Главная » 2017»Iyul»2 » Moskvadagi kuchli dovulda O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi
11:01
Moskvadagi kuchli dovulda O`zbekiston fuqarosi halok bo`ldi
30 iyun kuni Moskvada bo`lib o`tgan shiddatli bo`ronda to`rt kishi halok bo`ldi, deya xabar beradi “Ren-TV”.
Ulardan biri 42 yoshli O`zbekiston fuqarosi. U Larino qishlog`ida chaqmoq urishi oqibatida halok bo`ldi. Rossiya OAVlarining ma`lumotlariga ko`ra, Izzatullo X. vaqtinchalik ro`yxatdan Troisk shahrida o`tgan. Erkak dam olish kuni qo`shni qishloqda ishlayotgan do`stlarining oldiga borgan, u erda esa chaqmoq urishi oqibatida halok bo`lgan.
O`nlab jabrlanganlar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotkizildi.