O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi Xurshid Mirzohidov lavozimidan ozod etildi.
Bu haqdagi xabarlar turli internet saytlarida e`lon qilindi. Hozirga qadar hech bir rasmiy manbada bu haqda ma`lum qilinmadi.
O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi sayti mtrk.uz`ning "rahbariyat" bo`limidan Mirzohidov haqidagi ma`lumotlar olib tashlangan.
Ma`lumot uchun, Xurshid Mirzohidov shu yilning fevralida 12 yil davomida televideniega rahbarlik qilgan Alisher Xo`jaev o`rniga rahbar etib tayinlangan edi.