Главная » 2017»Iyul»19 » LOLANING YaNGI SURATI MUHOKAMALARGA SABAB BO`LDI(FOTO)
22:38
LOLANING YaNGI SURATI MUHOKAMALARGA SABAB BO`LDI(FOTO)
Xonanda Lolaning Instagram`ga joylagan yangi surati muxlislar tomonidan iliq kutib olindi va qizg`in muhokamalarga sabab bo`ldi. Xonanda o`z intervyularida sevgan insonini uchratgani haqida ma`lumot bergan edi. Biroq u shu paytgacha sevgan insoni bilan tushgan suratini to`lig`icha ijtimoiy tarmoqlarga joylaganicha yo`q. Lola ko`ngil qo`ygan insoni Moskvada yashashini ma`lum qilgandi.
Lola sevgan insoni bilan qo`l ushlashib tushgan suratini quyidagicha izohlaydi:
"Er yuzidagi har bir insonning faqat uning uchun yaralgan jufti bor. Taqdir sizlarni albatta uchrashtiradi. Bunga shubha qilmang!"
Mazkur surat qisqa fursat ichida 12 mingta "layk" yig`di va unga 300 ga yaqin izohlar qoldirildi. Xonandaning hamkasblari, muxlislari unga baxt tilamoqda.
Lola muxlislarining ayrim savollariga javob berar ekan, sobiq turmush o`rtog`iga atab hech qachon qo`shiq aytmagani, uning qo`shiqlarida ayol qalbi, taqdirlar aks etishini ta`kidladi.
Shuningdek, Lola "Rashkchimisiz?" degan savolga "Ha!" deya javob berdi.