Xonanda va boshlovchi Karen Gafurjanov nima uchun aktyorlik faoliyatida anchadan buyon yangilik yo‘qligi, asosan boshlovchilik qilib, kliplarda suratga tushayotgani, filmlarda rol ijro etish takliflarini rad qilayotganligiga oydinlik kiritdi. Ijodkor bu haqda jurnalist Feruz Muhammad bilan bo‘lib o‘tgan suhbatida ma’lum qildi. — Menimcha xonanda Rayhon bilan birgalikda “Kechir” deb nomlangan filmdan so‘ng boshqa filmlarda suratga tushmay qo‘ydingiz. Bu taklif yo‘qligidanmi yoki boshqa bir sabab bormi?
— Rayhon prodyusserligida suratga olingan “Kechir” filmidan oldin ham ko‘plab “Tohir va Zuhra”, O. Genri asari asosida yaratilgan va boshqa bir qancha qisqa metrajli filmlarda rol ijro etganman. Biroq, Rayhon bilan birgalikda ijro qilgan rolimdan so‘ng bunday salbiy rollardan yiroqroq yurish kerakmikan degan fikrga to‘xtaldim (kuladi).
— Buning sababi nima?
— Ko‘pchilik filmda ijro qilgan salbiy rolim qolib, o‘zimda ham o‘sha qahramon obrazini qidira boshladi. Albatta mutaxassislar obrazni mahorat bilan ijro qilinganligini e’tirof etishsa-da, biroq oddiy tomoshabin bu rolim uchun “dakki” ham berdi. Bir kuni yo‘lakda ketayotsam, har doim men bilan so‘rashib ketadigan qizcha dadasiga qarab “Rayhonni urgan yomon odam”, deya qo‘li bilan meni ko‘rsatgani hali hanuz esimda. (Kuladi)
Xullas, Rayhonni urib baloga qoldim. To‘g‘ri, filmlarda boshqa o‘ynamasligimga faqat bu sabab bo‘ldi deb ayta olmayman. Bundan tashqari boshqa taklif qil
...
Читать дальше »