Меню сайта |
|
 |
Категории раздела |
|
 |
Наш опрос |
|
 |
Мини-чат |
|
 |
Статистика |
Hozirda Saytda: 1 Mehmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
 |
|
Главная » 2017 » Sentabr » 04
Qirg'izistonda shunday qishloqlar borki, u yerda biror kishi vafot etib qolsa, uni dafn etishga odam topilmaydi. Chunki u yerlarda faqat qariyalar va yosh bolalar istiqomat qilishadi. Bu haqda «Qirg'iz respublikasida qariyalar» nomli tadqiqotda so'z yuritilgan, deb yozmoqda 24.kg axborot agentligi.
Qayd etilishicha, ayrim qishloqlarda keksalar va yosh bolalar yashaydi. Ekspertlarning so'zlariga ko'ra, bu qariyalar bilan bir qatorda bolalar uchun ham yaxshi emas. Bunday bolalar kerakli ta`lim-tarbiya ololmaydi.
Tadqiqot natijasiga ko'ra, 75 yoshdan katta bo'lgan har to'rtinchi qariya haftada 5 kun nevaralariga qarash bilan ovora. Keksa kishilarning ko'pchiligi haftada bir necha marta o'zlari bilan birga yashamaydigan nevaralarining holidan xabar olishga majbur.
«50-54 yoshdagilar uydagi ko'plab ishlarni bajarishadi, kommunal xizmatlarni to'lashadi, oziq-ovqat mahsulotlari xarid qiladi va faol dam olishadi. 80 yoshdan kattalar xo'jalikdagi turli vazifalarning chorak qismigacha ado qilishadi», — deyiladi hisobotda.
Tadqiqot 4 ming uy xo'jaligida o'tkazilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 70
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 sentabr kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 32-34 daraja issiq bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esib, g'arbga tomon o'z yo'nalishini o'zgartiradi. Kechasi 17-22, kunduzi 35-40 daraja issiq bo'ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo'ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 34-39 daraja issiq bo'ladi. Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 32-37 daraja issiq bo'ladi
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 98
Hollivud aktrisasi va rejissyori Anjyelina Joli qachon ishga qaytishini ma`lum qildi. The Hollywood Reporter shu haqida xabar berdi.
Jolining so'zlariga ko'ra, u aktyor va prodyuser Bred Pitt bilan ajrashishiga bog'liq murakkab "oilaviy vaziyat" tufayli bir yillik tanaffus olgan.
Aktrisaning ma`lum qilishicha, uning keyingi loyihasi shu yilning o'zidayoq Disney tomonidan suratga olinadigan «Malefisenta» ertagi sikveli bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, Joli «Kleopatra»ning ssenariysi tayyor ekanini ma`lum qilgan.
«Ko'p g'oyalar havoda uchib yuribdi», – dedi aktrisa, lekin hech qanday majburiyatni o'z bo'yniga olmaganini qo'shimcha qildi.
Biroz avval Anjyelina Jolining «Dastlab ular otamni o'ldirishdi» filmi treyleri chiqqani haqida xabar berilgandi. Jolining yangi kartinasi kambojalik yozuvchi ayol va huquq himoyachisi Lung Ang hamda uning xotiralariga bag'ishlangan. Aktrisa u ayol bilan 2002 yilda, Kambojaga insonparvarlik yordami ko'rsatilgan paytda tanishgan, keyinroq u haqida film suratga olishga qaror qilgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 52
O'zbekistonda ertadan 1 AQSh dollari 8100 so'mga teng bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan 5 sentabr sanasidan kuchga kiradigan yangi qiymatlarini e`lon qildi. Yangi kursga ko'ra, 1 dollarning qiymati 8100 so'mni tashkil qilmoqda. Dollar o'tgan haftadagi kursga nisbatan 3889 so'm 65 tiyinga qimmatladi. 1 yevro qiymati 4678,6 so'mga oshib, 9645 so'm 48 tiyinga yetdi. 1 Rossiya rubli 139,91 so'm etib belgilandi, bu o'tgan haftaga nisbatan 68,73 so'mga ko'p. Eslatib o'tamiz, 3 sentabr kuni O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birlamchi chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-5177 sonli farmoni imzolandi va bu farmon 5 sentabrdan kuchga kirishi ma`lum qilindi.
Коментариев: 0
Просмотров: 88
Ilgizar Sobirov Xorazm viloyatining yangi rahbari etib tayinlandi. Uning Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani haqida prezident matbuot xizmati saytida xabar qilingan.
U bu lavozimida bugun prezident farmoni bilan O'zbekiston ichki ishlar vaziri etib tayinlangan Po'lat Razzaqovich Bobojonov o'rnini egalladi.
1959 yilda tug'ilgan Ilgizar Sobirov 2003—2005 yillarda Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumaniga hokimlik qilgan. 2005 yili Oliy Majlis Senatiga saylangan. 2006—2015 yillarda O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi sifatida faoliyat ko'rsatgan.
