларни мана шу ўйин устига қурди. Тўғри, ғалаба қозона олмади, аммо бу кўпроқ футболчиларнинг муаммоси, айби. Шуниси аниқ-ки, улар ғалабага биздан кўра анча яқин эдилар.

Бизни қайси ҳисоб қониқтиради? Эндичи, Сурия урибди, энди Кореяга ҳам ғалаба керак. Биз эса, учта гол уришимиз керак. Уҳ, Эрон тенглашти ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 93
JCh–2018 turniriga saralash bosqichi so'nggi – 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Janubiy Koreya (0:0) uchrashuvidan keyin Samvel Babayan matbuot anjumaniga keldi. Ammo u matbuot anjumanini brifingga aylantirib, qisqacha chiqish qilgan.

«Bugungi o'yinni hamma ko'rdi deb o'ylayman. Bugun biz uchun so'nggi imkoniyat edi. Afsuski, biz ushbu imkoniyatdan foydalana olmadik. Imkoniyatdan foydalanish uchun bizga atigi bir nechta durang yetishmadi. Men ikki yil avval terma jamoasi JChning 2-saralash bosqichida qabul qilib olgandim. Qo'limdan kelgan barcha ishni qildim. Mendan keyin keladigan murabbiy ko'proq ishlashi kerak bo'ladi. Qachondir bizga muvaffaqiyat uchun nima yetishmaganini aytarman. Hozircha savollarga javob bera olmayman», degan u.

Shundan so'ng, u jurnalistlarning savollariga javob berishdan qochib, noroziliklarga qaramasdan, matbuot anjumanini tark etgan.

«Kun.uz» muxbirlarining ma`lumot berishicha, jurnalistlar uni «pozor» («sharmanda») deya kuzatib qo'yishgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 65
ЖЧ–2018 турнирига саралаш босқичи сўнгги – 10-турида Ўзбекистон терма жамоаси Жанубий Кореяни енга олмади.

Учрашувда ҳисоб очилмади. Бу дуранг эса жанубий кореяликларга жаҳон чемпионати учун тўғридан-тўғри йўлланмани тақдим этди.

Параллел кечган учрашувда Эрон Сурия билан дуранг ўйнади - 2:2.

Натижада гуруҳда Жанубий Корея очколари сонини 15тага етказиб, иккинчи ўринни эгаллади.

Бу дуранглардан кейин Сурия ва Ўзбекистон ҳисобидаги очколар сони 13тадан. Аммо тўплар нисбатига кўра Сурия учинчи ўринда ва бу жамоа плей-офф босқичида қатнашади.

ЖЧ–2018 саралаши
Тошкент, “Бунёдкор”
5 сентябрь, сешанба

Ўзбекистон – Жанубий Корея 0:0

Огоҳлантиришлар:
Азиз Ҳайдаров(38), Анзун Исмоилов (71), Егор Кримец (84) – Жунг Ву Юнг (36)

Ўзбекистон: Игнатий Нестеров, Виталий Денисов, Анзур Исмоилов, Егор Кримец, Даврон Ҳошимов, Азиз Ҳайдаров, Отабек Шукуров, Одил Аҳмедов, Сервер Жепаров (Сардор Рашидов, 52), Элдор Шомуродов (Жалолиддин Машарипов, 86), Игорь Сергеев (Александр Гейнрих, 58).

Жанубий Корея: Ким Сёнг Гю, Ким Мин Жаэ, Сон Хён Мин, Хванг Хи Чан, Ли Кун Ху (Ли Донг Кук, 78), Ким Мин Ву, Го Йо Хан, Жанг Хюн Су (Ку Жа Чол, 43), Жунг Ву Юнг, Ким Ёнг Гвон, Квон Чанг Хун (Ём Ки Хун, 64).
Коментариев: 0
Просмотров: 66
Samvel Babayan qo'l ostidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi «Bunyodkor» stadionida rasmiy o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, ertaga soat 20:00 da xuddi shu stadionda milliy terma jamoamiz kelgusi yil Rossiyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionati osiyo mintaqasi III saralash bosqichida guruh bosqichining so'nggi tur o'yinida maydonga chiqadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 53
JCh-2018 saralash o'yinlari Osiyo mintaqasi, so'nggi bosqich, A guruh o'yinlarida 9-tur o'yinlarin o'z nihoyasiga yetdi. Natijalar bilan tanishing:

XITOY - O'ZBeKISTON - 1:0

SURIYa - QATAR - 3:1

JANUBIY KOReYa - ERON - 0:0

Yakunda, guruhimiz qo'yidagi ko'rinish hosil qildi:



Tabiiyki, so'nggi tur oldidan guruhimizdagi chigal vaziyatni oydinlashtirish va albatta, terma jamoamizning mundial yo'llanmasiga bo'lgan imkoniyatini chamalash vaqti keldi.

5 sentabr kuni, so'nggi turda qo'yidagi o'yinlar bo'lib o'tadi:

QATAR - XITOY, ERON - SURIYa, O'ZBeKISTON - JANUBIY KOReYa

Shuni alohida e`tirof etish kerakki, yo'llanmani naqd qilgan Erondan tashqari, qolgan besh jamoaning to'rttasi hali ham kamida uchinchi o'rin uchun imkoniyatni saqlab turibdi.

Endi O'zbekiston terma jamoasining imkoniyati haqida so'z yuritamiz.

Toshkentda bo'lib o'tadigan Janubiy Koreyaga qarshi o'yin qo'yidagi natijalar bilan yakunlanishi mumkin:

JANUBIY KOReYaNI YuTSAK...

Bu holda ochkolarimiz soni 15taga yetadi va Janubiy Koreyani turnir jadvalida ortda qoldiramiz. Ammo afsuski, endi buning o'zi yetarli bo'lmaydi. Sababi ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 132
JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Xitoy va O'zbekiston terma jamoalari uchrashuvidan (1:0) keyin O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o'yin borasida gapirib o'tdi.

«Qiyin o'yin o'tkazdik va afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Bugun omad bizdan yuz o'girdi, omad raqib tomonda bo'ldi. Bugungi o'yin uchun barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchini berdi. Afsuski, o'yin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bundan natijaga loyiq emasdik. O'yin yakunida Marchello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, mag'lubiyatga loyiq emasdik.

Raqibni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki, Toshkentda bo'lgani kabi bu yerda ham g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Birinchi navbatda Xitoy bilan o'yinni xotirjamlik bilan o'rganib chiqishimiz kerak. Shundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda hal bo'ladi», deya gapirib o'tdi Babayan Sport telekanali jonli efirida namoyish etilgan matbuot anjumani vaqtida.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 67
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov Xitoyga qarshi uchrashuvdan so'ng (0:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bugun darhaqiqat, juda qiyin bo'ldi. Qanchadan-qancha 100 foizlik imkoniyatlardan foydalana olmadik. Gol urishimiz shart bo'lgan vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Albatta bunday imkoniyatlardan foydalana olmaganingdan keyin jazolanasan. Sen urmasang, senga urishadi.

Endi Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o'yinda borimizni berib o'ynashimiz kerak. Bunaqa holatda yoki Koreyani yutish kerak, yoki, yaxshisi futbol o'ynashni butkul yig'ishtirib qo'yish kerak. O'yinga bugungidek yondashib biror narsaga erishib bo'lmaydi», deya jahl bilan gapirib o'tdi Ahmedov.
Коментариев: 0
Просмотров: 57
JCh–2018 saralash bosqichi A guruhi 9-turidan o'rin olgan Xitoy – O'zbekiston uchrashuvi o'z yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechdi, ikki darvoza oldida ham golli vaziyatlar kuzatildi. O'yin durangga qarab ketayotgandi, ammo mezbonlar bunga rozi bo'lishmadi.

Uchrashuvning 84-daqiqasida Gao Lin penaltidan gol urib, hisobni ochdi. O'yin yakuniga qadar hisob o'zgarmadi.

9-turdan keyin O'zbekiston terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi A guruhi 9-turida 4 g'alaba va 5 mag'lubiyat qayd etgan holda 12 ochko bilan to'rtinchi o'ringa tushdi.

Endi O'zbekiston terma jamoasi 5 sentabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasini qabul qiladi. Mazkur o'yinda JCh–2018 turniriga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkonini beruvchi yo'llanma o'ynaladi.

JCh–2018 saralashi, 9-tur
Uxan shahri, Xitoy
31 avgust, payshanba

Xitoy – O'zbekiston 1:0

Gol: Gao Lin(penalti, 84)
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Vitaliy Denisov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimets, Islom To'xtaxo'jayev, Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Marat Bikmayev (Sardor Mirzayev, 79), Eldor Shomurodov, Server Jyeparov (Aleksandr Geynrix, 86), Igor Sergeyev (Azizbek Haydarov, 67).
Xitoy: Zeng Cheng, Jang Linpeng (Ren Xang, 70), Feng Syaoting, Xao Junmin, Li Suypeng, Gao Lin, Jang Size (Syao Zi, 46), Yu Xanchao (Jao Syuri, 46), Deng Xanven, Jyeng Zi, Vu Ley.
Ogohlantirishl ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 91
JCh-2018 saralashining V guruhida 9-tur uchrashuvlari doirasida Yaponiya – Avstraliya uchrashuvi o'tkazildi.

Uchrashuvda mezbonlar Asano (42) va Ideguchi (82) urgan gollar evaziga 2:0 hisobidagi g'alabaga erishdi.

Bu g'alaba yaponlarga 2018 yilgi jahon chempionati yo'llanmasini naqd qildi.

Guruhda Yaponiya 9 turdan keyin ochkolari sonini 20taga yetkazdi va oxirgi turda qanday natijalar qayd etilishidan qat`i nazar Saudiya Arabistoni (16) va Avstraliya (16) bu jamoaga yetib ololmaydigan bo'ldi.

Shu tariqa, Yaponiya 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda ishtirok etishi aniq bo'lgan to'rtinchi terma jamoaga aylandi. Turnirda shu vaqtgacha Rossiya, Braziliya va Eron terma jamoalari ishtirokini naqd qilgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 65
31 avgust kuni Yevropada transferlar oynasi yopilmoqda. Transferlarning oxirgi kuni har galgidek qizg'in kechmoqda. Yoz bo'yi katta mablag'lar sarflagan «PSJ» hali to'xtamadi, «Barselona» hali tarkibni to'ldira olmadi, Angliyada jamoalar oxirgi soatlardan foydalanib qolishmoqchi. Quyida kim qayerga o'tayotgani, qaysi jamoa kimni sotib olayotgani haqidagi oxirgi xabarlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

Transferlarning oxirgi kunidagi asosiy intrigalar:
Mbappe «Monako»dan «PSJ»ga
Koutino «Liverpul»dan «Barselona»ga
Lemar «Monako»dan «Liverpul»ga
Di Mariya «PSJ»dan «Barselona»ga
O'zil «Arsenal»dan «Borussiya»ga
Sanches «Arsenal»dan «Manchester Siti»ga
Chemberlen «Arsenal»dan «Liverpul»ga

Chemberlenga javob berildi
Angliya Premer-ligasida muhim transferlar. «Arsenal» futbolchisi Aleks Oksleyd-Chemberlen «Chelsi» taklifini rad etib, «Liverpul»ni tanladi. Bu poygada Yurgen Klopp Antonio Konteni yutib chiqdi. Angliyadan kelayotgan ma`lumotlarga ko'ra, liverpulliklar klubi ushbu futbolchi uchun London jamoasiga 40 mln funt sterling to'laydi. Oksleyd-Chemberlen ayni damda yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Mbappe — Neymar yoniga
— «PSJ» moliyaviy feyr-pleyga amal qilgan holda 31 avgust kuni Kilian Mbappe transferini amalga oshirmoqchi. «Monako» futbolchisi parijliklarga 150-170 mln yevroga tushadi. «PSJ» Mbappeni keyingi yili sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga ol ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 87
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo'yicha AIBA shafeligi ostida o'tayotgan jahon chempionati chorak final o'yinlari boshlandi. Ma`lumki, chorakfinal janglarida to'qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.

Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do'smatov hindistonlik Amit Kumarni yengib, yarimfinalga yo'l oldi.

64 kg.gacha yuo'lgan vazn toifasida hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov mezbon Germaniya nomidan ringga chiqqan Artyom Harityunyanga qarshi jang olib bordi. Artyom bizning mashhur bokschimiz Artur Grigoryanning kuyovi ekan. Uchrashuv hamyurtimizning 3:2 hisobidagi g'alabasi (2:0 jarima ochkolari bilan) bilan yakunlandi va u ham yarimfinalga yo'l oldi.



Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.

75 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:45

Isroil Madrimov (O'zbekiston) - Troy Isli (AQSh)

91 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 20:15

Sanjar Tursunov (O'zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)

52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15

Jasurbek Latipov (O'zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)

60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45

Elnur Abduraimov (O'zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)

69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00

Shahram G'iyosov (O'zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)

81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30

Bektemir Meliqo'ziyev (O ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 84
Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo'yicha AIBA shafeligi ostida o'tayotgan jahon chempionati chorak final o'yinlari boshlandi. Ma`lumki, chorakfinal janglarida to'qqiz nafar bokschimiz qatnashmoqda.

Dastlabki jangda 49 kg vazn toifasida Hasanboy Do'smatov hindistonlik Amit Kumarga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi. Bu esa Hasanboy eng kamida bronza medalni qo'lga kiritganini bildiradi.

Chorakfinal janglarida qatnashayotgan qolgan bokschilarimiz quyidagi soatlarda ringga chiqishadi.

64 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:15

Iqboljon Xoldorov (O'zbekiston) - Artyom Harityunyan (Germaniya)

75 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 19:45

Isroil Madrimov (O'zbekiston) - Troy Isli (AQSh)

91 kg. Chorakfinal. 29 avgust, 20:15

Sanjar Tursunov (O'zbekiston) – Roy Korving (Niderlandiya)

52 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:15

Jasurbek Latipov (O'zbekiston) - Seyber Avila (Kolumbiya)

60 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 22:45

Elnur Abduraimov (O'zbekiston) - Otar Eranosyan (Gurjiston)

69 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:00

Shahram G'iyosov (O'zbekiston) - Pet MakKormak (Angliya)

81 kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:30

Bektemir Meliqo'ziyev (O'zbekiston) - Yerik Aljanov (Qozog'iston)

91+ kg. Chorakfinal. 29 avgust. 23:55

Bahodir Jalolov (O'zb ... Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 77
«Yuventus» hujumchisi Mario Manjukich Yevropa Chempionlar ligasi finalida «Real» darvozasiga yo'llagan gol 2016/17 yilgi mavsumning eng yaxshi goli sifatida tan olindi.

UYeFA rasmiy saytida eng yaxshi golni aniqlash bo'yicha o'tkazilgan so'rovnoma yakunlari keltirilgan.

«Yuventus» va «Real» o'rtasidagi bahs 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tgan va madridliklar g'alabasi bilan yakunlangan (4:1). Xorvatiyalik futbolchi o'yinning 27-daqiqasida chalqancha uslubda zarba berib hisobni tenglashtirgandi. Ammo turinliklar bu o'yinning ikkinchi bo'limida 3ta gol o'tkazib yuborib mag'lub bo'lgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 74
« 1 2 3 4 5 6 ... 29 30 »
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Iyul 2025  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |