Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 18 Mehmonlar: 18 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » Жахон янгиликлари
6 сентябрда Қуёшда 12 йил ичидаги энг кучли чақнаш юз берди. Бу чақнаш иккита йирик қуёш доғлари гуруҳи қўшилиши оқибатида юзага келган. Бу ҳақда Россия Фанлар академиясининг физика институтидаги Қуёш рентген астрономияси лабораторияси маълум қилди. “Бундай кўламдаги воқеалар юлдузимизда вужудга келадиган энг йирикларига тааллуқлидир. Бундай чақнашлар жуда камёб, ўзига хос шароитларда, қоидага кўра, қуёш фаоллиги чўққисида шаклланади. Қуёш фаоллиги энг паст бўлган ҳозирги вазиятда бундай даражадаги чақнаш юз берганини олимлар ҳали аниқлашлари керак бўлади”, деб айтмоқдалар олимлар. Рентген нурланиш кучи бўйича қуёш чақнашлари 5 синфга бўлинади: A, B, C, M ва X.. Энг минимал синф A0.0 Ер орбитасида 1 квадрат метр жойга 10 нановатт тўғри келадиган кучга мос келади. Кейинги ҳарфга ўтганда қувват 10 маротаба ошади. Бугунги чақнаш энг охирги синф – Х синфига тегишли. Унда Х9.3 балл берилган. Бу эса уни Қуёш сиртида бундай ҳодисалар қайд қилиб борилаётган вақт давомидаги энг кучли 5 та портлашдан бирилигини кўрсатади. Олимларнинг айтишича, бу чақнаш Қуёшнинг Ерга “қараб турган” нуқтасида юз берди ва шу сабабли бу чақнашнинг сайёрамизга таъсири максимал бўлади. Ҳозирча бунинг Ердаги ҳаёт, орбитадаги фазогирлар ва сунъий йўлдошлар учун таъсирини олдиндан айтишнинг иложи йўқ ва улар ҳақида бир неча кундан кейингина билишимиз мумкин.
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 104
Qirg'izistonda shunday qishloqlar borki, u yerda biror kishi vafot etib qolsa, uni dafn etishga odam topilmaydi. Chunki u yerlarda faqat qariyalar va yosh bolalar istiqomat qilishadi. Bu haqda «Qirg'iz respublikasida qariyalar» nomli tadqiqotda so'z yuritilgan, deb yozmoqda 24.kg axborot agentligi.
Qayd etilishicha, ayrim qishloqlarda keksalar va yosh bolalar yashaydi. Ekspertlarning so'zlariga ko'ra, bu qariyalar bilan bir qatorda bolalar uchun ham yaxshi emas. Bunday bolalar kerakli ta`lim-tarbiya ololmaydi.
Tadqiqot natijasiga ko'ra, 75 yoshdan katta bo'lgan har to'rtinchi qariya haftada 5 kun nevaralariga qarash bilan ovora. Keksa kishilarning ko'pchiligi haftada bir necha marta o'zlari bilan birga yashamaydigan nevaralarining holidan xabar olishga majbur.
«50-54 yoshdagilar uydagi ko'plab ishlarni bajarishadi, kommunal xizmatlarni to'lashadi, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiladi va faol dam olishadi. 80 yoshdan kattalar xo'jalikdagi turli vazifalarning chorak qismigacha ado qilishadi», — deyiladi hisobotda.
Tadqiqot 4 ming uy xo'jaligida o'tkazilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 70
SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sun`iy idrok haqidagi so'zlariga izoh berdi.
Putinning ma`lum qilishicha, kim sun`iy idrok sohasida yetakchiga aylansa, «dunyo hukmdori» bo'lishi mumkin.
«Xitoy, Rossiya, barcha davlatlar yaqinda kompyuter fanlarida kuchayadi. Milliy darajada sun`iy idrok sohasidagi ustunlik uchun raqobat katta ehtimol bilan Uchinchi jahon urushiga sabab bo'ladi», - deya yozdi u tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq Ilon Mask Hyperloop kapsulasining tezlik bo'yicha yangi rekordini o'rnatgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 61
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Bloomberg agentligining RF Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Oreshkin mamlakat rahbari Vladimir Putinning «arzandasi» ekani haqidagi xabariga izoh berdi.
«Men, aftidan, vaziyatni Bloomberg kabi ko'rish imkoniyati va u haqda barcha ma`lumotga ega emasman, shuning uchun bunday tahlilga baho bera olmayman. Xullas, men bunday gap-so'zlar qayerdan kelib chiqayotganini tushunmayapman», - dedi Peskov.
Avvalroq Bloomberg agentligi «Putinning yangi arzandasi» haqida ma`lum qilgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 72
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi maxsus bayonot bilan chiqdi. Unda AQShning Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo'g'anning 15 nafar tansoqchisiga ayblov e`lon qilish bo'yicha qarori salbiy baholangan.
«Bu xolis bo'lmagan ayblov xulosasi qabul qilinganidan juda jiddiy tarzda norozimiz», - deyiladi xabarda.
Vazirlikning ta`kidlashicha, ularning bu masala bo'yicha pozitsiyasi AQShning Anqaradagi elchisiga berilgan.
Avvalroq AQSh Erdo'g'anning 15 nafar tansoqchisiga ayblov e`lon qilgani xabar berilgandi. Hujjatda ta`kidlanishicha, 19 nafar ayblanuvchi may oyidagi tinch namoyishlarda "xavfli quroldan foydalangan holda hujum uyushtirgan" va "namoyishchilarni oyoqlari bilan tepgan". Ularga 15 yilgacha qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 78
Kuzatuvlar tarixidagi eng yirik astreoidlardan biri Yerga yaqinlashmoqda, deya ogohlantirmoqda NASA.
Koinot ob`yekti 4,4 diametrga ega bo'lib, olimlar uni «Florentsiya» deb atashdi. U 1 sentabr kuni Yerga maksimal darajada yaqinlashadi.
Ma`lum qilinishicha, gigant-astreoidning sayyoramiz bilan orasidagi masofa xavfsiz hisoblanadi - taxminan 7 million kilometr. Astreoid Puerto-Riko hududida joylashgan radar va qurilmalardan kuzatiladi.
Ta`kidlash joizki, «Florentsiya» 1980 yilda kashf qilingan. Astreoidning Yerga yaqinlashishi olimlarga ushbu osmon jismi haqida qo'shimcha ma`lumot olish imkonini beradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 104
AQShdagi Jon Hopkins universiteti olimlar guruhi Mars sayyorasi sirtida — ekvatori yaqinida muz shaklidagi katta suv zaxirasi borligini aniqlashgan. Ular bunday xulosaga Mars Odyssey orbital apparatidan olingan ma`lumotlarni tahlil qilib bo'lishganidan so'ng kelishgan. Lekin Qizil sayyora iqlimi hisobga olinadigan bo'lsa, sayyoraning bu hududida suv topilishi amri mahol. Bu haqda ScienceAlert nashri maqola e`lon qilgan.
Mars Odyssey Mars sirtidan 4 ming kilometr balandlikda joylashganligi sababli u sayyora gruntidagi suv miqdorini bevosita aniqlay olmaydi. Biroq u kosmik nurlarning suv tarkibiga kiruvchi vodorod bilan to'qnashuvidan so'ng paydo bo'ladigan neytronlarni qayd eta oladi. Bu hodisa 2002 yildayoq Qizil sayyorada suv borligini aniqlashda qo'l kelgan, lekin o'shanda sayyoraning qutblari tilga olingan edi. Shu paytgacha ekvatorda suv tezda bug'lanib ketadi, deb hisoblab kelinayotgan edi.
Apparat ma`lumotlariga ko'ra suv zaxiralarining xaritasi yaratilishiga imkon bergan yangi statik uslublar yordamida muzlar sayyoraning issiqroq hududlarida ham mavjudligi aniqlandi. Olimlarning fikriga ko'ra, bunday g'ayrioddiy natijalar kelib chiqishi Marsning o'qi bir necha million yillar muqaddam boshqa burchak ostida joylashgani va ekvatorda ko'plab miqdorda suv yig'ilib qolgani bilan tushuntirildi. Biroq muzga aylangan suv qandaydir sabab bilan o'z holatini o'zgarmasdan saqlanib kelmoqda.
Коментариев: 0
Просмотров: 81
Tojikiston ta`lim vazirligi maktablarda ta`lim oluvchi o'quvchi-qizlarga hijob kiyish, o'g'il bolalarga esa soqol qo'yishni taqiqladi. Bu haqida idora matbuot xizmatiga asoslanib, "Xovar" agentligi ma`lum qildi.
"Tojikistonlik o'quvchi-qizlarga maktabda ta`lim olish davomida hijob, tor, yirtiq jinsi, kalta yubka kiyish, quloqning faqat bir tomoniga zira taqish, ko'zga tashlanadigan tarzda bo'yanish taqiqlanadi. O'g'il bola o'quvchilarning soqol qo'yishi, sochlarini o'stirishi, zirak taqishi, tirnoq o'stirishi mumkin emas, jinsi shimlarga faqat qishki mavsumda ruxsat beriladi", - deyiladi xabarda.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, ta`lim vazirligi o'quvchilarga shuningdek tatu soldirish, reklama yozuvli va boshqa mamlakatlarning davlat ramzlari tushirilgan futbolkalarni kiyishni taqiqlaydi. Mashg'ulotlarga sport kiyimida kelish mumkin emas, jismoniy tarbiya darsi bundan mustasno.
Ta`lim vazirligi maktab formasini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilishni tavsiya qildi, biroq bu majburiy emas.
Коментариев: 0
Просмотров: 87
O'tib borayotgan hafta davomida AQSh Shimoliy Koreyaga nisbatan bosimni kuchaytirib borayotganiga guvoh bo'lmoqdamiz. Go'yoki katta urush oldidan ittifoqchilari bilan kelishib olayotgan mamlakat singari ASEAN yig'ilishida ishtirok etgan Davlat kotibi Reks Tillerson mintaqadagi davlatlarni Pxenyanga qarshi turishga chaqirmoqda. Shuningdek, shimolliklar hukumati ham qo'l qovushtirib turgani yo'q: KXDR navbatdagi kichik o'lchamli yadroviy jangovar kallaklarni yaratdi, Guam orolini «Xvason-12» raketalari bilan «yo'q qilib tashlash» tashabbusi bilan chiqdi. Kuzatilayotgan ziddiyatlar haqiqatan urush bilan tugaydimi yoki bu navbatdagi po'pisalar ketma-ketligimi? O'tgan yili Shimoliy Koreya harbiylari ikki marta yadro qurolini sinovdan o'tkazishi, unga nisbatan chet el sanksiyalari kuchayishiga olib kelgan edi. Endilikda esa bu harakatlar arzirli natija ko'rsata olmadi shekilli, iyul oyining o'zida Shimoliy Koreya ikki marta qit`alararo uchuvchi ballistik raketalarni ko'z-ko'z qilib o'tdi. Inqiroz yoqasida turgan har ikkala mamlakatni ham kutilmagan qarorlar qabul qilishi bilan ajralib turuvchi, bir so'z bilan harakatlarining oldini ko'rish mumkin bo'lmagan rahbarlar boshqarsada, xalqaro kuzatuvchilar urush bo'lishi ehtimoldan yiroq ekanini ta`kidlamoqda. Associated Press'ning Pxenyandagi byurosi sobiq rahbari, Uilson markazi xodimi Jan Li shunday deydi: «Ikki davlat o'rtasida qurolli to'qnashuvning kelib chiqishi haqiqatga mos kel
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 116
Iroq Oliy jinoyat sudi qaroriga ko'ra, 27 kishi 2014 yili IShID jangarilari tomonidan amalga oshirilgan «Shpayxer qatliomi»ga aloqadorlikda ayblanib, o'lim jazosiga mahkum etildi. Seshanba kuni e`lon qilingan qaror matni bilan jurnalistlarni tanishtirgan mamlakat Oliy jinoyat sudi vakili Abdul Sattor Biroqdor «27 nafar jinoyatchi o'shanda 1,700 kishi qatl etilgani uchun jazolanishi kerak», deb fikr bildirgan.
Qaror Oliy jinoyat sudi tomonidan qabul qilinganiga qaramay, ayblanuvchilar apellyatsiya qilishi va o'z himoyasi uchun dalillarni keltirishi mumkin. Ushbu kishilarning jazolanishi «Shpayxer qatliomi»ga aloqador shaxslarning o'limga mahkum etilishiga oid ikkinchi yirik qaror hisoblanadi. 2016 yili Iroq hukumati 36 nafar jinoyatchini dorga osish orqali o'lim jazosiga mahkum etgan edi.
Shpayxer, Tigrit shahri yaqinidagi AQShning sobiq harbiy bazasi, IShID jangarilari tomonidan nazoratga olingach, qo'lga olingan shia e`tiqodidagi kishilarning qatliomiga guvoh bo'lgan. Hozirgacha jangarilar tomonidan o'ldirilgan kishilarning 1,700 nafarga yaqini kafanlanib, qaytadan ko'mildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 66
Olmaotada Xitoyning Sintszyan-Uyg'ur muxtor tumanida yuz bergan zilzila kuchi sezildi. Bu haqda shaharning favqulodda vaziyatlar departamenti ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, Olmaotada sezilgan zilzila kuchi 4 ballni tashkil qilgan.
Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 5:30da (Toshkent vaqti bilan soat 04:30) qayd qilingan. Zilzila markazi Olmaotadan 490 km uzoqlikda bo'lgan.
"Vayronalar va jabrlanganlar haqida ma`lumotlar yo'q", deyilgan xabarda.
Xitoy markazida joylashgan Sichuan viloyatidagi kuchli zilziladan keyin shimoli-g'arbidagi Sintszyan-Uyg'ur muxtor tumanida 6,5 magnitudali yangi zilzila yuz berdi.
Коментариев: 0
Просмотров: 67
Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida halok bo'lganlar soni 12 kishiga yetdi. Bu haqda South China Morning Post xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, so'nggi ma`lumotlarga ko'ra, 175 kishi jabrlangan.
8 avgust kuni Xitoyning Sichuan viloyatida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. 9 avgust kuni esa Jinjon-Uyg'ur muxtor tumanida yana bir yer silkinishi qayd etildi.
Коментариев: 0
Просмотров: 58
Кузда Ерга астериод бўлаги яқинлашиб келиши кутилмоқда, деб хабар беради NASA кузатувчилари. Бу ҳолат унчалик қўрқинчли ва ташвишга сабаб бўлувчи эмас, қайтанга, агентлик сайёранинг ҳимоя тизимини нечоғли самарали ишлашини текшириб олиш имконияти пайдо бўлганидан хурсанд бўлмоқда. 2012 TS4 астероиди Ерга яқинлашиб келиш санаси тахминан 12 октябрь кунига тўғри келади. NASA олимларининг таъкидлашича, у Ер юзасидан 6,800 км узоқликдаги чегарадан ўтмайди. Шунга қарамай, мутахассислар унинг фазодаги аниқ ҳаракатланиш чизиғини айтиб бера олмайди, сўнгги марта олимлар астероидни 2012 йили кузатишган эди. NASA тадқиқот марказидаги кузатиш майдонларида ойига юзлаб бундай майда фазо бўлакларининг ҳаракатланиши ва Ерга яқинлашуви кузатилади.
Коментариев: 0
Просмотров: 95
«Ҳаббл» телескопик аппаратини ишлатиб, астроном олимлар «WASP-121B» кодли номланишга эга ноёб экзосайёрани топишган. Унинг атмосфераси максимал даражада қизиб ётибди, деб ёзади Global Science.
Олимлар ушбу топилмани жуда ноёб деб аташган. Илгари Қуёш системасида бунақаси мутлақо учратилмаган эди. NASA’нинг олий малакали мутахассисларининг фикрича, сайёра сиртида аслида ҳеч бир ғайритабиий жараён юз бераётгани йўқ.
У атмосфераси уникига ўхшаш бўлган минглаб юлдузлар каби оддий юлдуз ҳисобланади. Рус олимлари эса топилмани чиндан ҳам уникал, деб ҳисоблашмоқда.
Махсус жиҳозланган лаборатория комплексда ушбу экзосайёрани бир неча ой давомида кузатган россиялик астронавтларнинг қайтадан текшириб тасдиқланган назариясига кўра, ушбу сайёра янада синчковлик ва диққат билан кузатилмоғи лозим.
Коментариев: 0
Просмотров: 74
АҚШнинг NASA коинот агентлигига планетар ҳимоя бўйича зобит керак бўлиб қолгани сабабли ушбу вакансия чоп этилгач, унга 9 ёшли мактаб ўқувчиси Жек Дэвис жавоб берган. Бу ҳақда Daily Mail нашри хабар бермоқда.
"Ҳурматли NASA, менинг исмим Жек Дэвис ва мен планетар ҳимоячи мутахассислиги лавозимига ариза бермоқчиман. Мен 9 ёшда бўлишимга қарамай, бу ишга тўғри келаман. Бунга сабаблардан бири – менинг опам мени ўзга сайёралик дейди. Мен ҳали ёшман, шу сабабли мен ўзга сайёралик каби ўйлашни ўрганиб олишим мумкин", деб ёзган 4-синф ўқувчиси.
Эътиборлиси, болакайни NASA коинот ҳудудидини тадқиқ қилиш бўйича бошқарилувчи ва бошқарилмайдиган экспедициялар давомида биологик ва органик зарарланишнинг олдини олиш соҳасидаги мутахассисга тўламоқчи бўлган маош миқдори қизиқтирмаган. Ваҳоланки, ушбу лавозим учун тўланадиган маош анчагинани – йилига 124,4 минг доллардан 187 минг долларгачани ташкил қилади.
NASA’нинг планетар фанлар департаменти директори Дэвид Грин боланинг мактубига дарҳол жавоб берган ва уни албатта ишга олишга ваъда берган. Бироқ у "ўзга сайёралик" болакайга бир шарт қўйди – яхши билим олиб, шундан кейингина бошқармага келишни айтган.
Коментариев: 0
Просмотров: 74
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
« Iyul 2025 » |
Пн |
Вт |
Ср |
Чт |
Пт |
Сб |
Вс |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 | 29 | 30 | 31 | |
 |
Архив записей |
|
 |
|