Главная » 2017»Iyul»8 » Rasman! “Valensiya” o`z safini “Yuventus” darvozaboni bilan to`ldirdi
17:11
Rasman! “Valensiya” o`z safini “Yuventus” darvozaboni bilan to`ldirdi
Ispaniyaning “Valensiya” klubi o`z safini “Yuventus” darvozaboni Norberto Neto bilan to`ldirdi. Bu haqda Ispaniyaning Sport nashri ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 27 yoshli braziliyalik posbon “ko`rshapalaklar” bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzolagan va endi uning tovon puli 80 mln evroni tashkil etadi. “Valensiya” mazkur transfer uchun 7 mln evro to`lagan.
Eslatib o`tamiz, Neto “Yuventus” safiga 2015 yilda kelib qo`shilgan edi. U o`tgan davr mobaynida turinliklar libosida jami 22ta bahsda maydonga tushgan.