Juma, 25.07.2025, 05:35
Главная
Регистрация
Вход
UZBEKCHA.NET
Приветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar, Hazillar [50]
Махаллий янгиликлари [246]
Futbol yangiliklari [443]
Statuslar [12]
Пазандалик сирлари [33]
Hikoyalar [80]
Технология янгиликлари [64]
Sms She‘rlar [98]
Шоу безнис янгиликлари [137]
Sog'liq (Salomatlik Haqida) [102]
Жахон янгиликлари [149]
Oqing faqat yiglamang [22]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 7
Мини-чат
Статистика

Hozirda Saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2017 » Sentabr » 07
Rossiya prezidenti Vladimir Putin shaxsan Samarqandga tashrif buyurib, O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston milliy terma jamoasi kelgusi yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga o‘z tarixida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri JChga chiqqani bilan tabriklashni niyat qilib qo‘ygan edi.

Ammo kecha Samvel Babayanning taktikasi asosida qurilgan "Bunyodkor" stadionidagi nursiz o‘yin bu umidlarni puchga chiqardi va Rossiya rahbari bugun Vladivostok shahrida Janubiy Koreya prezidenti Chje Inni ushbu mamlakat terma jamoasi Rossiyadagi mundialda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgani bilan qutladi.

Uning aytishicha, Rossiya janubiy koreyalik futbolchilarni 2018 yildagi mundialda kutib qoladi.

«Men koreyalik do‘stlarimizni Janubiy Koreya terma jamoasi 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgani bilan qutlamoqchiman, sizlarning termangizni kutib qolamiz", - dedi Putin.

Manba: 1news.uz
Коментариев: 0
Просмотров: 114
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 sentabr kuni poytaxtda havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 15-17, kunduzi 32-34 daraja issiq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 14-19, kunduzi 28-33 daraja issiq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 13-18, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, ayrim joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 17-22, kunduzi 31-36 daraja issiq bo'ladi.

Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 15-20, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.

Respublikamizning tog'li hududlari. Havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik bo'lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo'ladi.
Коментариев: 0
Просмотров: 90
Ўзбекистон Футбол Федерацияси Самвел Бабаян миллий терма жамоа бош мураббийлиги вазифасидан озод этилгани ҳақида маълум қилди.

«Самвел Бабаян ва унинг штаби жаҳон чемпионатига чиқиш вазифасини уддалай олмади. Шу муносабат билан Ўзбекистон миллий терма жамоасининг мураббийлар штаби бутунлай тарқатиб юборилади. Миллий терма жамоанинг кейинги тақдири ҳақидаги янги маълумот навбатдаги баёнот орқали оммага эълон қилинади.

Ўзбекистон Футбол Федерацияси жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритган Эрон ва Корея терма жамоаларини табриклайди ва уларга кейинги ўйинларда омад тилайди.

Фурсатдан фойдаланиб, Ўзбекистон Футбол Федерацияси жаҳон чемпионати саралаши давомида тўхтовсиз равишда қўллаб-қувватлаганлиги ва миллий терма жамоага доимий равишда далда бериб тургани учун миллий терма жамоамиз мухлисларига чексиз миннатдорчилик изҳор қилади», дейилган ЎФФ сайти хабарида.
Коментариев: 0
Просмотров: 71
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  Sentabr 2017  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • База знаний uCoz

  • | Copyright MyCorp © 2025 | uCoz |