Коментариев: 0
Просмотров: 68
O'zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha tijorat banklari ertaga, 5 sentabr kunidan boshlab erkin konvertatsiya amaliyotini joriy etishi kutilmoqda. «Kun.uz»ning bank tizimida ishlaydigan manbasi xabar berishicha, valyuta oldi-sotdi ko'rsatkichi 8000-8150 so'm bilan boshlanadi.
Xorijiy valyutani sotmoqchi bo'lgan mijoz, masalan 100 AQSh dollari uchun 800 000 so'm etib belgilangan erkin konvertatsiya kursi bo'yicha amaliyotni bajaradi. Aksincha, 100 AQSh dollarini xarid qilmoqchi bo'lgan bank mijozi 815 000 so'm etib belgilangan kurs bo'yicha ish tutadi.
Hozircha boshqa xorijiy valyutalarning so'mga nisbatan erkin konvertatsiyalanish kursi belgilanmagan. Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko'ra, Markaziy Bank tomonidan belgilangan milliy so'mning xorijiy valyutaga nisbatan kursi 8000 so'mgacha o'zgarib boradi.
Коментариев: 0
Просмотров: 83
O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo'yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF-5177-sonli farmonni imzoladi. Farmonga ko'ra 2017 yilning 5 sentabridan boshlab: Yuridik shaxslar joriy xalqaro operatsiyalar bo'yicha xorijiy valyutani tijorat banklaridan cheklanmagan miqdorda xarid qilishlari mumkin. Jismoniy shaxslar ham tijorat banklarining konversion bo'limlarida xorijiy valyutani erkin sotish va xarid qilishlari mumkin. Bunda o'rnatilgan qoidaga ko'ra, sotib olingan valyuta mablag'lari xalqaro to'lov kartalariga o'tkazib beriladi va undan xorijda hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin bo'ladi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan, lekin xorijdan iste`mol tovarlari importi bilan shug'ullanuvchi xususiy tadbirkorlarga valyutani jismoniy shaxslar uchun o'rnatilgan tartibda xarid qilishga ruxsat beriladi. Mulkchilik shaklidan qat`i nazar, eksport bilan shug'ullanuvchilarning xorijiy valyutadan tushumini majburiy sotish talabi esa bekor qilinadi. Yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan xususiy tadbirkorlar, shuningdek, xorijiy valyutada daromadga ega bo'lgan fermer xo'jaliklariga o'zlarining bankdagi hisobvarag'idan naqd valyuta yechib olishiga ruxsat beriladi. Farmonga ko'ra, respublika hududida quyidagi tartib o'rnatilmoqda: — tovarlar (ish va xizmatlar) uchun xorijiy valyutada to'lov
...
Читать дальше »
Коментариев: 0
Просмотров: 97
Samvel Babayan qo'l ostidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi «Bunyodkor» stadionida rasmiy o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi.
Eslatib o'tamiz, ertaga soat 20:00 da xuddi shu stadionda milliy terma jamoamiz kelgusi yil Rossiyada bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha jahon chempionati osiyo mintaqasi III saralash bosqichida guruh bosqichining so'nggi tur o'yinida maydonga chiqadi.
Коментариев: 0
Просмотров: 53
SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sun`iy idrok haqidagi so'zlariga izoh berdi.
Putinning ma`lum qilishicha, kim sun`iy idrok sohasida yetakchiga aylansa, «dunyo hukmdori» bo'lishi mumkin.
«Xitoy, Rossiya, barcha davlatlar yaqinda kompyuter fanlarida kuchayadi. Milliy darajada sun`iy idrok sohasidagi ustunlik uchun raqobat katta ehtimol bilan Uchinchi jahon urushiga sabab bo'ladi», - deya yozdi u tvitterdagi sahifasida.
Avvalroq Ilon Mask Hyperloop kapsulasining tezlik bo'yicha yangi rekordini o'rnatgandi.
Коментариев: 0
Просмотров: 61
IFA 2017 texnologik ko'rgazmasida Panasonic kompaniyasi «aqlli» muzlatgich kontseptini namoyish etdi. Uni ovozli buyruqlar yordamida boshqarish mumkin.
Muzlatgich o'z egasining yoniga kelishi, ichida qanday ichimliklar saqlanayotganini xabar qilishi, taomlarni tavsiya etishi mumkin. Qurilmaga bir necha datchiklar o'rnatilgan bo'lib, ular muzlatgichga xona bo'ylab harakatlanishda yordam beradi.
CNet nashrining ta`kidlashicha, muzlatgich hozircha kontsept sifatida namoyish etildi, u keng ko'lamda ishlab chiqarilishi borasida ma`lumotlar yo'q.
Коментариев: 0
Просмотров: 69
|
|
|
Вход на сайт |
|
 |
Поиск |
|
 |
Календарь |
|
 |
Архив записей |
|
 |
|